16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:34
Siyosat 👁 214

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan tashkil qilingan tantanali tadbirdagi tabrik nutqi

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan tashkil qilingan tantanali tadbirdagi tabrik nutqi

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, Sizlarni, sizlar orqali butun tumanimiz ahlini milliy davlatchiligimiz tarixidagi muhim sana – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga oʻzimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Qadrli doʻstlar!

1992-yil 8-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida mustaqil Vatanimiz tarixida ahamiyati va nufuzi jihatdan muhim hujjat – bosh qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan edi.

Oʻtgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqarashi butunlay oʻzgargani, har bir yurtdoshimiz mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgani Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.

Ana shu ulkan salohiyatga tayanib, xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot – yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida fidokorona mehnat qilmoqda.

Keyingi yillarda hurmatli Prezidentimiz tomonidan “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan, Konstitutsiya va qonun ustuvor boʻlgan samarali va barqaror tizim shakllanmoqda.

Konstitutsiyamiz mohiyatiga chuqur singdirilgan demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat hamda insonparvarlik tamoyillarini taʼminlash boʻyicha mamlakatimizda tizimli va ortga qaytmaydigan demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bosh Qomusimiz yurtimizda ozod demokratik jamiyat barpo etishning, amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mustahkam qonuniy asosi, obod va farovon hayotimizning kafolati boʻlib xizmat qilmoqda.

Qadrli doʻstlar!

Bugun qaysi sohani olib qaramaylik, taraqqiyot va rivojlanish, yangilanish va oʻzgarishlarga guvoh boʻlamiz. Bularning barchasi Asosiy qomusimizning 2-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar” degan tamoyilning amaliy ifodasidir.

Tumanimizda ham barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli barqaror oʻsish surʼatlari qayd qilinib, yuksak natijalarga erishilmoqda. Birgina joriy yilda tumanimizda 7 ta umumtaʼlim maktablarida 12 mlrd 860 mln soʻmlik, 4 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 4 mlrd 436 mln soʻmlik, 8 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari binolarida 3 mlrd 310 mln soʻmlik yangi qurilish, kapital va joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.

Davlatimiz tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlarni qoʻllab-quvvatlash va ular uchun shart-sharoit yaratish borasida olib borayotgan ishlar tufayli, tumanda joriy yilda 279 ta kichik biznes subektlari yangidan tashkil etildi.

Eng asosiysi, joriy yilning oʻtgan 11 oyida tuman boʻyicha 684 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Buning asosiy qismi xotin-qizlar va yoshlar hissasiga toʻgʻri keldi.

Erishgan marralarimizning eng muhimi mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish yoʻlidan dadil borayotganimiz, eng asosiysi bugungi kunda yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar qatorida inson uchun oliy neʼmat – tinchlik va osoyishtalikning taʼminlanayotganidir. Bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan adolatli va demokratik tamoyillarning izchillik bilan hayotga tatbiq qilinayotganining yorqin misolidir.

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Siz, azizlarni, Sizning timsolingizda butun tumanimiz ahlini Konstitutsiya kuni bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotda katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Xonadonlarimizni, goʻzal yurtimizni tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019