16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:32
Siyosat 👁 275

MATBUOT ANJUMANI OʻTKAZILDI

MATBUOT ANJUMANI OʻTKAZILDI

27-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida “Yangi hududda yangi imkoniyatlar. Aholining iqtisodiy-ijtimoiy farovonligini taʼminlashga yoʻnaltirilayotgan istiqbolli loyihalar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda, tuman hokimining oʻrinbosari – investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev, tuman hokimligi bosh mutaxassisi Rashid Abdullayev, moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi bosh mutaxassisi Akbar Gulmurzayev, siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari rahbarlari, hokimlik masʼul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab Rashid Salayev Amudaryo tumanida investitsiya masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturi boʻyicha 79 ta, umumiy qiymati 458 mlrd. soʻmlik loyihalar amalga oshirilishi belgilangan. Shundan 2022-yilda qiymati 302 mlrd. soʻmlik 63 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, 2 ming 515 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzlanmoqda.

Shundan soʻng kun tartibidagi masala yuzasidan tuman moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi bosh mutaxassisi Akbar Gulmurzayevning hisoboti tinglandi.

Akbar Gulmurzayev tumanning asosiy oʻsish nuqtasiga aylangan xizmat koʻrsatish sohasida 2022-yil uchun belgilab olingan parametrlar haqida keng turda maʼlumotlar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra xizmat koʻrsatish yoʻnalishida umumiy qiymati salkam 54 mlrd.soʻm boʻlgan 49 ta xizmat koʻrsatish loyihalarining manzilli roʻyxati shakllantirildi hamda bundan tashqari qiymati 120 mlrd. soʻmlik 540 ta loyihalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyihalarni amalga oshirish hisobiga yil yakuniga qadar 2 ming 68 nafar ishsiz fuqarolarning xizmat koʻrsatish yoʻnalishida bandligini taʼminlash koʻzda tutilgan.

Shuningdek, mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilarining oʻz vazifalarini amalga oshirishda foydalanadigan moliyaviy instrumentlar haqida ham tushunchalar berildi. Anjumanda hokim yordamchilari mahallasiga ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirishi aytib oʻtildi. Ajratilayotgan mablablagʻlar mahalla infratuzilmasini yaxshilashga, tadbirkorlikni rivojlantirishga, aholi bandligini taʼminlashga yoʻnaltirilishi taʼkidlandi.

Anjuman yakunida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimligi mutasaddilariga murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldilar.

Amaldagi qonunchilikka koʻra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari, rahbarlarning, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslarning chiqishlari va bayonotlari, axborot xizmatlarining xabarlari, rasmiy veb-saytlarining materiallari va ommaviy axborot vositalarining materiallari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot manbalari sanaladi. Fuqarolar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni olish huquqiga egalar. Oʻtkazilgan matbuot anjumani ham fuqarolarni uman hokimligining faoliyati hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019