16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 20:55
Fan va taʼlim 👁 278

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA UChRAShUV OʻTKAZILDI

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA UChRAShUV OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Hayotimizda badiiy adabiyotning oʻrni, taʼsiri va ahamiyatini yanada oshirish, adabiyot, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qoʻshishda havaskor shoirlar va havaskor yozuvchilar, ijodkorlar, sanʼatkorlar, badiiy va amaliy ustalarini qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Zero, ularning ijobiy salohiyatlarini roʻyobga chiqarish va jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashga hissa qoʻshishi uchun barcha qulay sharoitlar bor.

Amudaryo tumani yoshlarining ijodiy mahsullari tumanda faoliyat koʻrsatayotgan “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilova nashri “Mening oilam” gazetalari sahifalarida muntazam yoritib borilmoqda.

Amudaryo televideniyesi orqali turli koʻrsatuvlar tayyorlanib, yosh ijodkorlarning chiqishlari orqali ular elga tanilmoqda. “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi yonida tashkil etilgan nashriyotda tumanimiz ijodkorlarining kitoblari chop etilmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, yoshlar orasida kitobxonlik tanlovlari oʻtkazilib ularning gʻoliblariga avtomashinalar sovgʻa qilinishi bilan ragʻbatlantirilishi, maktab bitiruvchilarining har biri kamida bitta milliy musiqa asbobini chala bilishi kerak degan tashabbuslar ham aynan yoshlar koʻnglida maʼnaviyatni rivojlantirishga qaratilgan.

Tumanimizda faoliyat olib borayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsadi ham yoshlar orasida maʼnaviyatni rivojlantirish yoʻnalishiga qaratilgan.

Tashkilot tomonidan hozirgi kunda “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasining kalendar rejasi boʻyicha maktablarda, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida, korxona-tashkilotlarda adabiy uchrashuvlar, tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Olib borilayotgan targʻibot ishlariga yozuvchi va shoirlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, shifokorlar, imomlar, mahallalarning faol yoshlari jalb qilingan.

Tashkilot tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni kitobxonlikka jalb qilish orqali giyohvandlik, axloqsizlik va boshqa taʼsirlardan himoya qilish” mavzusidagi uchrashuv tumandagi 26-sonli maktabda oʻtkazildi. Uchrashuvda tashkilot raisi Oʻrozali Reyimov grant loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar hamda ulardan kutilayotgan natijalar haqida gapirib berdi.

Maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Hamida Ortiqova maktabda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, ijodiy jarayonlar bilan tanishtirdi.

Maktabning 8-sinf oʻquvchilaridan Sevinch Eshmurodova, Dilora Karimboyeva, 9-sinf oʻquvchilaridan Shahzoda Ergasheva, Venera Qosimovalar oʻz ijodlaridan sheʼrlar oʻqib berdilar.

Uchrashuv soʻngida maktabdagi ijodiy jarayonni yanada jonlantirishga, adabiy-badiiy toʻgaraklar ishini yanada yaxshilashga kelishib olindi.

Oʻrozali Reimov, "Jayxun ilhomlari" NNT raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019