16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:52
Siyosat 👁 190

OʻZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYaSIDAN PREZIDENTLIKKA NOMZODI KOʻRSATILGAN MAQSUDA VORISOVANING IShONChLI VAKILI SAYLOVChILAR BILAN UChRAShDI

OʻZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYaSIDAN PREZIDENTLIKKA NOMZODI KOʻRSATILGAN MAQSUDA VORISOVANING IShONChLI VAKILI SAYLOVChILAR BILAN UChRAShDI

Mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladigan sana tobora yaqinlashmoqda. Barcha partiyalar singari Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi ham nomzodning saylovoldi targʻibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shunday tadbirlar Amudaryo tumanida ham oʻtkazildi.

13-oktyabr kuni Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha ishonchli vakili Xalillo Yeshimbetov saylovchilar bilan uchrashdi.

Tuman madaniyat boʻlimida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston va tuman Kengashlari masʼullari, mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari, saylov yoshidagi fuqarolar ishtirok etdilar. Yigʻilishni partiyaning tuman Kengashi raisi Maqsud Saʼdullayev ochdi va olib bordi.

Maqsud Saʼdullayev mazkur uchrashuv Prezidentlikka nomzod – Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisovaning faoliyati, uning Saylovoldi dasturi bilan tanishtirish hamda saylovchilar bilan ochiq, erkin muloqot qilish maqsadida tashkil etilganini taʼkidlab oʻtdi. Shundan soʻng, nomzodning ishonchli vakili partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Xallilo Yeshimbetov soʻzga taklif etildi.

Ishonchli vakil, partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Xalillo Yeshimbetov uchrashuv ishtirokchilariga ilk marta Saylov kodeksi asosida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston Prezidenti saylovining mamlakat va xalq taqdiridagi ahamiyati, partiyaning saylovga tayyorgarlik jarayoni xususida maʼlumot berdi. Maʼruzada asosiy eʼtibor nomzodning saylovoldi dasturiga qaratilib, undagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha saylovchilarga batafsil tushuntirish berildi.

Maqsuda Vorisova xalq haqida gʻamxoʻrlik qiluvchi, odamlarning dard va tashvishlarini yurakdan his qiladigan partiya arbobi sifatida tanilganligi, nomzodning 9 ta ustuvor yoʻnalish va 115 banddan iborat Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar, keltirilgan tashabbuslarni xalqni qiynab turgan muammolarning yechimi sifatida koʻrish mumkinligi alohida eʼtirof etildi. Aholi manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish asosiy yoʻnalish qilib olingan ushbu dasturdagi barcha maqsad va gʻoyalar xalq, jamiyat ravnaqiga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Ishonchli vakil dasturda kam taʼminlangan, lekin, boqimandalik kayfiyatida yurgan fuqarolarni jamiyatning faol ishtirokchisiga aylantirish, yolgʻiz keksalar, ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarning hayotiy ehtiyojlariga eʼtiborni kuchaytirish taklif etilganini, “Muruvvat”, “Saxovat” va “Mehribonlik” uylari faoliyatini yanada yaxshilash, “Mehribonlik” uylarini bitirib chiqqan yoshlarni uy-joy bilan taʼminlash, ishga joylashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha aniq vazifalari ilgari surilganini qayd etib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Yoshlar agentligi mutaxassisi Umida Yangiboyeva, Nogironlar jamiyati tuman boʻlimi rahbari Nilufar Xolboyeva, tuman Kengashi deputati Gulshod Yusupova, 31-sonli maktab oʻqituvchisi Nodira Yoʻldoshevalar nomzodning Saylovoldi dasturida mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, olib borilayotgan barcha yoʻnalishdagi islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, demokratik oʻzgarishlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan eng muhim masalalar qamrab olinganligini eʼtirof etishdi.

Soʻzga chiqqanlar Maqsuda Vorisovaning saylovoldi dasturida ilgari surilgan yoʻnalishlar va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab, barchani boʻlajak saylovda faol ishtirok etishga, Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi nomzodiga ovoz berishga chaqirdilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019