16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 291

KUZGI BUGʻDOY PARVARIShIGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR OʻTKAZILDI

KUZGI BUGʻDOY PARVARIShIGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida 2022-yil hosili uchun 344 ta  fermer  xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 6000 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekish rejalashtirilgan  boʻlib, ayni paytda 1-sektor hududidagi xoʻjaliklarda 1610 gektar, 2-sektor hududida 1720 gektar, 3-sektor boʻyicha 1963 gektar, 4-sektor hududidagi xoʻjaliklarda esa 707 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekish ishlari olib borilmoqda.

Ekish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida  18 ta otryad tashkil qilinib, otryadlar rahbarligiga hududiy agronomlar biriktirildi.

Tumanning iqlim sharoiti va yerlarning meliorativ holatidan kelib chiqib, 2022-yil  hosili uchun sifat  koʻrsatkichlari  yuqori  boʻlgan navlar ekish rejalashtirilgan. Jumladan, 1720 gektar  maydonga “Asr” navi, 1010 gektar maydonga “Zimnitsa” navi, 2568 gektar  maydonga “Antonina” navi, 654 gektar maydonga “Vassa” navi, 48 gektar  maydonga esa boshqa navlarni ekish ishlari sifatli olib borilmoqda.

Ekish mavsumida talab etiladigan urugʻlik miqdori oldindan hisob-kitob qilindi va joriy yilda gektariga oʻrtacha 250 kg.dan  jami 1500 tonna urugʻlik taxt qilib qoʻyildi.

Ayni paytda tumanda  2 ta  gʻallachilik  klasterlari  faoliyat  yuritib kelmoqda. Xususan, “Qipchoq g`alla klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi 312 ta  fermer  xoʻjaliklarida 4969 gektar maydonda, “Amu Rich Xarvest” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi 32 ta fermer  xoʻjaliklarida 1031 gektar maydonda kuzgi bugʻdoy ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Tumanimiz boʻyicha kuniga 192,4 gektar, mavsum boshidan  3775  gektar maydonga sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan bugʻdoy urugʻlari agrotexnika qoidalari asosida ekildi va maysalari bir tekis unib chiqdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Toʻlqin ovulidagi Azamat Matkarimov rahbarlik qilayotgan "Amu sohili" fermer xoʻjaligi dalalarida unib chiqqan kuzgi bugʻdoy nihollarini azotli mineral oʻgʻitlari va biostimulyatorlar bilan bargdan oziqlantirish va sugʻorish boʻyicha seminar oʻtkazildi. Ekish ishlari  sifatli amalga  oshirildi. Mazkur fermer xoʻjaligida ekish jarayonida surim bilan birga har bir gektar hisobiga 400 kg.dan fosforli  oʻgʻit  bilan hamda  urugʻlik sarfi 170-180 kg. hisobidan  seyalka  bilan “Alekseyevich”  navli gʻalla  ekilgan.

Bugungi  kunda  bugʻdoy nihollari  koʻzni  yashnatadigan  darajada  unib chiqqan, gʻalla  maydonlarining  har  5 gektarida  bittadan  sharbat  oʻralari  qazilgan hamda  mahalliy  oʻgʻitlar chiqarilib, bugungi kunda sharbat  usulida  sugʻorish ishlari  amalga oshirilmoqda.

Boʻlib oʻtgan seminardaOʻzbekiston Respublikasi Davlat Oʻrmon xoʻjaligi Qoʻmitasi raisi  Nizomiddin Bakirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi  raisining oʻrinbosari  Daryabay Qaypov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq  xoʻjaligi  vaziri Zoxidjon Ziyadullayev, Agroinspektsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi  boshligʻi Anvar Yuldashev, Amudaryo  tumani  hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman agroinspektsiyasi boʻlimi rahbarlari, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman boʻlimi masʼullari va agronom-entomologlar, gʻallachilik yoʻnalishidagi klasterlari hamda “Ifoda” kompaniyasining tumandagi vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda soʻzga chiqqanlar, kuzgi bugʻdoy hosildorligi va don sifati oʻsimlikning butun oʻsuv davrida yetarli miqdordagi ozuqa elementlari bilan taʼminlanish darajasiga bogʻliq ekanligini taʼkidlab oʻtishdi. Qayd etilganidek,  kuzgi bugʻdoyni oziqlantirishda mineral oʻgʻitlar toʻgʻri nisbatlarda qoʻllanilganda bugʻdoydan yuqori va sifatli hosil olish mumkin.

Koʻp yillik tajriba natijalaridan kelib chiqqan holda kuzgi bugʻdoy 1 tsentner don yetishtirish uchun tuproqdan oʻrtacha 3,7 kg. azot, 1,3 kg. fosfor va 2,3 kg. kaliyni oʻzlashtiradi. Bugʻdoy rivojlanishining boshlangʻich davrida azot bilan yetarli miqdorda taʼminlanmasa oʻsimlik boshogʻida faqatgina bitta gul rivojlanadi. Kuzgi bugʻdoy rivojlanishining boshlarida oʻsimlik azotni talab qiladi. Shuni hisobga olgan holda, kuzda azotli oʻgʻitlar yillik meʼyorining 15 foizini berish orqali meva hosil qiluvchi organlari shakllanishiga, boshoqdagi don miqdoriga ijobiy taʼsir etadi. Nihollarning sovuqqa chidamliligini oshiradi.

Seminar davomida kuzgi bugʻdoyni sugʻorish muddati va meʼyori, shuningdek, oʻsimlikni ildizidan tashqari, bargidan oziqlantirish usuli hususida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yaʼni, barg orqali oziqlantirish kuzgi bugʻdoy yetishtirishda katta ahamiyatga ega ekanligi, sugʻoriladigan sharoitda kuzgi bugʻdoyni azotli oziqlantirishda bu usulni qoʻllash yuqori samaradorlikka erishish imkonini berishi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, kuzgi bugʻdoyni 7-oktyabrgacha ekib boʻlish, unib chiqqan maydonlarga  biostimulyatorlar bilan suspenziya qilish, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish boʻyicha keng tushunchalar berildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019