16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:51
Siyosat 👁 1,341

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Bugun biz xalqimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz yillik bayramini katta shod-u xurramlik bilan nishonlamoqdamiz.

Avvalo, Siz azizlarni, Sizlar orqali butun tumanimiz ahlini eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Butun xalqimizga istiqlolning buyuk neʼmatlarini hadya etgan, bizning insoniy qadr-qimmatimizni, gʻurur va shaʼnimizni, din-u diyonatimizni qaytarib bergan Mustaqillik bayrami ajdodlarimiz necha asrlar davomida orzu qilgan buyuk neʼmatdir.

Xalqimizning metin irodasi, misliz kuch-qidrati orqali barcha sohalarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlarimiz Yangi Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish davri – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotganligidan dalolatdir. 

Vatanimizning istiqlol yillarida bosib oʻtgan shonli yoʻliga nazar tashlar ekanmiz, ertangi kunimizga, oʻz kuch va imkoniyatlarimizga boʻlgan ishonchimiz tobora ortadi.

Aziz yurtdoshlar!

Har yili xalqimizning eng ulugʻ, eng aziz bayrami yaqinlashishi bilan, oʻtgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilib, oʻzimizga yangi-yangi marralarni belgilab olishga odatlanganmiz.

Qayd etish kerakki, soʻnggi yillarda mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, barcha sohalarda sezilarli oʻzgarishlar kuzatilib, yangi yutuqlar qoʻlga kiritildi. Islohotlar samaradorligini oshirish borasidagi tizimli ishlar orqali mamlakatimizning eng chekka hududlari ham tobora rivojlanib, aholi turmush tarzi yaxshilanmoqda.

Tumanimizda ham islohotlar natijasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, yangi rivojlanish bosqichiga qadam qoʻyilmoqda. Xususan, tumanda faol investitsiya siyosati yuritilib, yangi, zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda yangicha yondashuvlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasini jadal rivojlantirishda  zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, sohada samarali usullarni qoʻllash boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Aytish kerakki, muhtaram Prezidentimizning “2020–2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tumanimizda 2020-2023-yillarda 406,6 mlrd. soʻmlik 76 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi orqali 2 571 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilib, bu borada amaliy ishlar qilinmoqda.

Tumanimizda kichik biznes hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratilayotgan eʼtibor natijasida qiymati 87,4 mlrd soʻmlik 57 ta loyihalar amalga oshirilib, 1 995 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Taʼkidlash kerakki, soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgangan “Obod qishloq” dasturi doirasidagi bunyodkorlik  ishlari  mamlakatimizning eng chekka hududlariga ham yangilanish nafasini, yaratuvchanlik ruhini olib kirmoqda. Insonlarning fikri, dunyoqarashi oʻzgarmoqda, qishloqlarimizda turmush madaniyati oshib bormoqda.

Tumanimizda “Obod qishloq” dasturi doirasida joriy yilda Xitoy ovuli hamda Jumurtov shaharchasida ovullarida jami 37 mlrd. soʻmdan ortiq ishlarni bajarish rejalashtirilgan boʻlib, ayni kunda qurilish va bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qizgʻin davom ettirilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda tumanimizda aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash maqsadida yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish, namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlash borasida ham keng koʻlamli ishlar bajarilmoqda.

Kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan insonlarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatish, fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu kabi izchil islohotlar, yuksalishlarning tom maʼnoda yangi bosqichga koʻtarilishi xalqimizning bugungi kunidan rozi boʻlib yashashiga, ertanggi kuniga va kelajagiga ishonch bilan qarab, Vatan taqdiriga dahldorlik tuygʻularining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Ishonamanki, yurtdoshlarimiz ham oʻz bilimi va mehnati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib, yaqinlashib kelayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etadilar.

Qadrli yurtdoshlar!

Bugun yurtimizning har bir goʻshasida katta shodiyona – mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda. Joylarda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida bayram tadbirlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda. Shu fursatdan foydalanib, Sizlarni va Siz orqali butun tumanimiz ahlini yana bir bor eng ulugʻ, eng aziz ayyom – mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, turmushimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019