16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Adabiyot 👁 411

INShOLAR TANLOVI YaKUNLANDI

INShOLAR TANLOVI YaKUNLANDI

“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat  tashkiloti tomonidan shu yilning 22-sentyabrida yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, shu orqali ularni giyohvandlik, ahloqsizlik va boshqa zararli taʼsirlardan himoya qilish maqsadida maktab oʻquvchilar oʻrtasida “Men sevgan badiiy asar” mavzusida insholar tanlovi  eʼlon qilingan edi. Shu munosabat bilan tashkilotimizga 120 dan ziyod insho namunalari kelib tushdi. Tanlov maktab oʻquvchilari orasida adabiyotsevar, teran fikrlovchi, chuqur mulohaza yuritishga qodir iqtidorli oʻquvchilarning koʻp ekanligini yana bir bor isbotladi.

20-oktyabr kuni “Men sevgan badiiy asar” mavzusidagi insholar tanlovining gʻoliblari aniqlandi. Insholar tanlovi natijalarini koʻrib chiqqan badiiy kengash aʼzolarining xulosasiga koʻra 42-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Muborak Soatboyeva Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi asosida yozgan inshosi “Jek London ilgari surgan gʻoyani yaxshi tushungani, tengdoshlarida ham hayotga muhabbat uygʻotishga intilganligi uchun birinchi oʻringa, 2-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Farida Saʼdullayeva Abdulla Qodiriyning  “Oʻtgan kunlar” romani asosida yozgan inshosi “Eng yaxshi milliy – nazariy yondashuv uchun” ikkinchi oʻringa, 16-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Gulruh Saparboyeva Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari haqida yozgan inshosi “Eng yaxshi maʼnaviyat targʻiboti uchun” uchinchi oʻringa munosib deb topildi.

Bundan tashqari koʻpgina maktab oʻquvchilari insho yozish barobarida oʻzlarining adabiyot yoʻnalishidagi aʼlo jihatlarini namoyon qilganlar, jumladan, 62-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Shahlo  Qurolova “Eng samimiy fikrlari uchun” 45-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Lobar Oʻrozmetova “Eng yaxshi tahliliy fikrlari uchun”, 36-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Kumushoy Qoʻchqorova “Eng yaxshi badiiy obrazlar tahlili uchun”, “40-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Shahlo Yangiboyeva “Insonni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltiruvchi joʻshqin fikrlari uchun”, 9-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Sevinch Maqsadboyeva “Vatanparvarlik tuygʻusi ulugʻlangan asarning eng sevimli tahilili uchun”, 50-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Sarvinoz Tojiboyev Tojiboyeva “Shaxsiy fikrini ravon bayon qilgani uchun”, 73-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Kumush Gulimmatova “Murakkab syujetli asarning eng yaxshi tahlili uchun”, 32-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Guldona Toʻliboyeva “Eng oliyjanob, odil va oqil obraz tahlili uchun”, 30-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Sevinch Raximova “Eng yaxshi ezgulik targʻibotchiligi uchun”, 69-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Mashhura Jumiyazova, “badiiy asar haqida eng yoqimli fikrlari uchun” ana shunday eʼtirofga sazovor boʻldilar.

Tanlov gʻoliblari va eng yaxshi insholar ijodkorlariga “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan sovgʻalar va maqtov yorliqlari topshirildi.

Shuningdek, 39-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Feruza Raximova, 13-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Feruza Haytboyeva, 83-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Ruxshona Sotimova, 33-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Marjona Rajabboyevlarning bizga joʻnatgan insholarini oʻqib koʻrib, ularning nihoyatda ziyrak kitobxonlar ekanligiga amin boʻldik.

Maʼlumki, tumanimizda turli millat vakillari yashaydilar. Shu bois tumanimizda qozoq, qoraqalpoq, turkman tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar mavjud. Quvonarli tomoni shundaki, tanlovga qiziqish bildirib qozoq qoraqalpoq, turkman tillarida ham yozib joʻnatilgan insholarni oʻqib koʻrib, tahlil qilib tumanimizda turli tillarda ijod qilish qobiliyatiga ega yoshlarning yetishib chiqishiga katta umid bogʻladik. 54-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Mohidil Oʻrozimbetova, 9-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Oʻrozimbetova, 11-sinf oʻquvchilari Moʻldir Jetkerboyeva, Aygerim Saparboyevlarning qozoq tilida, 25-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi S.Davenova, 11-sinf oʻquvchilari Dilshod Sapardurdiyev, Avazbek Haytboyevlar oʻzlari sevgan badiiy asar haqida turkman tilida yozilgan insholarini joʻnatganlar.

 Bu maktab oʻquvchilari orasida ham adabiyotsevar, oʻz qalamiga ega, ijodiy ishlarga yondashuvchi yoshlar koʻpayib borayotganiligi bizni quvontirdi.

Qolaversa, 25-sonli maktabda insholar avvalo maxsus komissiya koʻrigidan oʻtkazilib keyin bizga joʻnatilganligining oʻzi ham mazkur maktab maʼmuriyatining insholar tanloviga oʻta masʼuliyat bilan yondoshganligidan dalolat berib turibdi.

Shu yilning aprel oyidan boshlab barcha umumtaʼlim maktablarida ijodiy madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi joriy qilindi. Targʻibotchilar qisqa muddat ichida maktablarda ijodiy-madaniy ishlarning yaxshi yoʻlga qoʻyilishiga munosib hissa qoʻsha boshladilar. Mazkur insholar tanlovida 2-sonli umumtaʼlim maktabining targʻibotchisi Ahmad Nafasov, 16-sonli umumtaʼlim maktabining targʻibotchisi  Yulduz Tursunboyeva, 32-sonli maktabning targʻibotchisi Nazokat Qodirova, 50-sonli maktabning targʻibotchisi Gulnoza Raximova, 73-sonli maktabning targʻibotchisi Shohida Tajiboyevlar jonkuyarlik bilan faol ishtirok etdilar. Oʻzlari ishlayotgan maktab oʻquvchilarining  ijodiy ishlarida yaqin koʻmakchi boʻldilar.

Maktab oʻquvchilarining iqtidorlarini sinab koʻrish maqsadida kelajakda yangidan yangi mavzularda insholar tanlovini eʼlon qilib boramiz.

Maktab oʻquvchilaridan chiroyli husnixatda batafsil yozilgan tahliliy mulohazalarga boy holdagi insholarni kutib qolamiz.

Oʻrozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019