16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 308

TOMORQA XIZMATINI KOʻRSATISh SIFATINI YaNADA YaXShILASh BOʻYIChA SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

TOMORQA XIZMATINI KOʻRSATISh SIFATINI YaNADA YaXShILASh BOʻYIChA SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Maʼlumki, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha Prezidentimiz tomonidan bir nechta qarorlar qabul qilingan. Ushbu qaror hujjatlari asosida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, yerga sifatli ishlov berish borasida koʻplab saʼy-harakatlar, tadbirlar amalga oshirilmoqda. Amudaryo tumanida ham tomorqa yer egalari faoliyatiga bagʻishlangan seminarlar tashkil etilimoqda. Bu orqali aholining tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha tajribasi yanada oshishiga zamin yaratilmoqda.

2022-yil 11-yanvar kuni “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati klasteri korxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini targʻib qilish, tomorqa xizmati koʻrsatishda klaster korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qullab-quvatlash jamgʻarmasi direktori Toʻlqin Sattarov, Qoraqalpogʻiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Quvonchboy Nurimbetov, Tuman fermerlar kengashi mutaxassislari, tumandagi 49 ta ovul va mahallalarda ish boshlayotgan hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Seminarda aholi tomorqasidan samarali foydalanib, yiliga 2-3-martadan hosil olish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kamida 1,5 baravarga koʻpaytirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida axborot berildi.

Bu borada, tumandagi “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati klaster korxonasining faoliyati alohida eʼtirofga loyiqligi taʼkidlandi. Korxona tomonidan Fermerlar kengashi jamgʻarmasi mablagʻlaridan 5 mlrd. soʻm kredit olingan va 12 yoʻnalish boʻyicha tomorqalarga xizmat koʻrsatish faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Maʼlumot uchun aytib oʻtish joizki, Amudaryo tumanida 39 ming 406 nafar tomorqa yer egalari ixtiyorida 6 ming 652,2 gektar ekin yeri mavjud. Kengash huzuridagi jamgʻarma tomonidan koʻchat sotib olish uchun tadbirkorlik subʼektlari, fermer xoʻjaliklari va “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga jami 500 mlrd. soʻm mablagʻlar ajratilgan.

Amudaryo tumanidagi Oq oltin ovuli hududida yashovchi fuqaro Yangiboy Qurbaniyazov, Qilichboy ovulida yashovchi Baxtiyor Mangliyev, Bobur ovulida yashovchi Abdurahmon Matsapayev, Choykoʻl ovulida yashovchi Mahmudjon Norboyev, Qoramon mahallasi hududida yashovchi Ataxan Utamuratovlar xonadonlarida sarimsoqpiyoz, piyoz, va boshqa koʻkatlar yetishtirish orqali bir yilda har bir tomorqadan 25-30 mln. soʻm daromad olingan. Tomorqa orqali yuqori daromad olayotgan xonadonlar tajribasi boshqa mahallalarda ham targʻib qilib borilmoqda.

Tumanning Oq oltin, Toʻlqin, Qilichboy, Bobur kabi qator hududlaridagi tomorqa yer egalarining asosiy faoliyat turi issiqxona hisoblanadi. Ushbu yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalarining ulushi tumandagi tomorqa yer egalari sonining 5 foizini tashkil etadi. Issiqxonalarda turli sabzavot ekinlari ekilib, tuman aholisining dasturxoni moʻl-koʻl boʻlishiga xissa boʻlib qoʻshilmoqda.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, Amudaryo tumanidagi “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli klaster korxonasi tomonidan “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida tumandagi Toʻlqin, Oq oltin, Xizr eli, Qipchoq, Qangli ovul va mahallalariga turli xildagi sabzavot ekinlari koʻchatlari yetkazib berilmoqda. Ayni kunlarda havo harorati past boʻlishiga qaramay tomorqa yer egalari oʻz issiqxonalariga sabzavotlar ekib, aholi ehtiyojlarini qondirmoqda.

Xalqimiz tomonidan bejizga, yer boyligi – el boyligi deb aytilmagan. Har bir fuqaro oʻz tomorqasidan unumli foydalansa, oʻz oilasi, yaqinlari va mahalladoshlari dasturxoniga toʻkinlik baxsh etibgina qolmasdan, oilaviy byudjeti uchun ham katta foyda keltirgan boʻladi. Buning uchun esa Amudaryo tumanida barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

F.Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019