16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 320

TOMORQA YeRLARDAN SAMARALI FOYDALANIShGA OID SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

TOMORQA YeRLARDAN SAMARALI FOYDALANIShGA OID SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Mamlakatimiz aholisining koʻpchilik qismi qishloq joylarda istiqomat qilgani bois, ularning turmush farovonligi qishloq xoʻjaligi tarmogʻi bilan bogʻliq. Bugungi kunda agrar tizim aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchigina emas, balki yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlashda ham muhim sohaga aylandi. Shu boisdan ham qishloq joylarda aholiga ekin maydonlarini ajratish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shunisi eʼtiborliki, Amudaryo tumani boʻyicha hududlarda aholi tomorqa yerlarini shudgorlash, zarur urugʻlik va koʻchat yetkazib berish, xonadonlarga ixcham issiqxona qurib berish, shuningdek oilalarda  daromad manbalarini koʻpaytirish maqsadida echki, qoʻy, parranda, asalari uyalari, quyon yetkazib berish kabi xizmatlarni amalga oshiradigan 12 ta “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Tomorqa yer egalariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida toʻqsonbosti usulida ekinlarni ekish yuzasidan shu kungacha ovul va mahallalarda 41 ta seminarlar tashkil etilib, ularda 1500 nafardan ortiq usta dehqonlar, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, tomorqa yer egalari ishtirok  etdilar. Buningdek saʼy-harakatlar natijasida hududiy dasturga asosan aholi tomorqalariga ekilishi belgilangan 1484 gektar oʻringa 1632 gektar tomorqa yerlarga toʻqsonbosti usulida ekinlar ekilgan.

26-mart kuni Qilichboy ovulidagi namunali tomorqa yer egalaridan biri,  “Mehnatkash dehqon” koʻkrak nishoni sohibi Baxtiyor Mangliyev xonadonida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi boʻlim boshligʻi Umirzoq Rahmatov ishtirokida tomorqachilik tajribalarini ommalashtirish, Baxtiyor  Mangliyev ish uslubini barcha mahallalar ovullardagi aholi tomorqalarida yoʻlga qoʻyish maqsadida seminar oʻtkazildi.

Tadbirga sektor rahbari, qishloq xoʻjaligi masʼullari, ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, tomorqa yer egalari ishtirok etdilar. Yigʻilganlarga Oʻzbekiston  fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi boʻlim boshligʻi Umrzoq Rahmatov, tuman  fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonovlar tomorqadan unumli foydalanish yuzasidan maʼruza qildilar. Keyin Baxtiyor Mangliyevning 4 sotixlik issiqxonasi koʻzdan kechirildi va barcha bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi, erishilayotgan natijalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Baxtiyor Mangliyev issiqxonada dehqonchilik qilish boʻyicha ulkan tajriba toʻplagan tomorqachidir. Oʻtgan yilning kuzida u 4 sotixlik issiqxonasining 2 sotix joyiga piyoz, 1 sotix joyiga rediska, 1 sotixiga turli koʻkatlar ekkan edi. Oila aʼzolari bilan hamjihatlikda ekinlarni yaxshi parvarish qilgani bois, qish boʻyi bozorga koʻkatlar, koʻk piyoz sotib, yozdagiday daromad olib keldi. Hozirgi kunda rediskalari ham sotishga yarab qoldi va kundalik daromadi yana ham koʻpaydi. Natijada oila farovon, dasturxoni toʻkin. Demak, astoydil mehnat qilinsa, yaxshi ishlab, yaxshi yashashga ishtiyoq boʻlsa, 4 sotixgina yer ham ulkan daromad manbai boʻlar ekan.

Albatta, buningdek tajribalarni ommalashtirish tumanimizda tomorqa yerlardan samarali foydalanish, qishloq aholisining bandligini taʼminlash va  doimiy daromadga ega boʻlishlariga erishishda, kambagʻallikni qisqartirishda kelgusida oʻzining ijobiy natijalarini beradi.

Hozirgi davrda tumanimizda 39 ming 406 nafar tomorqa yer egalari ixtiyorida  6652 gektar ekin maydoni mavjud. Bu maydonlardan samarali foydalanilishiga erishish maqsadida tajribali tomorqachilar Oq oltin ovulidan Yangiboy Qurbonboyev, Bobur ovulidan Abdurahmon Matsapoyev, Choykoʻl ovulidan Mahmudjon Norboyev, Qoramon mahallasidan Otaxon Oʻtamurodovlarning yil davomida tomorqadan daromad olish tajribalari yuzasidan targʻibotlar olib borilmoqda. Baxtiyor Mangliyev xonadonida oʻtkazilgan seminar ham aynan tomorqadan yil davomida mahsulot yetishtirish va daromad olishni ommalashtirishga xizmat qiladi.

Seminar barcha ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi. Masʼullar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019