16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:52
Iqtisodiyot 👁 296

Amudaryo tumani Moliya boʻlimi byudjet mablagʻlaridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini samarali amalga oshirmoqda

Amudaryo tumani Moliya boʻlimi byudjet mablagʻlaridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini samarali amalga oshirmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida moliya organlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilab berilgan. Xususan, moliya organlari avvalo, aholiga soliq yukini kamaytirish, byudjet mablagʻlaridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qatʼiy iqtisod qilish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibini soddalashtirish kabi masalalarda nazoratni amalga oshiradi.

Amudaryo tumani Moliya boʻlimi ham zimmasiga yuklatilgan shu va boshqa vazifalarni samarali amalga oshirib kelmoqda.

Xabaringiz bor, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 44-sessiyasida Amudaryo tumani moliya boʻlimi tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022-yilga moʻljallangan mahalliy byudjet parametrlari toʻgʻrisidagi masala deputatlar tomonidan muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilingan edi.

Sessiyada tuman Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyazov yil davomida boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida axborot berib, Amudaryo tumanining 2022-yilgi mahalliy byudjeti haqidagi takliflarni deputatlar eʼtiboriga havola qildi.

Aytish kerakki, 2022-yil uchun tuman mahalliy byudjet daromadlari 77,3 mlrd soʻm, yuqori byudjetdan ajratiladigan transfert miqdori 127,6 mlrd soʻmni tashkil qiladi. Jami xarajatlar 204 mlrd soʻm miqdorida prognoz qilinmoqda.

2022-yilda tumanimizda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan maktabgacha taʼlim sohasi uchun oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga 12,2 mlrd soʻm, sogʻliqni saqlash sohasiga 66,5 mlrd soʻm, madaniyat va sport sohasiga 4,8 mlrd soʻm, ijtimoiy nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari uchun 71,2 mlrd soʻm ajratiladi.

Bundan tashqari, 2022-yilda iqtisodiy xarajatlarga tuman byudjetidan 14,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan. Obodonlashtirish ishlariga 8,3 mlrd soʻm, Veterenariya qoʻmitasi tashkilotlarini saqlash xarajatlarini qoplash uchun 1,2 mlrd soʻm, tuman fermer dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xarajatlariga 0,9 mlrd soʻm ajratilishi belgilangan.

Qarorda koʻrsatilishicha, 2022-yil davomida davlat boshqaruv organlari faoliyatiga 5,3 mlrd soʻm, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga esa 7,1 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

Joriy yildan boshlab mahallalarda hokim yordamchilarining faoliyati yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda. Yil davomida hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1,4 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi. Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari esa 1,9 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Prezidentimizning “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Amudaryo tumanida ham byudjet mablagʻlarining maʼlum qismi jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Qarorda byudjet mablagʻlarini taqsimlashda eng avvalo ijtimoiy sohaga katta eʼtibor berilganini koʻrish mumkin. Bu esa aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash borasidagi ishlar “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qilingan joriy yilda har qachongidan ham keng koʻlam kasb etishidan dalolat beradi.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019