16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 303

EKSPORTBOP ANOR VA UZUM MAHSULOTLARINI YeTIShTIRIShGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

EKSPORTBOP ANOR VA UZUM MAHSULOTLARINI YeTIShTIRIShGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

Prezidentimizning 2021-yil 15-iyuldagi Qarori bilan tasdiqlangan 2021-2024-yillarda oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl-xaritasi”ning 25-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston  Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan joriy yilning 20-sentyabridan 5-oktyabriga qadar “Dolzarb oʻn besh kunlik” deb belgilandi.
Bundan respublika hududlarida yetishtirilgan anor va xurmo mevalari tez kunlarda pishib yetilishini hamda eksport jarayonlari boshlanishini inobatga olib, urugʻ hamda danakli meva bogʻlariga jiddiy zarar yetkazadigan, eksport hajmining kamayishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan “komstok  qurti”  va “anor mevaxoʻri” zararkunandalariga qarshi uygʻunlashgan tarzda kurashni tashkillashtirish, shuningdek, bu haqda keng jamoatchilik orasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish kabi maqsadlar koʻzlangan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo  tuman boʻlimi tomonidan mazkur “Dolzarb oʻn besh kunlik” doirasida fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlari hamda bogʻbonlar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda soʻzga chiqqanlar, “komstok qurti”, “anor mevaxoʻri” hamda qishlovga ketadigan boshqa zararkunandalar va kasalliklar manbalarini yoʻqotishga qarshi oʻtkaziladigan kurash tadbirlari boʻyicha taklif va tavsiyalarini berishdi. Shuningdek, seminar davomida mevali daraxtlarga tutqich belbogʻlarini bogʻlash usuli koʻrsatildi hamda uning zararkunandalarni aniqlashdagi afzalligi tushuntirildi.
Xususan, mahalliy sharoitda tutqich belbogʻlarning foydasi kattaligi taʼkidlandi. Tutqich belbogʻlar daraxtlardan  yerga tuxum qoʻyish va keyin daraxtlarga chiqish uchun hararkatlanayotgan zararkunandalarni tutish hamda ularni yoʻq qilish maqsadida oʻrnatiladi. “Komstok qurti” tut daraxtidan tashqari, shaftoli, behi, nok, olma, tok mevalarida oz boʻlsa ham uchrab turadi. U oʻsimliklarning tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, kurtaklari, shona, gʻuncha, gullari, mevalariga va 5-6 santimetr chuqurlikda tuproqdagi ildizlarining yuqori qismiga zarar yetkazadi. “Komstok qurti” Oʻzbekistonga 1939-yilda Yaponiyadan keltirilgan tut koʻchatlari bilan kirib kelgan.
        Seminarda bu zararkunandaga qarshi kurash choralarining eng afzali biologik usuldir. “Komstok qurti”ning kushandasi boʻlgan psevdafikusni koʻpaytirib, zararlangan hududlarga tarqatish lozim boʻladi. Agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish,  begona oʻtlar, kuzda xazonlarni va qurigan shox-shabbalarni yigʻishtirib, yoqib tashlash, ekiladigan yangi koʻchatlarni maxsus xonalarda dezinfektsiya qilish shartligi tushuntirildi.
Hozirgi kunda butun Oʻzbekiston Respublikasida yetishtirilayotgan anor mevalari xavfli zararkunanda hisoblangan “anor mevaxoʻri”dan kuchli zararlanmoqda. Bu esa mamlakatimizda, shuningdek, respublikamizning barcha tumanlarida yetishtirilayotgan anor mevalarining eksportbopligini pasaytirmoqda.
 “Anor mevaxoʻri” daraxtdagi gul, shona va mevalarni butun vegetatsiya mavsumi davomida zararlaydi.  Baʼzan anor daraxtlarining poʻstloqlariga ham zarar yetkazib, ularni quvvatdan ketkazib qoʻyadi.
Shu  bois  ushbu zararkunandaga qarshi kurash usullarini darhol qoʻllash tavsiya etiladi. Agrotexnik kurash choralarida  kuzda xazon barglarini toʻplab, koʻmish,  daraxt atroflari va taglarini chopiq qilish,  toʻkilgan mevalarni muntazam terib olish, daraxt taglarini oqlash yaxshi samara beradi.
Ayni paytda tumanimizda 815 gektar mevali bogʻlar mavjud. Ushbu mevazor bogʻlarning 290 gektari tokzorlardan iborat 2021-yil bahorida tumanimizda yangidan 500 gektar maydonda yangi bogʻlar barpo etilib, barcha mevazor bogʻlarda mavsumiy agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirildi.
“Amu anorlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “Mangʻit Omad savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli anorzor va tokzorlarda oʻtkazilgan koʻrgazmali seminarda tumanimizdagi dehqon va fermer xoʻjaliklari rahbarlari hamda bogʻbonlariga kuzgi zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish, bu zararkunandalarni qishlovga ketishdan oldin yoʻq qilish choralari hamda qoʻllaniladigan inʼektsiya, bu inʼektsiyalar bilan bogʻlarga ishlov berish usullari hamda muddatlari amalda koʻrsatilib berildi.
Oʻz navbatida bogʻdorchilik boʻyicha fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlari hamda mevazor bogʻlarga masʼul bogʻbonlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ishtirokchilarning savollariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman boʻlimi mutaxassislari batafsil javob berdilar.
“Dolzarb oʻn besh kunlik” doirasida boʻlib oʻtgan mazkur koʻrgazmali seminar tumanimizda bogʻdorchilikni rivojlantirish, ayniqsa, sifatli, eksportbop va uzum mahsulotlarini yanada koʻpaytirishga yoʻnaltirilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019