16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Siyosat 👁 200

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyati kengaymoqda

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyati kengaymoqda

Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish, ular faoliyatini, ayniqsa, quyi boʻgʻinda huquqiy jihatdan taʼminlash, sifatli va professional yuridik xizmat koʻrsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Sohaga tajribali  kadrlarning jalb qilinmaganligi hujjatlar loyihalarining iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan edi. Bu oʻz navbatida qabul qilinayotgan hujjatlar yuzasidan joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning eʼtiroziga sabab boʻlayotgan edi.

Prezidentimizning tegishli qaroriga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziriligi, viloyatlar va Toshkent shahar Adliya boshqarmalari huzurida mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu markazlar zimmasiga yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini  huquqiy jihatdan taʼminlash, ularga malakali yuridik yordam koʻrsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida samarali himoya qilinishini taʼminlash, davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda  har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash kabi koʻplab masʼuliyatli vazifalar yuklangan.

Shuningdek 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq  barcha maʼlumot va jarayonlarni toʻliq elektron ravishda yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish imkonini beruvchi “Ye-huquqshunos” elektron tizimini yaratish va unga barcha maʼlumotlarni joylab borish yuklatildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida tashkil etilgan  Amudaryo tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazida ham qaror ijrosini taʼminlash, belgilab berilgan masʼuliyatli vazifalarni ado etish yuzasidan tizimli ishlar olib borilayapti.

Markaz tomonidan tumandagi  mavjud 12 ta davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat koʻrsatilmoqda. Bunda davlat organlari va tashkilotlari bilan markaz oʻrtasida hujjatlar maʼlumotlar almashinuvi “Ye-huquqshunos” tizimi orqali amalga oshirilayotir. Oʻtgan davr mobaynida  12 ta davlat organlari va tashkilotlarida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida 166 ta hujjat qonunga zid ekanligi aniqlanib, muvofiqlashtirildi. 17 hujjat umuman qonunlarimizga mos kelmaganligi uchun huquqiy ekspertizadan oʻtkazish rad etildi, tuman Tibbiyot birlashmasida 12 nafar xodimning ishdan boʻshalatilishining oldi olindi.

Shuningdek, aholidan tushgan 2 ta murojaat ham koʻrib chiqilib, huquqiy yordam berildi.

Kelgusi 2022-yilda markaz huquqiy xizmat koʻrsatadigan davlat organlari va tashkilotlari soni yana 6 taga koʻpaymoqda. Bu markazda faoliyat koʻrsatayotgan 6 nafar xodimlarga yana ham ulkan masʼuliyat yuklaydi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019