16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:44
Sport 👁 346

AMUDARYoDA OʻTKAZILGAN BOKS BOʻYIChA OChIQ TURNIR GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

AMUDARYoDA OʻTKAZILGAN BOKS BOʻYIChA OChIQ TURNIR GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

Har yili yurtimizda 9-aprel sanasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan hududlarda turli tadbirlar, sport musobaqalari, uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Amudaryo tumanida ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bagʻishlab, Respublika Boks federatsiyasining sovrini uchun ochiq turnirga start berilgan edi. Shu yil 31-martidan 3-aprelgacha davom etgan bellashuvlarda 2005-2006, 2009-2010-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻzaro kuch sinashib, oʻz mahoratlarini koʻrsatishdi.

3-aprel kuni ochiq turnir gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Marosimda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tajimurodov, turizm va sport boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Qurbonboyev, boks federatsiyasi birinchi oʻrinbosari Jasur Nurimbetov, ijrochi direktori Murad Kuanboyev hamda boshqa masʼullar ishtirok etdilar.

Katta boks bayramiga aylanib ketgan marosimda soʻzga chiqqanlar musobaqalar doʻstona ruhda oʻtganligini taʼkidlab, yoshlar orasidan mahoratli, isteʼdodli sportchilar yetishib chiqayotganligi, buning uchun yurtimizning barcha hududlaridagi sport maskanlarida yetarli sharoitlar yaratilganligi va boshqalar toʻgʻrisida keng toʻxtaldilar. Shuningdek, boʻlib oʻtgan musobaqalarda ishtirok etgan yosh sportchilar kuch-gʻayrati, shijoatini, gʻalabaga boʻlgan ishonchini namoyon etishganini eʼtirof etdilar.

Taʼkidlanganidek, tumandagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining Chordara mahallasida joylashgan bazasi yonidagi mini futbol maydonchasida oʻrnatilgan ringda Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlari, Xorazm viloyatining Urganch shahri iqtidorli va kuchli bokschilari ishtirok etdilar. Shuningdek, tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabidagi boks toʻgaraklarida shugʻullanayotgan yosh sportchilar ham boks musobaqalarida qatnashib, oʻz mahoratlarini koʻrsatdilar.

Ochiq turnir bellashuvlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlaridan va Xorazm viloyatining Urganch shahridan jami 155 nafar yosh bokschilar 23 ta vazn toifasida ishtirok etdilar. Musobaqaning yakuniy bosqichi yaʼni, final janglaridan soʻng, hakamlar hayʼati tomonidan gʻoliblar aniqlandi.

Bellashuvlarda kuch sinashgan amudaryolik yosh charm qoʻlqop ustalari ham oʻz vazn toifalari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritishga musharraf boʻldilar. Ulardan Ogʻabek Karimboyev 37 kg. vazn toifasida, Aziz Nurimov 46 kg. vazn, Bahriddin Qurbiyazov 58 kg. vazn, Javlonbek Jumamurodov 54 kg. vazn, Umid Davletov 57 kg. vazn, Baxt Soburov 60 kg. vazn, Bunyod Ilhomov 63,5 kg. vazn, Komron Qoʻshmonov 67 kg. vazn toifalarida 1-oʻrin gʻoliblari boʻldilar.

Taqdirlash marosimida ochiq turnir gʻoliblari medallar, faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, yosh sportchilar Javlonbek Jumamurodovga “Eng yaxshi jangi uchun” nominatsiyasi, Bunyod Ilhomovga “Eng yaxshi bokschi” nominatsiyasi berilib, velosiped sovgʻa qilindi. Muobaqalarda oʻz mahoratini koʻrsatgan yosh bokschi Baxt Soburovga esa “Eng yaxshi texnikasi uchun” nominatsiyasi va ragʻbatlantiruvchi sovgʻa berildi.

Qiziqarli oʻtgan ochiq turnir musobaqalari barcha sportchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

 O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019