16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 234

6 ming gektardan ortiq maydonda kuzgi bugʻdoy sifatli parvarish qilinmoqda

6 ming gektardan ortiq maydonda kuzgi bugʻdoy sifatli parvarish qilinmoqda

Amudaryo tumanida 2022-yil hosili uchun 344 ta  fermer  xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 6000 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekish rejalashtirilgan  boʻlib, ayni paytda 1-sektor hududidagi xoʻjaliklarda 1610 ga, 2-sektor hududida 1720 ga, 3-sektor boʻyicha 1963 ga, 4-sektor hududidagi xoʻjaliklarda esa 707 ga maydonga kuzgi bugʻdoy sifatli qilib ekildi.

Gʻalla ekish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida  18 ta otryad tashkil qilinib, otryadlar rahbarligiga hududiy agronomlar biriktirildi va har bir hududning yer, suv bilan taʼminlanganlik sharoiti hisobga olingan holda navlar tanlanib, ekildi.

Xususan, tumanning iqlim sharoiti va yerlarning meliorativ holatidan kelib chiqib, 2022-yil  hosili  uchun sifat  koʻrsatkichlari  yuqori  boʻlgan navlar tanlandi.

Ekish mavsumida talab etiladigan urugʻlik miqdori oldindan hisob-kitob qilindi va joriy yilda gektariga oʻrtacha 250 kg.dan  jami 1500 tonna urugʻlik taxt qilib qoʻyilgani kuzgi bugʻdoyni oʻz vaqtida, sifatli ekish imkonini berdi.

Ayni paytda tumanda  2 ta  gʻallachilik  klasteri  faoliyat  yuritib kelmoqda. Xususan, “Qipchoq g`alla klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi 312 ta  fermer  xoʻjaliklarida 4969 gektar maydonda, “Amu Rich Xarvest” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi 32 ta fermer  xoʻjaliklarida 1031 gektar yerdagi kuzgi bugʻdoyzorlarni oziqlantirish ishlari olib borilmoqda.

Gʻallachilik klasterlari tasarrufidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan bugʻdoyzorlarda kuzgi-qishki muhim agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, yaʼni, sugʻorish uchun har besh gektarga bittadan handaqlar tayyorlash, dalalar boshiga har gektarga 3 tonnadan, 18000 tonna mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, aholi ixtiyoridagi qoramollar tushishi  xavfi boʻlgan bugʻdoyzorlarning 16,7 km. qismini ihotalash ishlari sifatli  amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda tumanimiz gʻallachilik xoʻjaliklarida bugʻdoyzorlarni kuzgi qishki suv bilan sugʻorish toʻliq amalga oshirilib, bu boradagi reja 106 foizga  bajarildi.

Toʻlqin ovulidagi Azamat Matkarimov rahbarlik qilayotgan “Amu sohili” fermer xoʻjaligida ham 2022-yil hosili uchun gʻalla ekish oʻz vaqtida amalga oshirildi. Xoʻjalik dalalarida unib chiqqan kuzgi bugʻdoy nihollarini azotli  mineral oʻgʻitlar va biostimulyatorlar orqali bargidan oziqlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Natijada aynan shu usulda oziqlantirilgan bugʻdoyzorlar toʻliq tuplash pallasiga kirgan va bir tekis rivojlanmoqda.

Tajribali va omilkor dehqon Azamat Matkarimov gʻalla ekish jarayonida yerni tobida haydash, lazerli qurilma orqali tekislash, shuningdek, har gektar hisobiga kamida 400 kg.dan fosforli oʻgʻit bilan ishlov berishga alohida eʼtibor qaratib, xoʻjalik yerlarining meliorativ holatini hisobga olgan holda shoʻrlanishga va qurgʻoqchilikka chidamli “Alekseyevich” navini tanladi.

Urugʻlik sarfiga  ham alohida eʼtibor qaratdi va har gektar hisobiga 170-180 kg.dan seyalka yordamida gʻalla ekdi. Puxta reja asosida  bajarilgan ishlar oʻz natijasini berdi. Ayni kunlarda “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligining bugʻdoyzorlari koʻzlarni quvontirguday darajada rivojlanmoqda.

Xoʻjalik ishchilari dala boshida jamgʻarib qoʻyilgan mahalliy oʻgʻit bilan gʻallazorlarni oziqlantirish, shuningdek, har  besh gektar ekin maydoni uchun bittadan xandaq qazish ishlarini yakuniga yetkazib, bugʻdoyzorlarni yana bir marta qishgi suv bilan qondirib sugʻorishga taxt qilib qoʻyishdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019