16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Iqtisodiyot 👁 231

BOSh VAZIR QABULXONASI TADBIRKORLAR KOʻMAKChISIGA AYLANDI

BOSh VAZIR QABULXONASI TADBIRKORLAR KOʻMAKChISIGA AYLANDI

1. Mamlakatimizdagi Bosh Vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash, biznes vakillarining faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish, aholining tadbirkorlikka ishtiyoqini yanada ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Amudaryo tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan ham Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tuman idoralarining vakillaridan iborat ishchi guruhi, shtab, vakolatli organlar vakillari, shuningdek, Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Joriy yilning 1-noyabrigacha Qabulxona tomonidan hududlarda 38 ta sayyor qabullar tashkil etildi. Olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari hamda oʻtkazilgan suhbatlar davomida jami  219 ta masala boʻyicha 217 ta murojaatlar roʻyxatga olindi. Ushbu murojaatlarning 14 tasi Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi, 58 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi, 147 tasi tuman miqyosidagi masalalar boʻlib, murojaatlarning 42 tasi oʻtkazilgan sayyor qabullar orqali, 55 tasi bevosita qabulxonaga murojaat qilish orqali, 113 tasi “Ishonch telefoni” orqali, 7 tasi business.gov.uz portali orqali elektron tarzda kelib tushgan.

Roʻyxatga olingan murojaatlar asosidagi 219 ta masalalardan 154 tasi qanoatlantirildi, 63 tasiga tushuntirishlar berildi, 2 tasi koʻrib chiqish jarayonida.

Murojaatlar asosan kredit masalasida boʻlib, ular 105 tani tashkil etadi. Shu jumladan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi boʻyicha 78 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan 58 tasi qanoatlantirildi, 18 tasiga tushuntirish berildi, 2 tasi koʻrib chiqish jarayonida. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga kredit olish boʻyicha 27 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan 20 tasi qanoatlantirildi, 7 tasiga huquqiy maslahat berildi.

Yer, kadastr va arxitektura qurilish masalalari boʻyicha 26 ta murojaat qabul qilindi. Tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratish masalasida 24 ta murojaat kelgan boʻlsa, shundan 9 tasi qanoatlantirildi, 15 tasiga huquqiy maslahat berildi. Bino-inshootlar masalasi boʻyicha 1 ta murojaat kelgan boʻlib, u boʻyicha murojaat egasiga huquqiy maslahat berildi. Fermerlik yerlari masalasi boʻyicha kelib tushgan 1 ta murojaat boʻyicha ham huquqiy maslahat berilib tushuntirildi.

Infratuzilma masalalari boʻyicha kelib tushgan 9 ta murojaatdan, 7 tasi qanoatlantirildi, 2 tasiga huquqiy maslahat berildi. Soliq  masalalari boʻyicha 4 ta  murojaat ijobiy hal etildi. Ruxsatnoma va litsenziya masalalari boʻyicha 6 ta murojaatdan, 4 tasi qanoatlantirilgan boʻlsa, 2 tasiga huquqiy maslahat berildi.  shuningdek, boshqa masalalar boʻyicha ham 69 ta murojaat kelib tushdi. Ulardan 51 tasi qanoatlantirildi, 18 tasi boʻyicha esa huquqiy tushunchalar berildi.

Tumandagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan korxona va tashkilotlarga yuborilgan murojaatlarni koʻrib chiqish mobaynida muddat buzilishi, yuzaki koʻrib chiqish holatlari boʻyicha mansabdor korxona-tashkilot rahbarlariga muddatlarning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan shart-sharoitlar va ularni bartaraf etish yuzasidan 7 ta taqdimnomalar kiritildi. Qabulxona huzuridagi tadbirkorlarning Jamoatchilik kengashi tomonidan, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan muammolar har oyda tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga 11 ta takliflar kiritildi.

Qabulxona tomonidan Xizr eli mahallasida yashovchi Oʻrozgul Xolmurodovaning joriy yil 23-avgust kungi, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati nazoratga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga koʻrib chiqish uchun yuborildi. Murojaat 5 ish kunida ijobiy hal etilib, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ochishga ruxsat berildi. Hozirgi kunda yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor Oʻrozgul Xolmurodova “Oynura” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻydi va mahalladagi 25 nafar yosh bolalarni maskanga qabul qilib, taʼlim-tarbiya ishlarini boshlab yubordi.

Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻinida non va non mahsulotlari tayyorlash faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan “Xolimbeg nonlari” oilaviy korxonasi rahbari Ikrom Rajabovning elektr energiya uzilishlarini bartaraf etishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati qabulxona  tomonidan nazoratga olindi. Qabulxona koʻmagi bilan ushbu murojaat Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ijobiy hal etildi. Mazkur korxona rahbarining shu yil 13-sentyabr kungi “non ishlab chiqarish faoliyatiga davlat standartidan oʻtkazish sertifikatini olish maqsadida ortiqcha oʻtkazilgan boj toʻlovini qaytarib ololmayotganligi” boʻyicha qilgan murojaati ham qabulxona tomonidan nazoratga olinib, ortiqcha oʻtkazilgan mablagʻ tadbirkorning hisob raqamiga qaytarib berildi va murojaat ijobiy hal etildi. Qabulxona xodimlari aralashuvi bilan bu muammo ham bartaraf etilib, ayni paytda korxona toʻla quvvat bilan faoliyat koʻrsata boshladi.

Tumandagi Bosh vazir qabulxonasi va uning huzurida tashkil qilingan jamoatchilik kengashi tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etishda tadbirkorga yaqin koʻmakchi boʻlishga intilmoqda. Bu orqali hududni har jihatdan rivojlantirish, xalqning turmushini yanada farovon qilishdek ezgu ishlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Muzaffar Oʻrozboyev, Bosh vazirning tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi yetakchi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019