16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:53
Iqtisodiyot 👁 307

ELEKTR TAʼMINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILIB, AHOLIGA QULAYLIK YaRATILMOQDA

ELEKTR TAʼMINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILIB, AHOLIGA QULAYLIK YaRATILMOQDA

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari yetkazib berilgan elektr energiyasini isteʼmolchilarga taqsimlab beradi. Shu kunlarda mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal issiq harorat tufayli elektr energiyasidan foydalanish ham keskin ortib, elektr energiyasi taqsimotida muammolar yuzaga kelmoqda.

Aholi xonadonlari, tashkilot va muassasalarda qoʻshimcha sovutish uskunalaridan foydalanish hamda qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish nasoslari toʻla quvvatda ishlayotganligi, elektr energiyaga boʻlgan talab keskin oshib ketishi  hisobiga, elektr energiya ishlab chiqarishda quvvat va elektr energiya tanqisligi yuzaga kelmoqda. Bu esa tizim faoliyatini kunu tun tashkil etish, avariyalar va  nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrishga undamoqda.

Amudaryo tumanidagi Elektr taʼminoti korxonasi tomonidan ham bu borada tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Soha vakillari kuzatilayotgan nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, elektr tarmoqlarida belgilangan reja asosida modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish orqali aholi turmush farovonligini oshirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda.

Mazkur yilda, ayniqsa, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Xitoy ovuli va Jumurtov shaharchalarida aholiga qulaylik yaratish, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Bugungi kungacha Xitoy ovuliga 1 dona yangidan transformator punkti oʻrnatildi. Shuningdek, kuchlanishi 0,4 kilovolt 3,2 km. havo elektr uzatish tarmogʻi tortilib, yangidan 70 dona temir-beton ustunlar oʻrnatish ishlari bajarildi. Jumurtov shaharchasi hududida ham kuchlanishi 0,4 kilovoltli havo elektr uzatish tarmogʻi yangilanib, 1 dona transformator punkti oʻrnatildi. Bundan tashqari, ushbu hududlardagi elektr uzatish havo tarmoqlarida, mavjud transformator punktlarida joriy taʼmirlash  ishlari ham davom ettirilmoqda. 

Prezidentimizning 2016-yil 23-noyabrdagi «2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman Elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan boshqa hududlardagi transformator podstantsiyalari taʼmirlanib,  eskilari yangi, yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirilishi natijasida aholi yashash xonadonlari hamda tadbirkorlik subʼektlarining elektr taʼminoti yanada yaxshilanishiga erishildi.

Bundan tashqari,  past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari toʻliq koʻrikdan oʻtkazilib, havo tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash, simlarni tortish, nosoz holatga kelib kolgan qurilmalarni yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tuman hududidagi yer ostidan oʻtgan elektr uzatish kabel tarmoqlarini taʼmirlash ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.

Shu paytga qadar tuman hududida 16 dona transformator punktlari va elektr tarmoqlari mukammal taʼmirlandi. Undan tashqari, Chordara, Namuna mahallalari, Qipchoq shaharchasida 1 donadan yangi transformator oʻrnatilib, elektr taʼminoti yaxshilandi. Shuningdek, Gulzor mahallasi hududida joylashgan koʻp qavatli uylarga ham qoʻshimcha ravishda yangidan transformator oʻrnatib berildi.

Yil oxirigacha yana 19 ta transformator punktlarida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Doʻrman, Qilichboy va Oʻrtaqalʼa ovullarida hamda Oybek nomli va Beshtom mahallalarida qoʻshimcha yangidan transformator punktlari oʻrnatilib, tuman aholisining elektr taʼminoti yaxshilanadi.

Elektr taʼminotining mavsumda barqaror ishlashini taʼminlash, aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan bunday saʼy-harakatlar xalq hayoti, turmush tarzini yaxshilash, farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019