16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:49
Salomatlik 👁 352

Amudaryoda emlash rejasiga kiritilgan aholining 21,4 foizi emlandi

Amudaryoda emlash rejasiga kiritilgan aholining 21,4 foizi emlandi

Aholining joriy etilgan karantin qoidalariga rioya etmasliklari, oʻrnatilgan tartib-intizomga bepisandlik bilan qarashi natijasida COVID-19 kasalligiga chalinish holatlari kundan-kunga kupaymoqda. Qasallik bilan zararlanganlarning aksariyati bemorlar bilan muloqotda boʻlib, yuqtirib olganliklari aniqlanmoqda.

Mamlakatimiz boʻylab koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni tobora ortayotganligi tufayli kasallikka qarshi vaktsina bilan emlash ishlari yanada kuchaytirilmoqda. Aholini ommaviy emlash koronavirus tarqalishi kuchayishining oldini olishi, aholi salomatligini tiklashda asosiy vosita ekanligini insonlarga tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda. Amudaryo tumanida ham  COVID-19ga qarshi aholini ommaviy vaktsinatsiya qilish borasida samarali ishlar qilinmoqda.

Xususan, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi va tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan Oʻzbekistan Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Koronavirus infektsiyasiga qarshi ommaviy emlashni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi buyrugiga asosan COVID-19 kasalligiga qarshi emlashni tashkil qilish va emlash jarayonlarini nazoratga olish shtabi tuzildi. Tumanimizda ommaviy emlash jarayonlarini oʻtkazishga davolash profilaktika muassasalarda jami 23 ta emlash brigadalari, shundan 10 tasi statsionar va 13 tasi mobil brigadalar tashkil qilindi. Tashkil qilingan brigadalarga aholini COVID-19 kasalligiga qarshi sifatli va xavfsiz emlash jarayonini amalga oshirish boʻyicha tajribali mutaxassislar biriktirildi.

Vaktsinatsiyani ommaviy tarzda amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida tashkil etilgan mobil brigadalar korxona-tashkilotlar xodimlarini ish joyining oʻzida emlash jarayonlarini tashkil etib kelishmoqda. Xususan, tuman IIB xodimlarini emlash ishlari boʻlimning oʻzida olib borildi. Tuman IIBda 90 nafarga yaqin xodimlar faoliyat yuritayotgan boʻlib, xodimlarning barchasi vaktsina bilan emlash jarayonlarida faol ishtirok etdilar. Xodimlarni koronavirusga qarshi emlashdan oldin ularning qon bosimlari hamda tana haroratlari mutaxassis shifokorlar tomonidan tekshirildi. Koʻrsatkichlar meʼyoriy darajada ekanligiga ishonch hosil qilingach, boʻlim xodimlari COVID-19 ga qarshi emlandi.

Koronovirus infektsiyasiga qarshi emlash maqsadida Respublikamizga olib kelingan Astra Zeneca, ZF-UZ-VAC 2001, Sputnik V vaktsinalari bilan tumanimiz aholisini kasallikka qarshi emlash ishlari olib borilmoqda.

Qayd etish kerakki, tuman aholisining 18 yoshdan oshgan, emlash rejasiga kiritilganlar soni 118 ming 545 nafarni tashkil etadi.  Shu kunga qadar ulardan 25 ming 422 nafari, yaʼni 21,4 foizida emlash oʻtkazildi.

Olimlarning taʼkidlashicha, kasallik yuqishining epidemik jarayoni zanjirini uzish uchun axolining kamida 70 foizida immunitet mavjud boʻlishi kerak. Buning uchun axolini COVID-19 ga qarshi emlash va immunitetni hosil qilish eng muhim vazifa hisoblanadi. Emlash-pandemiyani yengishdagi yagona chora ekanligini toʻgʻri anglab yetgan, oʻzi va yaqinlari salomatligiga befarq boʻlmagan yurtdoshlarimiz belgilangan tartibda koronovirus infektsiyasiga qarshi vaktsinatsiya jarayonlarida faol qatnashmoqdalar.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilgan holda, nikob taqishlarini, antiseptik vositalardan foydalanishlarini, shaxsiy gigiyenaga rioya etib, jamoat joylarida ijtimoiy masofani saqlashlarini hamda kasallikka qarshi vaktsina bilan emlanishlarini soʻraymiz.

Shuni unutmangki, oʻz salomatligingiz va yaqinlaringiz salomatligi uchun, eng avvalo, oʻzingiz masʼulsiz!

T.Babaniyozov, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boʻlimining oliy toifali sanitariya vrachi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019