16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:32
Siyosat 👁 372

Amudaryo tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi

Amudaryo tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi

Mavzuga oid fotogalereya

Ona vatanimiz – Oʻzbekiston tinchlik va osoyishtalik mamlakatidir. Tinch yurtda esa rivojlanish va taraqqiyot boʻladi. Shuning uchun ham yurtimiz tinchligini koʻz qorachigʻidek asrash, uni himoya qilish yosh-u keksaning muqaddas burchiga aylangan. Xalqimizning osoyishtaligini asrashda ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmatlari alohida. Mamlakatimizda 25-oktyabr sanasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanishi soha xodimlarining xizmatlari yuksak qadrlanayotganidan dalolatdir. Har yili ushbu sana munosabati bilan soha xodimlari ishtirokida bayram tadbirlari tashkil etilib, tinchligimiz posbonlarining kasb bayramlari munosib nishonlanadi.

Qolaversa, bu yil mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi tashkil topganiga 30-yil toʻldi. Shu sababli bu gal soha xodimlarining kasb bayrami har doimgidan ham koʻtarinki ruhda, keng tarzda nishonlanmoqda.

Tinchlik va osoyishtalikni saqlashda kun-u tun fidoyilik namunalarini koʻrsatayotgan, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olishdek sharafli va masʼuliyatli burchiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun 6-noyabr kuni Mangʻit shahridagi Madaniyat markazida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari, Ichki ishlar boʻlimida turli yoʻnalishlarda xizmat qilayotgan xodimlar, sohada uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan faxriylar ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, barcha ichki ishlar idoralari xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. Tuman hokimi tabrik nutqida el-yurt tinchligini asrash, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, bir soʻz bilan aytganda, muqaddas zaminimizdagi tinch va osuda hayotni taʼminlashdek masʼuliyatli vazifalarini sharaf bilan ado etayotgan tinchlik posbonlariga ulkan zafarlar yor boʻlishini, mustahkam sogʻliq, uzoq umr, baxt-saodat, xonadonlariga qut-baraka, sermashaqqat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, bayram tadbirida ichki ishlar sohasida uzoq yillar mobaynida fidokorona mehnat qilib kelayotgan faxriylardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV faxriylar kengashi kotibi, isteʼfodagi podpolkovnik Abdulla Yoʻldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, isteʼfodagi podpolkovnik Erkin Rajabovlar soʻzga chiqib, barcha hamkasblarni bayram bilan tabrikladilar.

Mehnat faxriylari taʼkidlaganlaridek, bugun ichki ishlar idoralari xodimlariga berilayotgan eʼtibor, shu barobarida soha xodimlarining masʼuliyati har doimgidan yuz karra oshgan. Ularning xizmatlari tufayli yurtimiz tinch, koʻngillarimiz xotirjam, farzandlarimiz baxtiyor. Ichki ishlar idoralari safida burchiga sodiq, Vatan uchun jonini ham berishga tayyor haqiqiy yurt himoyachilari, fidoiy xodimlar soni tobora ortib bormoqda.

Shundan keyin sohada samarali faoliyat olib borayotgan, hamkasblariga namuna boʻlayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bayram tadbiri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ashula va raqs ansambli, tuman Madaniyat boʻlimining estrada xonandalari va sozandalari ijrosidagi ajoyib kuy-qoʻshiqlarga ulanib ketdi. Vatan, doʻstlik, tinchlik, sevgi-muhabbat, shukronalik mazmunidagi bir-biridan shoʻx-shodon taronalar bayramga koʻtariniki ruh bagʻishlab, barcha yigʻilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Shundan soʻng tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari uchun “Nur” toʻyxonasida katta bayram dasturxoni yozildi. Soha xodimlari bayram dasturxoni atrofida dildan suhbat qurib, maroqli hordiq chiqardilar.

Fursatdan foydalanib, kunlarni tunlarga, tunlarni tonglarga ulab, Vatanimiz tanchligi, osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida xizmat qilayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Siz bor ekansiz, yurtimiz tinch va hayotimiz farovon boʻladi, aziz posbonlar!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019