16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Sport 👁 223

Imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasida shaxmat-shashka sport musobaqasi oʻtkazildi

Imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasida shaxmat-shashka sport musobaqasi oʻtkazildi

Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilib, bu masala davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

Aholining ushbu qatlamini manzilli ijtimoiy himoya qilish, keksalar, pentsionerlar, nogironligi boʻlgan bolalar va kattalarga tibbiy-ijtimoiy yordamning barqaror tizimini yaratish ishlari jadal davom etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining «Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida»gi yangi Qonun nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishda muhim huquqiy asos boʻldi.

2021-yil 8-oktyabr kuni Amudaryo tumani muhandislik texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan imkoniyati cheklangan, individual taʼlim olayotgan 12-17 yosh oʻquvchilar oʻrtasida ularning sport va jismoniy tarbiyaga qiziqishlarini yanada oshirish, hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish maqsadida tadbir hamda sportning shaxmat-shashka turlari boʻyicha sport musobaqasi oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Maqsud Saʼdullayev, tuman hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha mutaxassisi Dilmurod Rahimov, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi psixolog-metodisti Jasorat Atajonov, shaxmat-shashka sport oʻyinlarini kuzatib boruvchi sport murabbiysi Zafarbek Qurbonov, tuman Nogironlar jamiyati raisi Nilufar Xolboyevalar hamda jamiyat aʼzolari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqan tuman Nogironlar jamiyati raisi Nilufar Xolboyeva mamlakatimizda imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, ularga jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratilayotgani hamda bu borada keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilayotgani xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqanlar sportning inson salomatligi uchun, ayniqsa, shaxmat-shashka sport turi inson aqliy faoliyatini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, oʻquvchilarni sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanib borishlariga daʼvat qildilar hamda oldindagi shaxmat-shashka musobaqasida oʻquvchilarga omad tiladilar.

Shaxmat-shashka sport oʻyinlari baxs-munozara boy hamda murosasiz tarzda oʻtdi. Oʻquvchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritish uchun astoydil intildilar. Musobaqalar yakunida ishtirokchilar hamda gʻoliblar masʼullar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Taʼkidlash kerakki, bu kabi uchrashuvlar hamda sport oʻyinlarning tashkil etilishi, imkoniyati cheklangan yoshlarning individual qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlariga, oʻziga boʻlgan ishonchlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi, shubhasiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019