16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 20:56
Siyosat 👁 301

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan qonunlarni targʻib qilish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan qonunlarni targʻib qilish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

Joriy yilning 12-oktyabr sanasida Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan qonunlarni targʻib qilish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, senator Batir Matmuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, huquq-tartibot organlari masʼullari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tumanimizga tashrif buyurgan senator Batir Matmuratov soʻzga chiqib, muhokama qilingan qonun loyihalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy taʼminlanishini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama taʼminlashga qaratilganligini alohida taʼkidladi.

Shundan soʻng tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitov “Toʻlovga qobiliyasizlik toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz yuritib, ushbu Qonunning maqsadi yuridik shaxslar, fuqarolar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyasizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligini qayd etib oʻtdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi mazmun-mohiyati toʻgʻrisida Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi Amudaryo tumani filiali boshligʻi Shokirjon Davlatov soʻz yuritdi. U oʻz soʻzida yerni xususiylashtirish boʻyicha arizalarni inson omili taʼsir qilmaydigan tarzda topshirish va koʻrib chiqish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ularga berilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqini berish, kichik sanoat zonalari, xususiylashtirilishi mumkin boʻlgan davlat koʻchmas mulk obʼektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish bilan bogʻliq bir qator toʻldirishlarni kiritish nazarda tutilganini taʼkidladi.

Shuningdek, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudayberganov “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi xususida fikr-mulohazalarini bildirdi. Taʼkidlanishicha, mazkur qonun lohihasida maʼmuriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, bir nechta jarimalar mikdori kamaytirilishi, maʼmuriy jazolar miqdorining odillik tamoyillariga muvofiq ravishda kamaytirilishi, ayrim harakatlar uchun javobgarlik bekor qilinishi koʻzda tutilayotgani xususida toʻxtaldi.

Qolaversa, yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi hamda “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihalari mazmun-mohiyati xususida ham tegishli masʼullarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Xususan, Jinoiy ishlar boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Oʻrazbayev Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish, yaʼni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik koʻrsatish bilan bogʻliq jinoyatning jazo choralari kuchaytirilayotganini qayd etdi.

Shu bilan birga, tuman prokurori Javlonbek Muftullayev “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasida ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga farzandlikka olish taqiqlanishi, farzandlikka olish vaqtidan oldin 1-yil davomida doimiy daromadga ega boʻlmagan yoki oylik ish haqi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan oz boʻlgan daromad oladigan, farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslarning farzandlikka olishga boʻlgan huquqlari cheklanayotgani xususida maʼlumot berdi.

Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, senator Batir Matmuratov mazkur qonun loyihalari mamlakatimizda qonun ustuvorligini mustahkamlash, yurt taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi, shubhasiz ekananligini taʼkidladi.

Yigʻilish yakunlanganidan soʻng senator Batir Matmuratov tumandagi qator fermer xoʻjaliklarida “oq oltin” xirmonini toʻldirishda tinimsiz mehnat qilayotgan paxtakorlar holidan xabar oldi. Xususan, Toʻlqin ovulidagi “AmatToʻrayev” fermer xoʻjaligi hamda Oʻrta qalʼa ovulidagi “Ermanov Oʻrozboy” fermer xoʻjaligiga tashrif buyurib, paxta terayotgan terimchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif chogʻida terimchilarni majburiy mehnat asosida jalb qilinmaganligi holati, ularning issiq ovqat bilan taʼminlashi, terim pullarining oʻz vaqtida berilayotganligi holatlari oʻrganilib, paxtakorlar bilan dildan suhbat qurildi. Suhbat yakunida namuna boʻlayotgan, ilgʻor terimchilar esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019