16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:54
Siyosat 👁 268

Prezidentlikka Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» DPdan nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakili ishtirokida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Prezidentlikka Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» DPdan nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakili ishtirokida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, mamlakatimizda joriy yilning 24-oktyabr kuni katta tarixiy, siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan ayni kunlarda joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

24-sentyabr kuni Amudaryo tumanida ana shunday targʻibot tadbirlaridan biri boʻlib oʻtdi. Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida oʻtkazilgan saylovoldi targʻibot tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning Qoraqalpogʻistondagi ishonchli vakili, partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi, Joʻqorgʻi Kenges deputati Tajibay Romanov saylovchilar bilan uchrashdi.

Targʻibot-tashviqot tadbirida Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengashi masʼullari, partiya faollari, partiyadan Xalq deputatlari tuman kengashiga saylangan deputatlar, umumtaʼlim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda ishonchli vakil Tajibay Romanov yigʻilganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning tarjimoiy holi hamda saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Qayd etilishicha, nomzodning saylovoldi dasturida taʼlim-tarbiya sohasida, davlat boshqaruvi tizimida, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha, ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosat sohalarida qator yangi oʻzgarishlar amalga oshirilishi belgilangan.

Xususan, taʼlim-tarbiya sohasida “Yangi avlod” dasturi qabul qilinib, unga koʻra, bola tugʻilganidan maktabni tugallagunigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olgan tarbiya va taʼlim dasturi ishlab chiqilishi uchun yagona «Oila–bogʻcha–maktab» tizimi yaratiladi.

Shuningdek, dasturda «Taʼlim inspektsiyasi» Oliy Majlis huzurida qayta tashkil qilinishi, pedagoglar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinishi, tarbiyaning ajralmas qismi sifatida Milliy kinoindustriya  isloh qilinish belgilanganligi taʼkidlandi. 

Keltirilishicha, saylovoldi dasturida davlat boshqaruvi tizimida mahalliy kengashlarning vakolatlari va faoliyati qayta koʻrib chiqilishi, sud-huquq tizimida tub islohotlar amalga oshirilishi koʻrsatilgan.

Qolaversa, dasturda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha davlat ishtirokini tugatish boʻyicha 5 yillik davlat innovatsion dasturi qabul qilinishi, ish beruvchilar uchun xodimlarni majburiy sugʻurtalash majburiy etib belgilanishi, kam taʼminlangan aholini qoʻllab-quvvatlashning qadriyatlarga tayangan yangi tizimi joriy etilishi borasida ustuvor tamoyillar belgilangan.

Shu bilan birga, partiya saylovoldi dasturida ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini taʼminlash sohasida milliy urf-odat, anʼanalar, shakllangan qadriyatlarga hurmatsizlik uchun javobgarlik joriy qilinishi, oʻzbek tili keng qoʻllaniladigan, zamonaviy taraqqiyotga uygʻun tilga aylanishi uchun huquqiy asoslar kuchaytirilishi, soʻz erkinligi va jamiyatni demokratlashtirish davom ettirilishi, Xalq qabulxonalari bepul yuridik maslahat markazlariga aylantirilishi, aliment fondi tashkil etilishi kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish koʻrsatilgan.

Targʻibot tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakili Tajibay Romanov yigʻilganlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Fotima Eshimbetova, OʻzMTDP Amudaryo tumani Kengashi ijrochi kotibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019