16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:44
Sport 👁 404

TUMANIMIZDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI RAISI KUBOGI UChUN FUTBOL, MINI FUTBOL BOʻYIChA MUSOBAQALARGA START BERILDI

TUMANIMIZDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI RAISI KUBOGI UChUN FUTBOL, MINI FUTBOL BOʻYIChA MUSOBAQALARGA START BERILDI

Sport qadimdan odamlarni birdamlikka, hamkorlikka va tinch-totuvlikka chorlovchi muhim vosita boʻlib kelgan.

Sport kishini jismonan chiniqtiribgina qolmay, maʼnaviy dunyosini boyitishga, oʻz yurti sharafini munosib himoya qilishga oʻrgatadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda sportning ommaviyligiga erishish, aholi qatlamlari orasida turli musobaqalar oʻtkazib, iqtidorlilarni ragʻbatlantirib borishga eʼtibor kuchaymoqda.

Mamlakatimizning qishloq va mahallalarida yashovchi uyushmagan yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularning oʻz qobiliyatlarini namoyish etishlariga sharoit yaratish va koʻnglida vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun sportning futbol va mini futbol turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda.

Ushbu musobaqaning Amudaryo tumani saralash bosqichi boshlanishi bayram tusini oldi. Shu yilning 5-aprel kuni Mangʻit shahrining Chordara mahallasidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasida boʻlib oʻtgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, sektorlar rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlimi boshligʻi Sultanmurat Jolimbetov, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, turizm va sport boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Qurbonboyev, tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tajimurodov hamda yosh sportchilar qatnashdilar.

Bayramona bezatilgan sunʼiy qoplamali maydonchada saf tortgan sportning futbol, mini futbol turlari bilan shugʻullanayotgan mahallalar yoshlarini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev qizgʻin muborakbod etdi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun boshlanayotgan ushbu nufuzli bellashuvda barcha jamoalarni muvaffaqiyatli ishtirok etishga va gʻolib boʻlishga chaqirdi.

Qayd etish lozimki ushbu musobaqaning ilk bosqichida tumanimizdagi 49 ta mahallalarning har biridan bittadan, jami 49 ta jamoalar ishtirok etadi.

Tadbirda ishtirok etgan Davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlimi boshligʻi, tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodovlar sport maktab hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimlari, tuman hokimligi Turizm va sport boʻlimi hamkorligida tashkillashtirilayotgan ushbu musobaqa 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan futbol ishqibozlari jamlangan barcha jamoalar uchun unutilmas voqea boʻlib qolishini taʼkidladilar.

Tadbirda musobaqaning ilk bosqichida qaysi jamoa kim bilan gʻoliblik uchun toʻp surishini aniqlash uchun qurʼa tashlandi. Futbol, mini futbol ishqibozlari jamoalari uch bosqichda – tuman saralash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha saralash va final musobaqalarida oʻzaro kuch sinashadilar.

Soʻnggi yillarda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan ushbu musobaqa minglab yoshlarni qamrab olmoqda va tobora nufuzi ortib bormoqda.

Musobaqaning avgust oyida boʻlib oʻtadigan final bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan oʻz hududlarida gʻolib boʻlgan 14 ta jamoalar bellashadi. Gʻolib jamoaga oʻzlari istiqomat qiluvchi hududda mini futbol maydonchasi, 2-, 3-oʻrinlar egalariga esa “Workout” trenajyor maydonchalari qurib beriladi. Tumanimiz yoshlariga bellashuvlarda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019