16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:58
Sport 👁 243

“QOR MALIKASI” OChIQ TURNIRI OʻTKAZILDI

“QOR MALIKASI” OChIQ TURNIRI OʻTKAZILDI

Badiiy gimnastika – olimpia sport turlaridan biri boʻlganligi tufayli unga mamlakatimizda ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻz oldlariga ezgu maqsadlar qoʻyib, yuksak marralarni koʻzlab ushbu nafis sport turi bilan shugʻullanayotgan yoshlar, oʻsmirlarning  mahoratlarini sinovdan oʻtkazib borish maqsadida turli musobaqalar oʻtkazib kelinmoqda.

21 dekbar kuni Amudaryo tumani Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida Yangi yil bayrami oldidan sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Qor malikasi” deb nomlangan ochiq birinchilik oʻtkazildi.

Musobaqada Amudaryo va Beruniy tumanlaridan 50 nafar mahoratli badiiy gimnastikachi qizlar oʻzaro bellashdilar. 1-sonli maktab sport zalida boʻlib oʻtgan musobaqaning ochilishi xuddi  bayram tusini oldi. Ishtirokchilar maktab ostonasida tantanali suratda qarshi olindi. Ular sport zalga yigʻilib boʻlishgach, saf tortdilar.

Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori oʻrinbosari Maxsud Kenjayev musobaqa ishtirokchilarini Yangi yil bayrami bilan qutlab, bellashuvlarda omad yor boʻlishini tiladi. Sport maktab uslubchilari Bahrom Soatov, Zokir Yoʻldoshevlar ham barchani umrimizda yangi sahifa ochayotgan Yangi yil bilan qutladilar.

Shundan soʻng musobaqalarga start berildi. Unda 2007-2017-yillar oraligida tugʻilgan yosh gimnastikachi qizlar navbatma-navbat oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Katta yoshdagi qizlar 4 xil - xalqa, lenta, koptok, bulava kabi buyumlarda, kichik yoshdagi qizlar esa buyumsiz, tana harakatlari bilan oʻyin koʻrsatdilar.

Aytish kerakki, Amudaryo tumani Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida, umumiy oʻrta taʼlim, maktabgacha taʼlim muassasalarida gimnastika toʻgaraklari tashkil etilgan boʻlib, ularda tajribali murabbiylar yoshlarga bu nafis sport turi mahoratlarini oʻrgatishmoqda.

Badiiy gimnastika toʻgaraklarida shugʻullanib, texnik mahorat va musiqa sadolari ostida murakkab tana harakatlarini turli buyumlardan foydalangan holda ifodali bajarib, kuchi, egiluvchanligi, sakrovchanligi, tezkorligi, muvozanatni tuta bilishi va chidamliligini namoyish etayotgan iqtidorli qizlar safi tobora kengaymoqda.

Ularning sport tayyorgarligidan koʻzlagan asosiy maqsadi – mamlakat birinchiligi, jahon chempionatlarida, nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish va gʻoliblikka erishib, mamlakatimiz va tumanimiz sport sharafini yuksaltirishga hissa qoʻshishdir.

Ochiq birinchilik davomida tajribali badiiy gimnastika murabbiylaridan tuzilgan hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirokchilar bajargan mashqlarni odilona baholab bordilar.

Amudaryo tumani Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan tashkillashtirgan “Qor malikasi” deb nomlangan ochiq birinchilikda gʻolib boʻlgan sportchi qizlar diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Ochiq turnir ishtirokchilarni oʻz ustlarida yana ham qunt bilan ishlab, mahoratini oshirib borishga ragʻbatlantirdi, oʻz mashgʻulotlariga nisbatan masʼuliyatni yanada oshirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019