16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Siyosat 👁 320

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 48-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 48-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Mavzuga oid fotoreportaj

2022-yil 13-aprel kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 48-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishini tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi.

Sessiya kotibligiga 30-“Nazarxan” saylov okrugidan deputat Guljahon Ibragimova saylandi.

Sessiyada dastlab Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar hududlarida 2022-yilda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha “Yoʻl xaritalari”ning 1-chorakdagi ijrosi toʻgʻrisida sektorlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashev kun tartibidagi masala yuzasidan axborot berib, 49 ming 907 fuqaro istiqomat qiluvchi 1-sektor hududida joriy yilda 270,5 mlrd. soʻmlik 25 ta investitsiya loyihalar amalga oshirilishi va 2 160 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilganini taʼkidladi. Bugungi kun holatiga 2,6 mlrd. soʻmlik 3 ta investitsiya loyihalar amalga oshirildi. Buning natijasida 25 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Tuman prokurori, 2-sektor rahbari Aziz Roʻzmetovning hisobotida keltirilishicha, joriy yilning birinchi choragida sektor hududidagi aholi turmush darajasini yanada yaxshilash boʻyicha qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, sektor hududida vaqtincha ishsiz boʻlgan ayollar va yoshlarning 134 nafari doimiy ishga joylashtirilgan. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan 7 nafar ishsiz fuqaroga davlat roʻyxatidan oʻtish uchun subsidiyalar ajratilib, ishlash istagini bildirgan vaqtincha ishsiz 59 nafar fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilingan. 13 nafar ishsiz fuqarolar esa mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasbga oʻqitish, xorijdan qaytgan 92 nafar mehnat migrantlarining bandiligi taʼminlash choralari koʻrilgan.

Ushbu masala yuzasidan 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovning xisobotida taʼkidlanganidek, sektor hududida hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda ish olib borilib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga har tamonlama yordamlar koʻrsatilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 30 nafar fuqaro reablitatsiya texnik vositalari va nogironlik aravachalari bilan taʼminlangan.

4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitovning kun tartibidagi masala bzasidan hisobotida joriy yilning dastlabki uch oyi davomida sektor hududidagi Namuna va Chordara mahallalariga yangi transformatorlar oʻrnatilgani, Beruniy va Boʻston mahallalari hududlarida yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari barpo etilgani va aholi uchun boshqa koʻplab qulayliklar yaratilgani qayd etildi.

Sessiya ishida sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajapovning axboroti tinglandi.

Axborotda mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholining hal qilingan va eʼtibordan chetda qoldirilgan murojaatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng, tuman Adliya boʻlimining 2022-yil 1-choragi yakuni boʻyicha ish faoliyati yuzasidan boʻlim boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupovning axboroti tinglandi. Qayd etilganidek boʻlimga 2022-yilning 1-choragi davomida jami 62 ta ariza va shikoyat kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 21 tasi ariza, 41 tasi shikoyat shaklida boʻlgan. Qonunbuzilish holatlarini oʻrganish natijasida idora va tashkilotlarga jami 20 ta taqdimnomalar kiritilib, 10 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Sessiyada 2022-yilning dastlabki uch oyi davomida tumanda sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi Muxtor Raxmatullayevning hisoboti tinglandi.

Unga koʻra, kriminogen vaziyat boʻyicha “Qizil”, “Sariq” va “Yashil” toifadagi mahallalarda profilaktik ishlar amalga oshirilib, huquqbuzarlik holatlari oʻtgan yilgiga qaraganda sezilarli darajada kamayishiga erishilgan. Hisobotda bu borada kelgusida amalga oshiriladigan ishlar xususida ham batafsil maʼlumotlar berildi.

Sessiya kun tartibida ayol-qizlarnig ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Rashid Salayevning hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismailovning hisoboti tinglandi. Axborotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-apreldagi “Xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda “Milliy dastur” loyihasi taqdimotiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida beglilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Tumandagi barcha maktablar hamda Xalq taʼlimi boʻlimining bu boradagi rejalarini oʻz ichiga olgan “Yoʻl xaritasi” deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibidagi Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli maktablarda boʻshab qolgan direktorlik lavozimlariga oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha nomzodlarga kelishim toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga
Sherzod Bobojonov, 15-sonli maktab direktori lavozimiga Jasorat Artiqov, 61-sonli maktab direktori lavozimiga Hakimjan Davletyarov, 77-sonli maktab direktorii lavozimiga Shavkat Toʻrayevlar nomzod sifatida koʻrsatilgan.

 Nomzodlarning kelgusi 3-yilga moʻljallangan dasturlari tinglanib, ochiq ovoz berish jarayoni orqali Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining nomzodlarga kelishim berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

Shuningdek, sessiya ishida Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhoka qilinib, ular yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019