16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:54
Salomatlik 👁 190

OILAVIY POLIKLINIKADAGI TIBBIY XIZMATDAN AHOLI MAMNUN

OILAVIY POLIKLINIKADAGI TIBBIY XIZMATDAN AHOLI MAMNUN

Tibbiyotning birlamchi boʻgʻini aholi salomatligini saqlash, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda beqiyos oʻringa ega. Shu bois, mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi oʻrni va maqomini kuchaytirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryo tumanida ham 2017-yilda tashkil etilgan Qipchoq qishloq vrachlik punkti negizida 1-sonli oilaviy poliklinika tashkil etildi. Hozirgi kunda Rustam Xidirboyev mudirlik qilayotgan mazkur oilaviy poliklinikada tumandagi Toʻlqin, Choykoʻl, Qipchoq ovullari, Qipchoq shaharchasi, Beshtom, Daryoboʻyi, Uyshin mahallalari xududida yashovchi  30711 nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.

Tibbiyot maskanida 13 nafar oilaviy shifokor, 1nafar akusher-ginekolog, 1 nafar xirurg, 1 nafar shifokor-laborant, 1 nafar  ultratovush tashxisi mutaxasisi ishlaydi. Shifokorlardan tashqari,  37 nafar patronaj hashira va 21 nafar hamshiralar aholi salomatligini mustahkamlashda  oʻz bilim va tajribalariga tayanib xizmat koʻrsatishmoqda.

Oilaviy poliklinikada bemorlarni qabul qilish uchun oilaviy shifokorlar xonalari, ayollar maslahatxonasi, jarrohlik amaliyoti, laboratoriya, ultratovush tashxisi, muolaja xonalari mavjud. Shuningdek, 8-oʻrinli kunduzgi statsionar, emlash, DOT va onalar maktabi uchun xonalari ajratilgan. Ijtimoiy apteka va tez yordam shoxobchasi ham tashkil etilgan.

Poliklinika mazkur yilda zamonaviy ultratovush tekshiruv apparati bilan taʼminlandi. Ushbu apparatda malakali shifokor Umida Xoliqulova  hududdagi aholining uzogʻini yaqin qilib, shifokorlarga aniq tashxis qoʻyishda yaqindan yordam berib kelmoqda.

Laboratoriya xonasi ham zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Tekshiruvlar sifatli oʻtkazilishi uchun laboratoriyaga oliy toifali  shifokor-laborant Erkinoy Tojiboyeva biriktirilgan. Bemorlarning tashxisini aniqlashda laborator tahlillar muhim oʻrin tutadi. Bu borada Erkinoy Tojiboyeva oʻz bilim va tajribalarini qoʻllab, bemorlarga aniq tashxis qoʻyilishini taʼminlamoqda.

Akusher-ginekolog Davlatbika Toʻqliboyeva ham hududda yashovchi 7914 nafar ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashda hormay tolmay mehnat qilib kelmoqda. Homilador ayollarni hisobga olish va chaqaloq tugʻilgunga qadar homiladorlarni nazorat qilib, onalarning sogʻlom farzand dunyoga keltirishga koʻmak bermoqda.

Hozirgi kunda aholini koronovirus kasalligiga qarshi emlash,  infektsiya tarqalishining oldini olish, aholini chuqurlashtirilgan, maktablar va bogʻchalardagi bolalarni, tugʻish yoshidagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish,  aniqlangan bemorlarni ambulator yoki statsionar sharoitda davolash ishlarini ham olib borishmoqda. Bu ishlarda jonbozlik koʻrsatayotgan oilaviy shifokorlardan  Habiba Nurimova, Maqsuda Abdullayeva, Zulfiya Yegizboyeva, Raʼno Tairovalar, patronaj hamshiralardan Mohira Avezova, Dilnoza Soliyeva, Dilafroʻz Oʻrozimbetova, Muyassar Yeshtayeva, Muyassar Xudoyberganovalarning mehnatlarini, fidoyiliklarni alohida tilga olib oʻtsa arziydi.

Mazkur yilning oʻtgan davri mobaynida tibbiyot maskani xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari reja asosida olib borildi. Hududdagi koʻrilishi lozim boʻlgan 30019 nafar aholidan  29571 nafari koʻrikdan oʻtkazilib, 9241 nafar bemor aniqlandi. Aniqlangan bemorlarning  91,1 foizi sogʻlomlashtirildi,  7658 nafari ambulator, 762 nafari statsionar sharoitda, 2 nafari  sanatoriya-kurortlarda sogʻlom hayotga qaytarildi.

Tibbiyot maskanida Prezidentimizning sogʻliqni saqlash tizimiga oid Farmon va Qarorlarida belgilangan topshiriqlarning ijrosini oʻz vaqtida samarali taʼminlash maqsadida ham tibbiyot birlashmasi va tegishli idoralar bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi. Shu maqsadda 13 nafar shifokor, 34 nafar oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat 13 ta tibbiyot brigadalari tashkil etildi. 30711 nafar aholining 30033 nafarida antropometrik oʻlchovlar amalga oshirildi. Oʻrganishlar natijasida 19516 nafar katta yoshdagi aholi orasida 6416 nafarida ortiqcha vazn, 2604 nafarida semizlik, 4918 nafar aholi meva va sabzavotlarni, 2068 nafar aholi sut mahsulotlarini kam isteʼmol qilishi, 5620 nafar shirinliklarni, 5598 nafar yogʻli ovqatlarni, 4839 nafar tuzli oziq-ovqat mahsulotlarni isteʼmol qilishi maʼlum boʻldi. 

Shuningdek, 645 nafar tamaki chekuvchilar, 354 nafar alkogol mahsulotlarini isteʼmol qiluvchilar borligi, 4284 nafar aholi jismonan nofaol hayot kechirishi aniqlandi. 

Tekshiruvlar natijasida 11195 nafar bolalardan 198 nafarida ortiqcha vazn, 21 nafarida semizlik, 735 nafari meva va sabzavotlarni, 470 nafari sut mahsulotlarini kam isteʼmol qilishi, 3841 nafari shirinliklarni, 589 nafari yogʻli ovqatlarni, 563 nafari tuzli oziq-ovqat mahsulotlarni isteʼmol qilishi, 334 nafari jismonan nofaol hayot kechirishi maʼlum boʻldi.

Jami xatlovdan oʻtkazilgan 30033 nafar aholi orasida 4368 nafar  aholida turli xil surunkali kasalliklar aniqlanib, shu asosda kasallik turi boʻyicha 4 ta guruhga  tasniflandi.

Hudud aholisiga sogʻlom hayot tarzini, oʻz salomatligini asrash, masʼuliyat bilan qarashni tushuntirish maqsadida shu yil 1-martdan tumandagi 7 ta mahallaga oilaviy shifokorlar va patranoj hamshiralardan iborat mahalla tibbiy brigadalari ham  tashkil etildi. Har bir mahallada  va  Oilaviy poliklinkaning oʻzida tibbiy brigadalar maʼlumotlar  taxtasi shakllantirilib, taklif va eʼtirozlarni qayd qilish uchun “taklif va eʼtirozlar daftari”, salomatlik burchaklari, tibbiyot  salomatlik saboqlari kanallari yoʻlga qoʻyildi.

Yurtimizda sogʻliqni saqlash tizimida tizimli va izchil islohotlar olib borilmoqda. Barcha tibbiyot maskanlaridagi kabi 1-sonli oilaviy poliklinkada ham aholi salomatligini asrash borasidagi vazifalarni amalga oshirishda ushbu islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maskanda sifatli xizmat koʻrsatilayotganidan, uzogʻi yaqin boʻlganidan hudud aholisi nihoyatda mamnun.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019