16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:34
Siyosat 👁 262

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAShINING 46-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAShINING 46-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

Mavzuga oid fotogalereya

9-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining 46-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida Kengash raisi, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, sud-huquq sohasi masʼullari, boʻlimlar, tijorat banklari rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Sessiya ishida dastlab tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari barpo etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahalliy byudjet daromadlarining qoʻshimcha manbalarini shakllantirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rashid Salayevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda tumanni ijtimoiy iqtisodiy-rivojlantirish boʻyicha 2021-yilda mumiy qiymati 58,1 mlrd. soʻmlik 35 ta loyihalar ishga tushirilganligi va 1 ming 904 ta yangi ish oʻrinlari yaratilganligini maʼlum qilindi. Shuningdek, yangidan ishga tushirilgan loyihalar haqida keng turda maʼlumot berib oʻtildi.

Shundan soʻng deputatlar tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitovning hisobotini tingladilar. Hisobotda DSI boshligʻi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yigʻish va mahalliy byudjetga tushumlarni oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Sessiya 2021-yil davomida jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori Javlonbek Muftullayevning axboroti tinglandi.

Axborota qayd etilganidek, tumanda amalga oshirilayotgan ishlarda asosiy eʼtibor muhtaram Prezidentimiz tomonidan prokuratura organlariga asosiy vazifa sifatida yuklatilgan jinoyatchilikning oldini olish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, sektorlar faoliyati, aholining turmush darajasini yaxshilash, ulardagi mavjud muammolarni oʻrganish, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” hamda “Har bir oila tadbirkor” kabi Davlat dasturlarning ijrosini nazorat qilishga qaratilgan.

Shuningdek sessiya ishida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudayberganovning tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning profilaktikasini tashkil etish boʻyicha 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotda tumandagi barcha hududlar boʻylab aniqlangan jinoyatlar, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar haqida keng turda maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shundan soʻng sessiyada tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish toʻgʻrisida axborot berdi. Tuman Xalq qabulxonasi mudiri deputatlarga 2022-yil yanvar oyida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar boʻyicha, mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash va kredit ajratilishida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi.

Shuningdek sessiyada Amudaryo tumanida 2021-yilda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining Amudaryo tumani inspektsiyasi rahbariyatining hisoboti ham tinglandi. Inspektsiya boshligʻining oʻrinbosari Gʻ.Iskandarov kun tartibidagi masala boʻyicha batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Bundan tashqari sessiya ishida Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 35-sonli maktabda direktorlik lavozimiga oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha nomzodga kelishim berish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi. Nomzod Baxram Palvanov kelgusi 3-yilda maktabda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan dasturini deputatlar eʼtiboriga havola qildi. Shundan soʻng ochiq ovoz berish yoʻli bilan nomzodga kelishim berish masalasi muhokamaga qoʻyildi.

Sessiya ishida Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019