16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Iqtisodiyot 👁 235

Amudaryo tumani DSI “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili asosida ish olib bormoqda

Amudaryo tumani DSI “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili asosida ish olib bormoqda

Iqtisodiyotning rivojlanishi, maʼmuriyatchilik va soliq qonunchiligiga rioya etilishining yaxshilanishi soliq tushumlarining oʻsishini taʼminlaydi.

Amudaryo tumani boʻyicha oʻtgan 2021-yil  uchun byudjet prognozining bajarilishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bu borada belgilangan prognoz koʻrsatkichi ortigʻi bilan bajarildi. Yaʼni, 2021-yil uchun belgilangan 59,9 mlrd. soʻm oʻrniga 70,4 mlrd. soʻm mublagʻ undirilib, reja 117,6 foizga bajarildi. Natijada byudjetga 10,5 mlrd. soʻm qoʻshimcha mablagʻ undirildi.

Amudaryo tuman Davlat Soliq inspektsiyasi  tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida tadbirkorlik subʼektlariga koʻmak berib kelinayotgani tufayli ana shunday yuqori koʻrsatkichga erishildi. Xususan, Davlat Soliq inspektsiyasi xodimlari tadbirkorlarga kredit ajratish, dastlabki hisob-kitoblarini yuritish, soliq imtiyozlarini qoʻllash tartiblarini tushuntirishda doimiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritayotganlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida tumanda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subʼektlarini yashil, sariq, qizil toifalarga ajratish orqali ularga koʻmaklashish, zarur holatlarda yangidan ochilgan xoʻjalik yurituvchi korxonalar roʻyxati tuzilib,  soliq organi xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.

Bunday uchrashuvlarda soliq qarzi toʻgʻrisida maʼlumot berish, soliq imtiyozlari va ularni qoʻllash tartibi, boshqa soliq turlaridan ortiqcha toʻlov summasini qaytarish, kredit olishga, yer ajratilishiga koʻmaklashish va soliq organiga aloqador bir qancha muammolar yuzasidan tizimli yordam va tushuntirishlar berilmoqda.

Xususan, Navoiy mahallasida ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanayotgan "Jumamurod Usta" oilaviy korxonasigi oʻz ish faoliyatini kengaytirish uchun bank tomonidan 100 mln. soʻm kredit ajratilishida amaliy yordam koʻrsatildi va hozirgi kunda korxonada 5 ta ish oʻrni yaratilgan va qoʻshimcha ish oʻrinlarini koʻpaytirish rejalashtirilgan.

Navoiy mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat koʻrsatayotgan “Tamara textil” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 10 ta ish oʻrni yaratilgan boʻlib, aholiga sifatli va arzon turdagi kiyim-kechak mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Bu borada soliq sohasidagi oʻzgarishlar, hozirgi kunda davlat tomonidan berilayotgan soliq imtiyozlari hamda ulardan foydalanish tartiblari toʻgʻrisida tushunchalar berilib, korxonaga amaliy yordamlar koʻrsatilib kelinmoqda.

Shuningdek, Yangiobod mahallasida faoliyat yuritayotgan "Xon Saroy Mehmonxonasi" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan restoran va mexmonxona xizmati yoʻlga qoʻyilib, aholiga sifatli xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda. Soliq organlari xodimlari tadbirkor bilan uchrashgan holda “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida tadbirkorning faoliyatida mavjud boʻlgan imtiyozlar, xususan, Prezidentning tegishli Qarori bilan umumiy ovqatlanish korxonalariga aylanmadan olinadigan soliq, foyda soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlarini 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan, teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi mavjudligi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Koʻrilayotgan barcha chora-tadbirlar tufayli tadbirkorlik subʼektlarining yanada barqaror faoliyat yuritishlariga zamin yaratilib, davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanish imkonini yaratilmoqda.

Behzod YOʻLDOShEV,  Amudaryo tumani Davlat soliq bosh inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019