16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:47
Salomatlik 👁 590

QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh BOʻYIChA MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh BOʻYIChA MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

Quturish kasalligining oldini olish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan maxsus taktik-oʻquv mashqi tashkil etildi.

Joriy yilning 14-fevral kuni Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining tegishli qarori asosida Boʻz yop ovuli hududida oʻtkazilgan maxsus-taktik oʻquv mashqiga jami 74 ta shaxsiy tarkib va 10 ta texnika jalb qilindi. Hududda quturish kasalligi boʻyicha favqulodda vaziyat sodir boʻlganda tuman Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish davlat quyi tizimining hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda koʻrsatib berildi.

Maxsus taktik oʻquv mashqi 4 ta bosqichda oʻtkazildi. Birinchi bosqichda Boʻz yop ovul fuqarolar yigʻini binosi oldida tegishli Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tarkibidagi xizmatchilar, kerakli kuch-vositalarning shayligi koʻrikdan oʻtkazildi. Har bir xizmat tomonidan oʻz funktsional vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlarga aniqlik kiritib olindi.

Oʻquv mashq tadbirining ikkinchi bosqichida fuqarolar yigʻini binosining majlislar zalida koʻrgazmali oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Oʻquv-seminarda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish va fuqaro muhofazasi boʻlinmasi boshligʻi Bekzod Tajiboyev aholi oʻrtasida quturish kasalligining tarqalishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi, ularning oldini olish va bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining ahamiyati toʻgʻrisida maʼruza qildi.

Shundan soʻng, tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi epidemiolog-shifokori Gulshod Tajiboyeva Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida quturish kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi hamda bu borada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Seminar davomida tuman Tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimi shifokori Farhod Qoʻshmanovning “Quturish kasalligi patogenezi, klinikasi, davolash va profilaktika usullari” toʻgʻrisidagi, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Alisher Matkarimovning “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida quturish kasalligi boʻyicha mavjud epizootik vaziyat hamda uni oldini olish borasida olib borilayotgan epizootiyaga qarshi tadbirlar” toʻgʻrisidagi maʼruzalari ham tinglandi. Maʼruzachilar quturish kasalligi tarqalishining oldini olish borasidagi chora-tadbirlar haqida keng toʻxtalib, kerakli tavsiyalarni berib oʻtdilar.

Tadbirning uchinchi bosqichida quturish kasalligiga gumon qilingan bemor aniqlanganda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining harakatlari amaliy ravishda koʻrsatib berildi.

Amaliy tarzda odamlarning hayvonlardan jabrlangan vaqtda hududdagi davolash profilaktika muassasalariga murojaat qilgani, jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatilgani, yaʼni jarohatlangan joy 20 foizli kir sovun eritmasi bilan yaxshilab ishqalab zararsizlantirilishi va oqar suvda yaxshilab yuvilishi, jarohat quritilib, atrofiga 5 foizli yod surkalishi koʻrsatildi. Shartli jabrlanuvchi rabiolog shifokorga vaktsinatsiya uchun yuborildi. Unga zarar yetkazgan hayvonning toifasiga qarab, davolash maqsadida vaktsinatsiya qilindi. Shundan soʻng, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimiga shoshilinch xabar berilib, Veterinariya boʻlimi ham xabardor etildi.

Ushbu bosqichda Tibbiyot birlashmasida yuqumli kasalliklar shifokori kasallikka gumon qilingan fuqaroni qabul qilish, quturish kasalligiga xos belgilarini aniqlash, bemorga tegishli tibbiy muolajalar qilish, holat boʻyicha kerakli joylarni xabardor qilishga doir amalga oshirgan harakatlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining epidemiologi tomonidan ham bemor jabrlangan hududda epidemiologik anamnez yigʻildi va hududda epidemiologik, epizootologik surishtirish ishlari oʻtkazildi.

Undan tashqari, it ovlash brigadasi tomonidan hududdagi daydi itlar tutib ketildi, tibbiyot va veterinariya xodimlari xonadonlarda sanitariya-targʻibot ishlarini olib borishdi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari esa bemorga jabr keltirgan hayvonni va ushbu hududda saqlanayotgan boshqa uy hayvonlarini veterinar tekshiruvdan oʻtkazish, ularni 10 kunga nazoratga olish ishlarini bajarishdi.

Tartibga koʻra, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlarining bemorga jabr keltirgan hayvon tekshiruvdan oʻtkazishi, unga quturish kasalligi tashxisi qoʻyilganda Obodonlashtirish boshqarmasining qarovsiz hayvonlarni tutish brigadasi hayvonni ushlashi va nazorat joyiga yetkazishi amalda batafsil koʻrsatib berildi.

Maxsus taktik-oʻquv mashqi yakuni boʻyicha fuqarolar yigʻini binosi majlislar zalida oʻtkazilgan yigʻilishda ishtirokchilarning kamchiliklari koʻrsatilib, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmasligi kerakligi tushuntirildi hamda fikr-mulohazalar almashildi.

Boʻlib oʻtgan ushbu maxsus taktik-oʻquv mashqi natijasiga koʻra tuman Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining funktsional va hududiy quyi tizimi xizmatlari favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularni bartaraf etishga tayyor, deb baholandi.

B.Tajiboyev, tuman FVBning boʻlinma boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019