16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:35
Siyosat 👁 272

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 39-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 39-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

27-oktyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Bahodir Tojiyev, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Xalq deputatlari tuman  kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya majlisini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi hamda olib bordi.

Sessiya majlisida senator Bahodir Tojiyev soʻzga chiqib, joriy yil butun mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan siyosiy yil boʻlib qolganligini, buning boisi butun dunyo hamjamiyati eʼtibor markazida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtganligini alohida taʼkidladi. Senator oʻz soʻzida ushbu tarixiy, siyosiy jarayonni munosib oʻtkazishda katta tayyorgarlik koʻrilganini, mamlakatimizning har bir fuqarosi Prezident sayloviga masʼuliyat bilan yondashib, unda faol ishtirok etganini, saylovlar xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida, uyushqoqlik bilan amalga oshirilganini qayd etdi. Shu bilan birga mamlakat yangi taraqqiyot yoʻliga qadam qoʻyayotganini taʼkidlab, bu yoʻlda barchani birdamlikka chorladi.

Sessiya majlisi kun tartibidagi qator masalalar yuzasidan masʼullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi, ular boʻyicha sessiya ishtirokchilarining, deputatlarning fikr-mulohazalari eshitildi.

Dastlab kun tartibidagi dastlabki masala Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar hududlarida 2021-yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshiriladigan ishlar, “Yoʻl xaritalari”ning 3-chorakdagi ijrosi toʻgʻrisida boʻlib, ushbu masala yuzasidan tumandagi sektorlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Har bir sektor rahbari oʻzi rahbarlik qilayotgan hududlarda aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammo va kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlab, ularni bartaraf qilish choralari koʻrilgani, bu borada joylarda sektorlar rahbarlari hamda korxona-tashkilotlar masʼullari ishtirokida aholi murojaatlarini qabul qilish boʻyicha sayyor qabullar, ochiq muloqotlar tashkil etilgani, aniqlangan muammolar esa tegishlicha oʻrganilib, ijobiy yechimini topganligi xususida axborot berdi. Shuningdek, sektorlar rahbarlari oʻz hisobotlarida hududlarda aholining ijtimoiy koʻmakka muhtoj qatlami, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilgani, band boʻlmagan ayollar va yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha qator samarali ishlar amalga oshirilgani xususida toʻxtaldi.

Sektorlar rahbarlarining hisobotlari oʻqib eshittirilganidan soʻng ular yuzasidan deputatlarning fikrlari tinglandi. Soʻngra, tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mudiri Akbarjon Xoʻjamuratov tumanda tadbirkorlar muammolari bilan ishlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot berdi.

Qayd etilishicha, qabulxona tomonidan 2021-yil 1-oktyabrgacha tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish boʻyicha hududlarda 36 ta sayyor qabullar tashkil etilgan boʻlib, ularda, olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari hamda oʻtkazilgan suhbatlar davomida qabulxonada jami  210 ta masala boʻyicha 208 ta murojaatlar roʻyxatga olingan. Murojaatlardagi masalalardan 139 tasi, yaʼni 67 foizi qanoatlantirilgan, 71 tasiga, yaʼni 33 foiziga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Sessiya ishida tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan, huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning yaxlit tizimini joriy etish kabi vazifalar ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar xususida axborot berdi.

Axborotda keltirilishicha, boʻlimga joriy yilning 9 oyi davomida jami 152 ta ariza va shikoyat kelib tushgan boʻlib, murojaatlarning 139 tasi hal qilingan, shundan 73 ta ariza va shikoyatlar qanoatlantirilgan, 66 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Boʻlim xodimlari tomonidan bevosita shaxsiy qabulda 135 nafar, sayyor qabullarda 29 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilingan hamda ular tegishlicha qanoatlantirilgan.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 65-sonli maktabda boʻsh (vakant) direktor lavozimiga oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha nomzodga kelishim berish toʻgʻrisida boʻlib, ushbu masala yuzasidan nomzod Shahnoza Xoʻjamuratovaning kelgusi 3-yilda amalga oshiradigan ishlari boʻyicha dasturi tinglandi.

Nomzod Shahnoza Xoʻjamuratova oʻz dasturida maktabni malakali kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim sifatini oshirish, oʻquvchilarning fanlar olimpiyadalaridagi faol ishtirokini taʼminlash, maktabdan tashqari taʼlim jarayonini tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlarda ochiq darslarni yoritib borish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha samarali faoliyat olib borishi xususida maʼlumot berdi.

Dastur oʻqib eshittirilganidan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tavsiya qilingan nomzodga kelishim berish boʻyicha yashirin ovoz berish jarayoni tashkil etildi. Dastlab deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi va yashirin ovoz berish byulletenlari tarqatildi. Ovoz berish yakunlariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 65-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga Shaxnoza Xudjamuratova tayinlash toʻgʻrisidagi tavsiyasiga kelishim berish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqildi, barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019