16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:48
Salomatlik 👁 165

Qishloq oilaviy poliklinikasi hududidagi 18 yoshdan yuqori aholining 90 foizi koronavirusga qarshi emlandi

Qishloq oilaviy poliklinikasi hududidagi 18 yoshdan yuqori aholining 90 foizi koronavirusga qarshi emlandi

Butun dunyo boʻylab tarqalgan koronavirus infektsiyasi hali ham chekinganicha yoʻq. Vaqt oʻtgan sayin ushbu koʻrinmas ofatning turli koʻrinishlari va shtammlari paydo boʻlmoqda. Yer yuzida koronavirus tufayli hayotdan koʻz yumganlar 1-jahon urishi qurbonlari sonidan ham ortiq ekanligi bizni yanada ogohlikka chorlaydi. Virus kirib kelgan kundan boshlab Oʻzbekistonning barcha hududlarida profilaktik ishlar amalga oshirilib, aholi salomatligini saqlash bosh maqsadga aylandi. Shu maqsadda Respublikamiz boʻylab koronavirusga qarshi vaktsinalar bilan aholining toʻliq emlanishi boʻyicha barcha sharoitlar yaratilib, nazoratga olindi.

Bugungi kunda koronavirus infektsiyasining oldini olish va aholining vaktsina bilan toʻliq emlanishini taʼminlash boʻyicha tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida, qator ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Amudaryo tumanining Oq oltin ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “3-qishloq” qishloq oilaviy poliklinikasida ham ovul hududida yashovchi fuqarolarni infektsiyaga qari emlash ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Hozirga qadar ovul hududida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan yuqori boʻlgan aholining 90 foizi vaktsinaning buster dozasi bilan emlandi. Qolgan 10 foiz aholini homilador ayollar, bolalar, va chaqaloqlar tashkil qiladi.

Maʼlumot uchun, Oq oltin ovul fuqarolar yigʻini hududida 8 ming 939 nafar aholi istiqomat qilib, shundan 18 yoshdan katta boʻlgan aholi 5 ming 713 nafarni tashkil qiladi.

Xalqaro darajadagi virusologlarning taʼkidlashicha, buster dozani olish uchun oldin qanday vaktsina bilan emlanganlikning ahamiyati yoʻq. Buster doza bilan emlanish “alfa”, “delta”, “omikron” shtammidan 100 foiz himoya qila oladi. Qolaversa, ushbu doza bilan emlanish natijasida antitanachalar dastlabki ikki dozaga nisbatan 25 baravarga oshadi. Biroq ortiqcha hotirjamlikka berilmaslik kerak, chunki “omikron” boshqa shtammlarga qaraganda anchagina yuqumli va qisqa muddatda aholining katta qismini zararlashi mumkin. Shu bois karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish, emlash tadbirlarida faol ishtirok etish har qachongidan-da muhim.

Ayni kunlarda mazkur qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari va hamshiralari fuqarolarga emlash tadbirlarida faol ishtirok etish, tozalikka rioya qilish boʻyicha tavsiyalar berib, emlanish nafaqat oʻz hayoti, balki yaqinlari hayoti uchun ham gʻoyatda muhim ekanini taʼkidlab kelmoqdalar.

Shu oʻrinda emlangan yurtdoshlarimizni ham koronavirus infektsiyasiga yana qayta chalinmaslik uchun vaktsinaning kuchaytiruvchi, yaʼni buster dozasini qabul qilishga chaqiramiz. Pandemiyadan butunlay halos boʻlishning yagona yoʻli – emlanish ekanligini unutmasligimiz lozim.

F. Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019