18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 15:31
Jamiyat 👁 320

YaNGIOBOD VA BOYOVUL MAHALLA FUQAROLAR YIGʻINLARI UChUN YaNGI MAʼMURIY BINOLAR QURILIB, FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

YaNGIOBOD VA BOYOVUL MAHALLA FUQAROLAR YIGʻINLARI UChUN YaNGI MAʼMURIY BINOLAR QURILIB, FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevral kungi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va hamda 2020-yil 18-fevraldagi “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori bilan fuqarolar yigʻinlari oldida turgan asosiy vazifalar va ularning faoliyat yoʻnalishlari belgilab berildi.

Mazkur farmon va qarorlar fuqarolar yigʻinlari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarishda, fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun munosib sharoitlar yaratishda muhim dasturilamal boʻlmoqda.

Amudaryo tumanidagi Yangiobod va Boyovul mahalla fuqarolar yigʻinlari shu kungacha oʻz maʼmuriy binosi yoʻqligi sababli boshqa tashkilot binolarida ijara asosida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Yigʻin maʼmuriyati, qolaversa, mahalla ahli uchun qulaylik yaratish maqsadida mazkur mahalla fuqarolar yigʻinlariga davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida yangidan bino qurib berildi.

4-dekabr kuni Yangiobod va Boyovul mahalla fuqarolar yigʻinlari uchun bunyod etilgan yangi binolarning ochilish marosimi oʻtkazildi. Marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Sagʻindiq Turmanov, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev, boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova, nuroniylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Boltaboyev, fuqarolar yigʻini xodimlari va mahalla faollari hamda bir guruh nuroniylar ishtirok etishdi.

Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosi “Viktoriya xolding”, masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamonaviy loyihalar asosida qurib bitkazildi. Loyiha qiymati 260 mln soʻm boʻlgan mazkur bino qisqa fursat ichida, sifatli tarzda bunyod etildi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar yigʻilganlarni va mahalla ahlini yangi binoning foydalanishga topshirilishi bilan qutladilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻiniga kompyuter sovgʻa qilindi.

Binoda fuqarolar yigʻini raisi va oʻrinbosarlari, kotibi va boshqa aʼzolari, yigʻin huzuridagi komissiyalar uchun maxsus xonalar mavjud boʻlib, binoning mahalla hududida, aholiga yaqin joylashgani barcha uchun birdek qulaylik yaratadi.

Boyovul mahalla fuqarolar yigʻinining binosi “Norboy Mebel” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurib bitkazildi. Qurilish ishlariga 260 mln soʻm mablagʻ sarflandi.

Binoning ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Sagʻindiq Turmanov, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev va boshqalar soʻzga chiqib, mamlakatimizda fuqarolar yigʻinlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mahallaning jamiyatdagi nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbir davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan har ikkala, yaʼni Yangiobod va Boyovul mahalla fuqarolar yigʻinlariga jami 14 mln 480 ming soʻmlik, har bir mahallaga 3 ta jamlanmadan iborat mebel toʻplamlari topshirildi.

Har ikkala mahallada boʻlib oʻtgan yangi maʼmuriy binolarining ochilish marosimida qatnashgan fuqarolar yigʻini xodimlari va mahalla faollari zamonaviy uslubda qurilgan binoda ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilganligini, bu yerda faqat sidqidildan ishlash kerakligini aytib oʻtishdi va bunday sharoit yaratib bergan Prezidentimizga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga, tuman hokimiga hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga, quruvchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Dildora ABDURAHMONOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026