16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:35
Siyosat 👁 309

NAVBATDAGI SIYoSIY-MAʼRIFAT SOATI BOʻLIB OʻTDI

NAVBATDAGI SIYoSIY-MAʼRIFAT SOATI BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida har haftaning juma kuni Respublikamizdagi barcha Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlariga onlayn tarzda ciyosiy-maʼrifat soati oʻtkazib kelinmoqda.

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida 11-fevral kuni hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, tumanimizda faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham navbatdagi siyosiy-maʼrifat soatida ishtirok etishdi.

Kun tartibida buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi islohotlari, shuningdek, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, mahallalarda ish oʻrinlari yaratish va oilalar daromadini koʻpaytirishning yangi tizimi haqida soʻz yuritilib hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berildi.

Siyosiy-maʼrifat soatida dastlab yurtimizda va xorijda roʻy berayotgan voqealar bilan tanishtirib oʻtildi.

Shundan soʻng Davlat boshqaruv akademiyasi professori Mansur Bekmuradovning Zahiriddin Muhammad Boburning davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi islohotlariga bagʻishlangan maʼruzasi tinglandi.

Maʼruzada Zahiriddan Muhammad Bobur dunyo tarixida oʻziga xos iz qoldirgan va buyuk imperiyalar tuza olgan 7 ta ulugʻ hukumdorlar qatoriga kirishi, Bobur imperiyasi 350-yildan ortiq vaqt davom etganligi bilan insoniyat tarixida eng uzoq hukum surgan davlat sifatida ajralib turishi qayd etildi.

Shuningdek, Boburning hind xalqini birlashtirish yoʻlidagi harakatlari, qarashlari va etiqodlari turlicha boʻlgan fuqarolar oʻrtasida tinchlikni saqlash va mustahkamlash, soliq boʻyicha oʻtkazgan islohatlari, harbiy yurishlari, bugungi kun rahbarlariga oʻrnak boʻla oluvchi fazilatlari haqida maʼlumot berildi.

Shundan soʻng mahallalarda ish oʻrinlarini yaratish va oilalar daromadini koʻpaytirishning yangi tizimi boʻyicha, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi interaktiv xizmatlarini rivojlantirish shoʻbasi mudiri Sherzod Atajanovning taqdimoti namoyish etildi.

Taqdimotda 2022-yil mobaynida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining ish bilan taʼminlanishi, hunarmandchilikni rivojlantirish dasturlari hamda hokim yordamchilarining mahallabay va xonadonbay ishlashda eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan jihatlar yoritib berildi.

Shuningdek, siyosiy-maʼrifat soatida Adliya vazirligi bosh mutaxassisi Dilmurod Rajapov tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida keng tarzda maʼlumotlar berildi.

Har hafta oʻtkaziladigan siyosiy-maʼrifat soatlarida tumanimizdagi rahbar xodimlar, tegishli tashkilot vakillari ham qatnashib haftaning eng dolzarb yangiliklari, yangi qabul qilingan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati bilan muntazam ravishda tanishib boradilar.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019