16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:54
Siyosat 👁 230

OʻzLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha ishonchli vakili Abatbay Daniyarov saylovchilar bilan uchrashdi

OʻzLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha ishonchli vakili Abatbay Daniyarov saylovchilar bilan uchrashdi

Mamlakatimizda joriy yil 24-oktyabr sanasida oʻtkaziladigan muhim siyosiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga keng koʻlamli tayyorgarlik koʻrilmoqda. Saylov tizimini isloh qilish va yanada demokratlashtirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash, milliy qonunchiligimizni saylov huquqiga oid xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida bu galgi saylovlar yuksak saviyada oʻtishi kutilmoqda.

Ayni kunlarda tobora yaqinlashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari qizgʻin pallaga kirgan. Saylovchi sifatida mazkur jarayonlarni kuzatar ekanmiz, nomzodlarning saylovchilar bilan faol targʻibot-tashviqot tadbirlarini samarali tashkil qilayotganiga guvoh boʻlamiz. Targʻibot-tashviqot tadbirlarining mazmun-mohiyati jihatdan bir-biridan farq qilishi, nomzodlar saylovoldi dasturlarining mazmun jihatdan boyligi hamda ular saylovchilarning faol ishtiroki bilan oʻtkazilayotganini alohida qayd etish lozim.

16-oktyabr kuni Amudaryo tumani Qilichboy ovulida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ishonchli vakili, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Abatbay Daniyarov ishtirokida saylovoldi targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.

Targʻibot-tashviqot tadbirida partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi raisi Sharap Utemisov, tuman kengashi masʼullari, boshlangʻich partiya tashkiloti aʼzolari, saylovchilar, fuqarolar yigʻinlari masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir mobaynida ishonchli vakil Abatbay Daniyarov eng asosiy eʼtiborini nomzodning saylovoldi dasturi maʼno-mazmunini saylovchilarga yangicha yondashuv asosida yetkazishga qaratdi.

Ishonli vakil taʼkidlashicha, prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiquvchi qator yoʻnalishlar boʻyicha aniq strategik maqsadlar hamda ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, dasturda uzluksiz taʼlim tizimi uchun milliy oʻquv dasturini joriy etish, taʼlim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani, sogʻliqni saqlash tizimida yuksak natijadorlikka erishish, aholi oʻrtasida kasalliklarni kamaytirish, sogʻlom turmush tarzini faol targʻib etish va oʻrtacha umr koʻrish darajasini oshirish eng muhim vazifalar sifatida belgilanganini alohida qayd etdi.

Shuningdek, nomzodning saylovoldi dasturida hududlarni mutanosib rivojlantirish eng ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilanib, tuman va shaharlar kesimida 14 ta besh yillik hududiy dasturlarni amalga oshirish choralari koʻrilishi, bunda har bir tuman va shaharning muammo va imkoniyatlari oʻrganilib, “oʻsish nuqtalari” belgilab olinishi, shuningdek, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida ixcham, professional, xalqimiz talablariga javob beradigan, adolatli, yuqori natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish borasida ham ustuvor vazifalar belgilangani xususida maʼlumotlar keltirildi.

Tadbirda mehnat faxriysi Amina Yusupova hamda tuman nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari Bekmon Allaberganovlar Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.  Saylovchilar shonchli vakil Abatbay Daniyarovga nomzodning saylovoldi dasturi yuzasidan qator savollar bilan murojaat qildilar hamda tegishli javoblarni oldilar.

Madamin Kazakov, OʻzLiDeP Amudaryo tuman kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019