16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 186

YIGʻIM-TERIM MAVSUMI – ENG MASʼULIYaTLI PALLA

YIGʻIM-TERIM MAVSUMI – ENG MASʼULIYaTLI PALLA

Kuzning ilk  kunlaridanoq yil boʻyi qilgan fidokorona mehnatlari mahsulini koʻrishga oshiqqan dehqon ahli borki, dala-yu bogʻiga koʻchib chiqadi. Imkonlarini chamalab, hosil xirmonlarini bunyod etishga kirishadilar. Kuzning har bir daqiqasi, ayniqsa, paxtakorlar uchun yil sarhisobining zalvorli raqamlari qayd etiladigan palla. Chunki  ana shu faslda yetishtirilgan paxta hosili yigʻishtirib olinadi, koʻzlangan rejalar, lafzlar yuksak hosil xirmonlarida namoyon boʻladi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi tantana qilingan joriy yilda amudaryolik paxtakorlar oʻz oldilariga ulkan marralarni qoʻydilar. MChJ shaklidagi “Amdurayotex” xorijiy korxonasi klasteri bilan 350 ta  paxtachilik fermer xoʻjaliklari oʻrtasida  shartnomalar tuzilib, 15030 gektar yerga tumanimiz iqlim sharoitiga mos serhosil navli chigit ekildi.

Hosildorlikni har gektar hisobiga 27,2 tsentnerga, yalpi hosil xirmonini 45750 tonnaga yetkazishni rejalashtirgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari joriy qishloq  xoʻjaligi yilining barcha mavsum yumushlarini agrotexnika qoidalariga muvofiq tashkil etdilar.

Yuksak Amudaryo paxta xirmonini bunyod etish uchun, sentyabr oyining ilk kunlaridanoq uyushqoqlik bilan boshlangan terim surʼati tufayli hosil xirmonlari qad rostlay boshladi.

Mavsum davomida 12430 gektar maydonda defoliatsiya ishlari sifatli olib borildi. Paxta yigʻim-terimini koʻtarinki ruhda, uyushqoqlik va jipslik bilan amalga oshirish, terimchilar va koʻngilli hasharchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kabilariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, gʻoʻza vegetatsiyasi davrida bajariladigan ishlar uchun “Amdurayotex” xorijiy korxonasi klasteri tomonidan  mehnatkashlarning ish haqlarini oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borishlari uchun fermer xoʻjaliklariga 100 mlrd. 148 mln. 954 soʻm pul mablagʻlari imtiyozli kredit hisobidan amalga oshirilgani bugungi yigʻim-terim surʼatining yuqori boʻlishini taʼminladi.

Bundan tashqari, yetishtirilgan paxta hosilini kuzning izgʻirinli kunlariga qoldirmasdan yigʻishtirib olish uchun terimchilarning ish haqlari bosqichma-bosqich oshirib borish tartibida hisob-kitob qilinishi belgilangani, qolaversa, yigʻim-terim otryadlari rahbarlari ishni  toʻgʻri tashkil qilganligi, kunlik terim pullari kechiktirmasdan berib borilishi muvaffaqiyatli yutuqlarning garovi boʻlmoqda.

Ayni paytda paxta yigʻim-terimining sifatli va samarali olib borilishida tumanda tashkil etilgan 290 ta terim otryadlari va ularning tajribali rahbarlari saʼy-harakatlari bilan fermer xoʻjaliklari dalalarida 23266 nafar terimchi yuksak unum bilan mehnat qilishmoqda.

Xususan, 1-sektor hududidagi fermer xoʻjaliklaridagi 78 ta otryad tarkibida 5442 nafar, 2-sektor hududidagi fermer xoʻjaliklarida 7826 nafar, 3-sektorda 7269, 4-sektorda esa 2729 nafar klaster va fermer xoʻjaliklari ishchilari hamda uyushmagan aholi vakillaridan iborat koʻngilli hasharchilar tumanning umumiy xirmoniga kuniga 200 tonnadan ortiq paxta terib topshirishmoqda.

Yuksak uyushqoqlik va jipslik asosida tashkil etilgan “Paxta – 2021” yigʻim-terim mavsumining samarasi esa zalvorli raqamlarda oʻz ifodasini topmoqda.

Dehqon va fermerlar uchun eng masʼuliyatli palla – kuzgi sarhisob onlari yaqin qoldi. Ana shunday masʼuliyatli davrda beliga etak bogʻlab, dalaga chiqqan har bir koʻngilli hasharchiga, dehqon va fermerlarga: “Hormang, lafzi halol, fidoyi va aziz paxtakorlar” – deymiz.

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019