16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 20:56
Fan va taʼlim 👁 289

83-sonli maktabda tuman hokimligi va DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism hamkorligida tadbirlar oʻtkazildi

83-sonli maktabda tuman hokimligi va DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism hamkorligida tadbirlar oʻtkazildi

Mamlakatimizda Yangi Oʻzbekiston kelajagi boʻlgan yoshlar bilan ishlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda ularning ehtiyojlari va manfaatlari yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami kengayib, eʼtibor yanada kuchaydi. Bu borada Prezidentimizning «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi» Qarori dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur Qarorda koʻrsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, taʼlim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida joylardagi kabi tumanimizda ham tegishli tashkilotlar hamkorligida turli tadbirlar oʻtkazilmoqda. Barcha hududlarda oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar natijasida yoshlarning ijtimoiy jarayonlardagi faolligi yanada ortmoqda.

Shu yil 1-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 83-sonli maktabda tuman hokimligi va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism hamkorligida rassomchilik va diktantlar tanlovlari, sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbirlarda Qilichboy ovuli va Ayoqchi mahallasi  hududidagi maktablar oʻquvchilari ishtirok etib, oʻzaro kuch sinashdilar.

Oʻquvchilar dastlab, “Vatan yoshlar nigohi ostida” mavzusida oʻtkazilgan rasmlar tanlovida ishtirok etib, tasavvuridagi Vatan manzaralarini qogʻozlarga koʻchirib, turli ranglarda ifoda etdilar. Oʻzbekistonning goʻzal tabiati va hayvonot olami, soʻlim goʻshalari va obod shaharlari rang-barang boʻyoqlarda aks ettirildi. Biri-biridan chiroyli boʻlgan suratlarga hakamlar tomonidan yuqori baho berildi va gʻoliblar aniqlab olindi. Rasmlar tanlovda Salomat Tursunboyeva 1-oʻrin, Ilyosbek Normatov 2-oʻrin, Maftuna Hayitboyeva 3-oʻrin gʻolibi deb topildi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar “Yoshlar yangi Oʻzbekiston bunyodkori” mavzusidagi diktantlar tanlovida ishtirok etdilar. Yoshlarning savodxonlik darajasini aniqlash hamda ular qalbidagi yurt kelajagiga daxldorlik hissini yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazilgan ushbu tanlovda ham gʻolib oʻquvchilar saralab olindi. Diktantlar tanlovida 1-oʻrinni Sevinch Rustamova, 2-oʻrinni Ozoda Rajabboyeva, 3-oʻrinni Mahliyo Hasanovalar egallashdi.

Tadbirlar sport musobaqalari bilan davom ettirildi. Oʻquvchilar sportning voleybol, shaxmat-shashka, stol tennisi, qoʻl jangi turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar va epchilliklari, chaqqonliklari, abjirliklarini koʻrsatdilar.

Voleybol boʻyicha qizgʻin oʻtgan musobaqalarda 3 ta maktabning oʻquvchilari jamoalari ishtirok etdilar. Oʻyinda mahoratini koʻrsatib, koʻp ochko olishga erishgan 15-sonli maktab oʻquvchilari jamoasi 1-oʻrinni egallashdi. Shuningdek, 69-sonli maktab oʻquvchilari jamoasi 2-oʻrin gʻolibi deb topildi. 3-oʻringa esa 83-sonli maktab oʻquvchilari jamoasi munosib koʻrildi.

Shaxmat-shashka musobaqalarida Asadbek Shomurodov 1-oʻrin, Zafarbek Shuhratov 2-oʻrin, Zuhra Oʻrinboyeva 3-oʻrin gʻolibi boʻldilar. Qoʻl jangi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda ham sportchi-yoshlar bir-biridan qolishmaslikka harakat qildilar. Musobaqa yakunida Lobar Jumaboyeva 1-oʻrin, Zulxumor Hayitboyeva 2-oʻrin, Elbek Nurillayev 3-oʻrin gʻoliblari deb eʼlon qilindi.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar harbiylarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar ham oldilar. Harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini bayon qilib, kelgusida Vatanga munosib, jamiyatga nafi tegadigan kasb egalari boʻlib yetishish yoʻlidagi orzu-istaklari toʻgʻrisida suhbatlashdilar.

Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan ushbu keng koʻlamli tadbir barchaga manzur boʻldi.

Otabek Mahmudov, tumandagi DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019