16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:51
Sport 👁 268

“YoSh ChEGARAChI” MUSOBAQASINING TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

“YoSh ChEGARAChI” MUSOBAQASINING TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

Tinch-osoyishta hayot tarzi biz bilan bir davrda yashayotgan necha-necha millionlab insonlarning orzusi, desak adashmaymiz. Toʻyib ovqat yeyishga imkoni yoʻq, yupun, boshpanasiz odamlar, yomgʻirday yogʻilayotgan oʻqlardan, portlashlardan dahshat ichida yashayotganlar, biror kuni osoyishta kechmayotganlar juda koʻp. Shularni oʻylaganimizda  barcha yurtdoshlarimiz oʻz oilasi bagʻrida emin-erkin, baxtiyor, farovon yashayotganidan, oilalar obodligi zamirida yurtimiz obodligi, tinch-osoyishtaligidan koʻngilimiz togʻday koʻtariladi, ertagi kunga ishonchimiz yanada mustahkamlanadi. Shu barobarida chor-atrofga teran nazar tashlash, hushyor va ogoh boʻlish lozimligini anglaymiz. Dunyoni qaysiki, burchagida urush-nizolar, buzgʻunchiliklar, yovuz niyatli kuchlar mavjud ekan, ulardan shu aziz Vatanimizni koʻz qorachigʻiday asrash, himoya qilish masʼuliyati zimmamizda boʻladi.

Buning uchun millati, tilidan qatʼiy nazar, oʻsib kelayotgan yosh avlod koʻngliga vatanparvarlik tuygʻularini singdirish, ularni shu aziz Vatanimizning koriga yaraydigan, himoya qila oladigan haqiqiy mard, jasur qilib voyaga yetkazish muhim vazifa. Shu maqsadda tuman xalq taʼlimi boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, tuman Tibbiyot birlashmasi va Mudofaa boʻlimi hamkorlikda koʻpgina saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Yaqinda ushbu tashkilotlar tumanimizdagi davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli 92-02 harbiy qism xizmatchilari bilan birgalikda yoshlar qalbida ona yurtiga muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlash, ularni chegara xizmatiga qiziqishlarini kuchaytirish, chegara qoʻshinlarining shonli va jangovar anʼanalarining davomchilari etib tarbiyalash maqsadida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Yosh chegarachi” musobaqasining tuman bosqichini oʻtkazdi.

Musobaqada Amudaryo tumanidagi maktablarda taʼlim olayotgan oʻquvchilardan  tuzilgan 5 ta jamoa ishtirok  etdi. Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanida milliy Armiyamiz haqida, Vatanimiz mudofaa qudrati haqida bilimlarga ega boʻlgan yoshlar shu kuni oʻzaro kuch minashdilar.

Aytish kerakki, jamoalarning barchasi harbiy bilimlarni puxta egallagan, qurol-aslahalarni boʻlaklarga ajratish va yigʻish koʻnikmalariga ega, yurtimiz sarhadlarini qoʻriqlashni oʻzlarining  burchi deb hisoblaydigan vatanparvar yigitlardan tashkil topgan. Bu jamoalar ushbu  musobaqaning maktablararo va hududiy bosqichlarida gʻolib boʻlib, tuman bosqichida qatnashish imkonini qoʻlga kiritishgan edi.

30-mart kuni boʻlib oʻtgan “Yosh chegarachilar” musobaqasida ishtirokchilar oʻzlarining jamoasi taqdimoti, safda toʻgʻri yurish, belgilangan masofaga yugurish, jangovar qurollarni qismlarga ajratish kabi shartlar boʻyicha bellashdilar.

Qolaversa, ishtirokchilar yaralangan safdoshiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ham bellashib, oʻzlarining epchil, chaqqon va boshlangʻich harbiy bilimga ega ekanliklarini namoyish etdilar.

Ularning tanlov shartlarini qanday bajarganliklari hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi.

Natijalarga koʻra, 6-sonli maktabning “Burgutlar” jamoasi birinchi, 45-sonli maktabning “Lochin” jamoasi ikkinchi, 48-sonli maktabning “Milliy gvardiya” jamoasi esa uchinchi oʻrinlarni egalladi.

Musobaqa yakunida gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019