16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:29
Adabiyot 👁 283

"Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi nashriyotida yosh shoiraning yana bir kitobi nashrdan chiqdi

"Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi nashriyotida yosh shoiraning yana bir kitobi nashrdan chiqdi

Muhtaram Prezidentimizning iqtidorli yoshlar kelajagini koʻzlab, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusidan biri ijodkor yoshlarning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ayniqsa, sanʼatda, adabiyot sohasida erishayotgan yutuqlarini ragʻbatlantirish, ijod maydoniga dadil kirib kelishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bu borada “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati huzuridagi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi nashriyoti hamda tahririyat ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga munosib.

Gazeta tahririyati va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi nashriyoti ijodiy jamoasi  hamda tahririyat qoshidagi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida soʻnggi 2-3-yil ichida oʻnlab yosh ijodkorlarning ilk sheʼriy va nasriy toʻplamlari, shuningdek salkam 100 nafarga yaqin yoshlarning ijod namunalari jamlangan “Jayxun jilgʻalari”, “Yoshlik mavjlari” adabiy-badiiy anʼmanaxlar chop etilib, adabiyot ixlosmandlariga taqdim etildi. Ayni paytda nashriyot ijodiy jamoasi tomonidan qoraqalpoq millatiga mansub yosh havaskor ijodkorlar ijod namunalarini kitob holida chop etish uchun adabiy-badiiy tahrir jarayoni olib borilmoqda.

Shuni mamnuniyat bilan eʼtirof etish kerakki, oʻzining ilk sheʼrlar toʻplami orqali sheʼriyat ixlosmandlariga tanilib qolgan, ijoddek mashaqqatli maydonga dadil qadamlari, oʻziga xos uslubi bilan kirib kelayotgan shoir-u shoira yoshlarimiz ham talaygina. Tumanimizdagi 35-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Barnoxon Samandarova ana shunday qaynoq qalbli, tobora qalami charxlanib borayotgan ijodkor-yoshlardan.

Ilk ijod namunalari bilan tuman matbuoti, keyinchalik “Jetkenshek” gazetalari orqali tanilgan Barnoxon Samandarovaning ilk sheʼrlar toʻplami “Ilk parvozim” chop etilganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. “Ilk parvozim” toʻplamidagi begʻubor bolalik va ona Vatanga muhabbat, insoniylik tuygʻulari madh etilgan satrlar sheʼriyat ixlosmandlarini befarq qoldirmadi. 2021-yilning boshida nashr etilgan mazkur kitob nafaqat Barnoxonning tengdoshlari, balki koʻplab kitobsevar insonlarning maʼnaviyat mulkiga aylandi.

Yaqinda Barno Samandarovaning “Mehr” deb nomlangan ikkinchi kitobi ham nashriyotimizda chop etildi. Yosh ijodkorning ikkinchi kitobidan uning  turli mavzulardagi sheʼrlari va hayotiy hikoyalari joy olgan.

Joriy yilning 7-avgust sanasida Barnoxon tugʻilib-oʻsgan Xolimbeg ovulida yosh ijodkorning mazkur kitobi taqdimotiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Taqdimot marosimida Barnoxonning ijodiga oq yoʻl tilagan ustozlari va  “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy Uyushmasi aʼzosi Oʻrozali Reyimov, Yoshlar agentligi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov, tuman hokimligi mutaxassislari, Barno Samandarovaning hamqishloqlari, tengdoshlari, yosh kitobxonlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali Reyimov, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletovlar Barnoxon Samandarovaning mehnatkashligi, bilimga intiluvchanligi, ijoddagi mashaqqatlari, izlanishlari haqida soʻz yuritishib, oʻz ustida tinimsiz ishlab, oʻqib-izlanayotgan yosh ijodkorning tumanimizdagi iqtidorli sanʼatkorlar bilan hamkorligi, allaqachon qoʻshiqqa aylanib, xalq qalbidan joy olishga ulgurgan sheʼrlari haqida mamnuniyat bilan soʻz yuritdilar.

Tadbir davomida Barno Samandarova taqdimot marosimi mehmonlari va hamqishloqlariga, bir guruh tengdoshlariga kitoblarini taqdim etdi, sheʼrlaridan namunalar oʻqib, kelgusidagi rejalari, orzulari haqida gapirib berdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019