16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:32
Qishloq xoʻjaligi 👁 321

Tumanimizda chigit ekish ishlari boshlab yuborildi

Tumanimizda chigit ekish ishlari boshlab yuborildi

Ayni kunlarda yurtimiz bobodehqonlari quyosh nurlarining tafti zamin uzra taralayotgan iliq kunlarda, yerning tobida yetilganidan foydalanib, daladagi ishlarini hamjihatlikda, tezkorlik bilan olib borishmoqda.

Yerdan moʻl va sifatli hosil yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, maromiga yetkazib bajarish, mavjud resurslar, mineral va mahalliy oʻgʻitlar hamda suvdan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, aprel oyi paxtakorlarimiz uchun chigit ekish va toʻliq koʻchat olishdek masʼuliyatli tadbirlari bilan gʻanimat davr sanaladi. Shu maqsadda ayni kunlarda barcha fermer xoʻjaliklari bahorning iliq kunlaridan unumli foydalangan holda ekish ishlariga kirishmoqdalar.

Bu borada oldinda turgan muhim vazifalar va joriy qishloq xoʻjaligi yilining oʻziga xos jihatlari haqida dehqon va fermerlarga tushunchalar berish maqsadida 1-aprel kuni Amudaryo tumanida koʻrgazmali seminar tashkil qilindi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi raisining 1-oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazilar Kengashi Raisining oʻrinbosari Daryabay Qaypov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Farhod Allamberganov, shuningdek, sohaga aloqador vazirlik va muassasalar masʼullari ishtirok etdi.

Mehmonlar tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektor rahbarlari hamda qishloq xoʻjaligi masʼullari hamrohligida tumanimizning Tosh yop ovuli hududida joylashgan “Bekman Allaberganov” fermer xoʻjaligida boʻlib, chigit ekish boʻyicha koʻrgazmali seminarda qatnashishdi.

Seminar avvalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev chigit ekish ishlarini qisqa muddatlarda va uyushqoqlik bilan yakunlash, chigitni maqbul muddatlarda, tez va sifatli ekib, tekis nihol olishga erishish – moʻl hosil yetishtirishning garovi ekanini taʼkidlab oʻtdi.

Darhaqiqat, chigit belgilangan muddatlarda ekilsa, ertagi, bir tekis va sogʻlom koʻchat olinadi. Bunga urugʻ yumshoq, nam va harorati yetarli boʻlgan tuproqqa qadalgan paytdagina erishiladi.

Shuningdek, seminar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining 1-oʻrinbosari Shuhrat Teshayev tomonidan qishloq xoʻjaligi mutaxassislariga chigit ekishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan muhim jihatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Mutaxassislar chigit ekish ishlarini qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash, ekin moslamalarini rostlash, yerni ekishga tayyorlash kabi muhim masalalar boʻyicha zarur tavsiyalar berdilar.

Maʼlumot uchun aytib oʻtish kerakki, tumanda 2022-yil paxta hosili uchun 352 ta fermer xoʻjaliklarining 13 ming 900 gektar maydoniga chigit ekiladi. Urugʻlik chigitlari fermer xoʻjaliklarga 16 ta chigit tarqatish shaxobchalari tomonidan yetkazib beriladi. Tuman boʻyicha chigit ekish uchun 37 mlrd 421 mln. soʻmlik moddiy resurslar zarur boʻlib, bu xarajatlar toʻliq moliyalashtirilgan.

Seminarning nazariy qismi yakunlangach, mehmonlar va nuroniy otaxonlar ishtirokida “Bekman Allaberganov” fermer xoʻjaligining dalasiga chigit sochildi. Dalada chigit ekish amaliyoti namoyish qilinib, bu borada muhim tavsiyalar berildi.

Ushbu fermer xoʻjaligining umumiy yer maydoni 139,4 gektar boʻlib shundan 61 gektariga chigitning “Sulton” navi ekiladi. Joriy yilning kuzida ushbu fermer xoʻjaligi rahbariyati 214 tonna paxta hom-ashyosini yetishtirishni maqsad qilgan.

Seminar davomida soʻzga chiqqanlar gʻoʻza navlari olimlar belgilab bergan agrotexnik talablar darajasida ekilib, parvarishlansa hamda maʼdanli va mahalliy oʻgʻitlar bilan oʻz vaqtida oziqlantirib borilsa, albatta kutilgan natijalarga erishilishini taʼkidladi.

Aytish joizki, paxtadan yuksak xirmon bunyod etish orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi bilan birga, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy ahvoli yaxshilanishiga va ishchilarning moddiy manfaatdorligi oshishiga zamin yaratiladi.

Tuman hokimligning Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019