16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:08
Qishloq xoʻjaligi 👁 238

Amudaryo tumanida 39 ming 406 nafar tomorqachi va 295 ta dehqon xoʻjaliklari yerdan moʻl hosil yetishtirmoqda

Amudaryo tumanida 39 ming 406 nafar tomorqachi va 295 ta  dehqon xoʻjaliklari yerdan moʻl hosil yetishtirmoqda

Qishloqda yashashning oʻziga xos gashti, shu bilan birga sir-u sinoatlari bor. Fayz-u tarovatli xonadon ogʻushida hayot gashtini surish, qishloqning musaffo havosidan bahra olib yashashga nima yetsin!? Lekin ana shunday fayzga toʻla xonadon qoʻrgʻonini bunyod etish uchun qishloq ahli, avvalo tadbirkor, ishbilarmon, yer va  tabiat bilan tillashaoladigan omilkor dehqon ham boʻlmogʻi kerak.

Ayni paytda Amudaryo tumanining qishloqlarida boʻlsangiz, yer bilan, ona tabiat bilan tillashib, har bir qarich yerni bogʻ-boʻstonga aylantirib yashayotgan, nafaqat oʻz xonadoni, balki tumanning ichki va tashqi bozorini ham oʻzlari yetishtirgan sarhil mahsulotlari bilan toʻldirib, kun sayin farovonlashib borayotgan fidoyi tomorqa yer egalarining ishlarini koʻrib dilingiz yayraydi.

Bugungi  kunda Amudaryoliklarning 39 ming 406 nafari oʻz tomorqa yerida faoliyat yuritishadi. Tumanda 295 ta  dehqon xoʻjaliklari mavjud boʻlib, mazkur dehqon xoʻjaliklari uchun 6 ming 652 gektar ekishlik yer maydonlari ajratib berilgan. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida 2022-yil hosili uchun 1 ming 141 gektar maydonga piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari ekildi. Umumiy yer maydoni 13,9 gektarni tashkil etuvchi tomorqa xoʻjaliklarida 1 ming 183 ta issiqxonalar mavjud boʻlib, ushbu issiqxonalarning 486 tasi ovul va mahallalar hududlarida yangidan barpo etildi. Har biri 1-1,5 sotixdan iborat yengil sigʻimli issiqxonalarning umumiy yer maydoni 6,3 gektarni tashkil etadi va ayni paytda ularning barchasida kechki bodring, pomidor, piyoz va turli koʻkatlar yetishtirilib, tomorqa yer egalari, oilasi ehtiyojidan ortgani ichki bozorga yoʻnaltirilmoqda.

Tumanda 2020-yilda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida 21 ta mahalla, 2021-yil davomida esa 49 ta mahallaning barchasi ushbu tamoyil asosida ixtisoslashtirildi. Shuningdek, 2021-yilda 8 ta mahalladagi 16 ta koʻchada joylashgan 391 ta xonadonlar tomorqa xoʻjaliklarini namunali tomorqaga aylantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Tomorqa yer egalari uchun zarur qulayliklar yaratish maqsadida 2021-yilda Amudaryo tumanining 12 ta mahallasida tomorqalarda yetishtirilgan mahsulotlar bilan savdo qiluvchi savdo shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Shundan 8 ta gavjum mahallalarda yengil sigʻimli “Dala doʻkonlari” va kichik sigʻimli muzlatgichlar qurildi. Bu esa xalqimizni yil davomida sara va sifatli qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan taʼminlash imkonini bermoqda.

Amudaryoliklar azaldan mohir sohibkor-bogʻbonlar hisoblanadi. Qayerda yashashidan qatʼiy nazar, eshigi oldiga, hovlisi atrofiga hech boʻlmaganda uch-toʻrt tup uzum tokini ekmagan oilani topish qiyin. Ayniqsa, har yili kuz va bahor oylarida yangidan uzum toklarini ekish, keksaygan toklarni qaychilab, yangilash ishlariga alohida eʼtibor qaratiladi. 2021-yil kuzi va 2022-yil bahor oylarida tuman mahallalaridagi 6 mingdan ziyod xonadonlar atrofiga jami 60 km. uzunlikdagi yerga qator qilib yangidan uzum toklari oʻtqazish rejalashtirilgan.

Amudaryoda ishning koʻzini bilgan omilkor tomorqachilar uchun kech kuz boʻlsa-da ayni damlar issiqxonalarda ish qizgʻin: kechki bodring, pomidor, barra piyoz va koʻkatlarni terib olish, bozorga olib chiqish ishlari davom etmoqda.

Oq oltin ovulida yashovchi mohir tomorqachi Yangiboy Qurboniyozov 23 sotix yerda dehqonchilik qiladi.  U 2 sotix maydonga pomidor, 2 sotix yerga bodring, 2 sotix yerga kartoshka, 3 sotix yerga piyoz, shuningdek, turli koʻkatlar hamda 14 sotix maydonda bogʻ yaratib, sarhil mevalar yetishtirib kelmoqda.

Tomorqachi asosiy ekin turlaridan boʻshagan yerlarga takroriy ekinlar, yaʼni, 12 sotix maydonga karam va kartoshka ekib, har yili moʻl hosil oladi.  Erta bahorda esa turli sabzavot koʻchatlari yetishtirish hamda ertagi ekinlar ketma-ketligini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratadi va oʻz vaqtida ishlov berib, tuproq hamda iqlim sharoitidan kelib chiqib, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirib keladi.

Shu bois, tomorqa dehqonchiligi boʻyicha oilaviy tadbirkorlik orqasidan xonadon omborida har yili 10 tonna meva-sabzavotlar zahirasi gʻamlanadi. Natijada mohir tomorqachining xonadoni obod, dasturxoni toʻkin.

U deyarli 10-yildan buyon erta bahorda 1,5 sotixlik issiqxonasida turli-tuman sabzavot va poliz ekinlari koʻchatlarini yetishtirib, ularni tuman markazi, Nukus shahri bozorlariga sotishni ham yoʻlga qoʻygan. Shu bilan birga ovulidagi kam taʼminlangan oilalarga bu kabi koʻchatlarni bepul yetkazib berib kelmoqda.

Tomorqasidan har yili oʻrtacha oilaviy harajatlardan tashqari 40-45 million soʻm sof daromad olayotgan Yangiboy aka Qurboniyozov oilasining moddiy taʼminotini koʻtarishga erishgan mohir tomorqachi dehqonlardan biri hisoblanadi. U farzandlari bilan ishning koʻzini bilib, mehnatdan qochmay, tomorqasidan unumli foydalanib, barakaga erishmoqda.

Qilichboylik Baxtiyor Mangliyev ham tajribali tomorqachilardan biri. U 25 sotix tomorqasida, 2 sotix pomidor, 1 sotix bodring, 2 sotix kartoshka, 5 sotix piyoz, shuningdek, turli koʻkatlar hamda 15 sotix yerda bogʻ oʻstirib, ham oilasi, ham el-yurt dasturxoniga fayz-baraka kiritayotganlardan biri.

U tomorqasida asosiy ekin turlaridan boʻshagan 10 sotix maydonga karam va kartoshka ekib, ulardan ham moʻl hosil  yetishtirib kelmoqda.  Shuningdek, sabzavot mahsulotlari koʻchatlari yetishtirish, ekinlar ketma-ketligini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, oʻz vaqtida ishlov berib, tuproq unumdorligini oshirishda oʻz shaxsiy tajribasiga ega.

Tomorqa dehqonchiligi boʻyicha oilaviy tadbirkorlikni ham yoʻlga qoʻyib, har yili 200 tupdan ziyod mevali daraxt koʻchatlari yetishtiradi.  Deyarli 8-yildan buyon erta bahorda 5 sotix yerda mevali daraxt  koʻchatlarini yetishtirib, tuman markazi, Nukus shahri bozorlariga sotishni yoʻlga qoʻygan. Shuningdek, Baxtiyor Mangliyev ovuldagi kam taʼminlangan oilalarga bepul koʻchatlar yetkazib berib kelmoqda.

Ishning koʻzini, yerning tilini bilgan mohir tomorqachi Baxtiyor Mangliyev oilasi rizqini xorij davlatlariga chiqib izlamadi, u oʻz uyida, oilasi bagʻrida, farzandlari bilan hamjihatlikda moʻl-koʻl daromad manbaini yaratdi. Mohir tomorqachi oila  ehtiyojlari uchun zarur xaridlardan tashqari yiliga 40-45 mln. soʻm sof daromad oladi.

Ayni damda, qish eshik qoqayotgan pallada ham: “Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda” degan xalqimizning ibratli maqoliga amal qilgan amudaryolik mohir tomorqachilar dalada – tomorqa xoʻjaliklarida kech kuzgi hosilni yigʻishtirib olish, ehtiyojlaridan ortganini  bozorga yoʻnaltirishdan tashqari, yerlarini shudgorlash kabi kuzgi-qishgi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019