16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:29
Jamiyat 👁 426

YaNGI OʻZBEKISTONNING TARAQQIYoT STRATEGIYaSI PORLOQ ISTIQBOL SARI YOʻL OChADI

YaNGI OʻZBEKISTONNING TARAQQIYoT STRATEGIYaSI  PORLOQ ISTIQBOL SARI YOʻL OChADI

Hamza HAYTIMBETOV, Amudaryo tumani hokimining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha yordamchisi:


– Hujjat loyihasining birinchi bobida erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson shaʼni, qadr-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan  “Yangi Oʻzbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” gʻoyasini ifoda etuvchi 12 ta maqsad belgilab berilgan. Loyihada davlat  funktsiyalarining katta qismi markazdan hududlarga oʻtkazish gʻoyasi ilgari surilgan.
Jamiyat boshqaruvining tayanch boʻgʻini boʻlgan mahalla tizimini hokimliklar bilan bogʻlash maqsadida har bir mahallada hokim yordamchisi, yoshlar masalalari  bilan doimiy shugʻullanadigan Yoshlar ishlari agentligining vakili faoliyat yuritadi.

Shuningdek, markaziy idoralarning hududiy tuzilmalar bilan ishlash jarayoniga yangicha yondoshuvlar joriy etilishi, Xalq qabulxonalari xalq ovozini, jamoatchilik fikrini  ifoda etadigan haqiqiy tuzilmaga aylanishi uchun qoʻshimcha huquqiy asoslar yaratilishi koʻrsatilgan. Har bir hudud, soha va tarmoq faoliyatiga ularda fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlari qanday taʼminlanayotganiga koʻra baholash, rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi lozimligi belgilangan.
Endilikda Xalq deputatlari mahalliy kengashlari hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilashga oid qonuniy asos yaratish lozimligi ham loyihadan joy olgan.
Qisqa qilib aytganda, ushbu loyiha xalqimizning, davlatimizning butun kuch va salohiyatini ezgu maqsad – obod va farovon, xalqchil Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga  yoʻnaltirilgani bilan gʻoyat qadrlidir. Bir soʻz bilan – Taraqqiyot strategiyasi loyihasida farovon kelajagimiz kafolati aks etgan desak, juda oʻrinli boʻladi.


Jasur OʻRAZBOYeV,
Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi:

– Mazkur taraqqiyot strategiyasidagi yetti yoʻnalishning ikkinchisida mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish borasidagi vazifalar qamrab olingan. Ushbu yoʻnalishda 8 ta maqsad mavjud. Yoʻnalish 13-maqsaddan boshlangan boʻlib, unda mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash boʻyicha vazifalar koʻrsatilgan. Shuningdek, qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subʼektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish kabi maqsadlarda tegishli vazifalar belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga xizmat qilishga yoʻnaltirish boʻyicha vazifalar belgilab berilgan.
Sud va boshqa organlar hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini taʼminlash boʻyicha vazifalar esa 18-maqsadda koʻrsatilgan. Ushbu hujjatga koʻra, endilikda sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlari joriy etiladi.
Undan tashqari, advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, aholi va tadbirkorlik subʼektlarining malakali huquqiy xizmatlarga boʻlgan talabini toʻliq qondirish, faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar oʻrtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish borasida toʻxtalib oʻtilgan.
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi mamlakatimiz rivojining muhim fundamental asoslarini oʻzida qamrab olgan boʻlib, unda faoliyatimizning ustuvor vazifalari belgilab berilgan. Taʼkidlash joizki, ushbu hujjatda rejalashtirilgan chora-tadbirlar fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hamda davlatimizning xalqaro hamjamiyatdagi mavqei va obroʻsini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Azamat MATKARIMOV,
“Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi rahbari, OʻzLiDeP aʼzosi:

– Men mamlakatimizda fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlardan quvonib ketaman. Yangi 2022-yilni quvonch va koʻtarinki kayfiyatda, yanada yuksak orzu va rejalar bilan qarshi oldim. Yangi Oʻzbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish boʻyicha taraqqiyot strategiyasi bilan tanisharkanman, fermer xoʻjaligimizni ham yanada rivojlantirish uchun yangi imkon eshiklari ochilayotgani qalbimga quvonch bagʻishladi.
Mazkur strategiyaning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga bagʻishlangan 3-boʻlimida chorvachilik  sohasida yem-xashak bazasini kengaytirish va ishlab chiqarishni ikki baravar oshirish koʻzda tutilgan. Bu degani, bizning “Amudaryo sohili” kabi naslchilik fermer xoʻjaliklari uchun juda  katta imtiyoz. Bu – birinchidan, nasldor qoramollar uchun orzuqa bazasini mustahkamlash, ikkinchidan, qoramollarni qishlovdan toʻq va sogʻlom olib chiqish imkonini beradi.
Bundan tashqari, strategiyada  nasos stantsiyalarini davlat-xususiy sherikchiligi asosida fermerlarga berish, chet davlatlardan olib kelinadigan naslli chorva mollari, baliq, qoʻy va echkilar uchun subsidiyalar ajratilishi mazkur sohalar bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar uchun juda katta yordam boʻladi, albatta.
Muhimi, qachon, qanday sharoitda qanday mehnat qilishni bilish, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish nafaqat biz fermerlar, balki xalqimiz uchun ham istiqbolli rejalar sari oydin yoʻl ochadi.


Maxsud SAʼDULLAYeV, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari:
– Loyihaning IV yoʻnalishi bevosita “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlanadi. Darhaqiqat, odilona ijtimoiy siyosat yuritish orqali davlat va jamiyat teng rivojlanadi, inson qadr-qimmati ortadi.
Loyihaning ushbu yoʻnalishida taʼlim sohasidagi islohotlar keng qamrovga olinib, rivojlantirish bosqichlari aniq belgilab berilgan. Muhtaram Prezidentimizning taʼlim-tarbiya sohasiga alohida eʼtibor qaratganlari bejiz emas, albatta. Chunki, har bir rahbar Vatan kelajagini intellektual salohiyatga va bilimga ega sogʻlom farzandlarida koʻradi. Yurtboshimizning sport, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash sohalari boʻyicha belgilab bergan ustuvor yoʻnalishlari biz maʼnaviyat va maʼrifat xodimlari uchun mayoq vazifasini oʻtaydi.
Maktabgacha taʼlim, oʻrta taʼlim va oliy taʼlim tizimida kelgusi 2022-2026-yillarga moʻljallangan rejalarning ijrosi toʻliq amalga oshirilsa, Oʻzbekistonda faqat va faqat barkamol yoshlar istiqomat qiladi, deb bemalol ayta olaman.
Shuningdek, loyihada yurtimizning ayrim hududlaridagi salbiy ekologik muhit va muammolarni bartaraf etish aholi salomatligini mustahkamlash borasida ham bir qancha chora-tadbirlar belgilab berilgan. Bunda oilaviy poliklinikalar sonini koʻpaytirish, barcha shifoxonalarni zamonaviy tibbiy asbob uskunalari bilan toʻliq jixozlash koʻzda tutilgan.
Hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir. Biz yangi Oʻzbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, yaʼni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyatga tayanamiz” degan edilar. Darhaqiqat, maʼnaviyat bu avvalo, insonlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hurmat va eʼtibor, xalq va davlat  birgalikda quradigan ezgu intilishlar, ibratli fazilatlardir.“Taraqqiyot strategiyasi” ning V bandida maʼnaviyatni yuksaltirish, uni yangi bosqichga olib chiqish masalasi qoʻyilgan.
Dasturga asosan, ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasi”dan “Taraqqiyot strategiyasi sari” gʻoyasini  keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash  va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish vazifasi qoʻyilgan.
Bundan tashqari, loyihada jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashning oʻziga xos yoʻnalishlari oʻz ifodasini topgan.
Milliy madaniyat avvalo oiladan, mahalladan boshlanadi. Shunday ekan, ajdodlarimizdan meros boʻlib qolgan boy milliy qadriyatlarimizni avlodlarga yetkazish uchun, xalqaro darajada ommalashtirish uchun hududlarda targʻibot tadbirlarini muntazam oʻtkazib, madaniyatimizni butun dunyoga  yoyishimiz, oʻzbek degan millat nomini eshitgan har qanday elat qalbida oʻzgacha mehr-muhabbat uygʻonishiga erishmogʻimiz darkor.
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019