16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:50
Siyosat 👁 13,216

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 37-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 37-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Mavzuga oid fotogalereya

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 37-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida deputatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasi raisi Ulugbek Jalmenov hamda komissiya aʼzosi Aysultan Qurbanova, hokimlik masʼullari, huquq-tartibot organlari va boʻlimlar rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya qilish toʻgʻrisida”gi hamda Kengash vakolatiga doir boshqa qator masalalar muhokama qilindi.

Ayni kunlarda mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari qizgʻin pallaga kirgan. Amudaryo tumanida ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlari Saylov kodeksi hamda saylov qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Tuman hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 64 ta saylov uchastkalarini tuzish boʻyicha taqdimnoma berilgan boʻlib, 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasi tomonidan shu yilning 24-avgustida saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining Qonuniylikni taʼminlash va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeshchanovning axboroti tinglandi.

Axborotda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 23-moddasida uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman Kengashlarining majlislarida muhokama qilinishi hamda tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilishi belgilangan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq saylov kampaniyasi eʼlon qilinganidan keyin fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz tashabbusiga koʻra yoki Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining takliflariga asosan uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar zahirasini shakllantiradi.                            

Tumandagi 64 ta uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga nomzodlar shakllantirilib, ular tarkibi Xalq deputatlari tuman Kengashining Qonuniylikni taʼminlash va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi tomonidan oʻrganilib chiqilgan.

Qayd etilishicha, uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirishda komissiya aʼzolari 21 yoshga toʻlganligi, oʻrta yoki oliy maʼlumotga egaligi, ilgari saylovlarda qatnashib, tajriba orttirgani, aholi oʻrtasidagi obroʻ-eʼtiborga egaligiga hamda komissiya tarkibining yarmidan koʻpi xotin-qizlardan iborat boʻlishiga, komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan boʻlmasligiga eʼtibor qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov komissiyasi aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish haqida”gi qaroriga muvofiq uchastka saylov komissiyalari raisi, oʻrinbosari va kotibligiga nomzodlar uchun 3 bosqichdan iborat seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazilgan.

Sessiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasi raisi Ulugbek Jalmenov hamda komissiya aʼzosi Aysultan Qurbanova joriy yilda oʻtkaziladigan davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi barcha darajadagi saylov komissiyalarining zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini alohida taʼkidladi. Mamlakatimizda saylov tizimini isloh qilish va yanada demokratlashtirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash, milliy qonunchiligimizni saylov huquqiga oid xalqaro standartlarga uygʻunlashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etib oʻtildi.

Sessiya kun tartibidagi shu va boshqa masalalar boʻyicha deputatlar oʻz fikr – mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari tuman Kengashining 37-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar toʻliq koʻrib chiqilib, muhokama qilindi. Bildirilgan fikr-mulohazalar hamda takliflarni inobatga olgan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

 Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019