16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 20:53
Fan va taʼlim 👁 406

37-SONLI MAKTABDA GEOGRAFIYa FANI OYLIGI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

37-SONLI MAKTABDA GEOGRAFIYa FANI OYLIGI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Umumtaʼlim maktablarida mart – geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani oyligi doirasida turli tadbirlar oʻtkazilmoqda. Oʻquvchilarning geografiya va iqtisodiy bilim asoslari faniga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, egallagan bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu tadbirlar davomida ular faol ishtirok etib, bor bilimlarini namoyon etishmoqda.

Amudaryo tumanidagi 37-sonli maktabda fan oyligi munosabati bilan katta tadbir oʻtkazildi. Unga maktab oʻquvchi va oʻqituvchilari bilan birga faxriy oʻqituvchilar ham taklif etildi.

Tadbirni maktab direktori Murodjon Safarboyev ochib berdi hamda yurtimizda yosh avlodning komil insonlar, kelajak bunyodkorlari boʻlib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, maktabda yaratilgan sharoitlar, oʻquvchilar va oʻqituvchilar tomonidan qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, oylik doirasida oʻtkazilayotgan ochiq oʻquv mashgʻulotlari, geografik kechalar va boshqa tadbirlarning samarasi oʻquvchilar bilimlarida namoyon boʻlayotganini ifoda etdi.

Tadbirni maktabning geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani oʻqituvchisi Dilfuza Sapoqova olib bordi. U fan oyligi boshlanishida oʻquvchilarning bilimlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga moslik darajasini aniqlash maqsadida sinflar kesimida sinov testlari oʻtkazilganini, ular faol ishtirok etishganini aytib oʻtdi. Oʻquvchilarning mazkur fandan oʻzlashtirishi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalari monitoring qilingani, ochiq darslar va oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar yuqori baholanganini bayon etdi.

Taʼkidlash joizki, maktabda fan oyligi davomida oʻqituvchilar oʻzlarining pedagogik mahorati, metodik bilim, koʻnikma va malakalarini oshirib borishi taʼminlandi. Laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazildi hamda ularning natijasi tahlil qilib borildi. Oʻqitishda axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish yoʻllari, oʻquvchilar uchun tayyorlangan oʻquv topshiriqlari, didaktik va tarqatma materiallar tayyorlandi. maktab foyesida “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” fanlari oyligiga bagʻishlab maxsus stend jithozlandi, koʻrgazmalarga turli albomlar, bukletlar, uslubiy qoʻllanmalar qoʻyildi.

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslariga oid toʻgaraklar, fakultativ mashgʻulotlar, oʻqituvchilarning darsdan tashqari olib boradigan mashgʻulotlari kuzatildi va tajribalari boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarning taqdimoti oʻtkazildi. Maktabda oʻtkazilgan turli geografik va iqtisodiy bayram va kechalar bilan bogʻliq gazetalar chiqarish, unda shu fan boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, oʻquvchilarning oʻzlashtirishlari boʻyicha samaradorliklarini yoritib borish ishlari amalga oshirildi.

Shundan soʻng, maktabning 5-, 6-, 8-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etib, oʻzlarining fan boʻyicha egallagan bilimlarini, zukkoliklarini, topqirliklarini namoyish etdilar. Sahna koʻrinishlarini ijro etib, mahoratlarini koʻrsatdilar.

Fan oyligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir barchaga manzur boʻldi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019