16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 253

Tomorqa − yuqori daromad manbai

Tomorqa − yuqori daromad manbai

Bugungi kunda tomorqa qishloq aholisining asosiy daromad manbaiga aylanib bormoqda. Aslida ham, tomorqa – rizq-roʻz, qoʻshimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni taʼminlashning samarali usulidir. Mehnatga ishtiyoq, havas boʻlsa, inson nafaqat oʻz hayotini balki oila aʼzolarini turmushini ham farovon qila oladi. Buni yaxshi anglagan Amudaryo tumani aholisining asosiy qismi oʻz tomorqalarida issiqxonalar tashkil qilib, yaxshigina daromad manbaiga ega boʻlishmoqda.

Oʻz tomorqalaridan unumli foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatlashish hamda zaruriy tavsiyalar berish maqsadida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining Amudaryo tumaniga biriktirilgan vakili Umrzoq Rahmatov masʼullar bilan birgalikda Qoramon mahallasida uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil  1-aprel sanasida imzolangan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati xaqida keng tushunchalar berib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, 18 yoshga toʻlgan, muomalaga layoqatli boʻlgan, oʻziga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara huquqi asosida berilgan Oʻzbekiston fuqarosi yoki Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxs dehqon xoʻjaligi boshligʻi boʻlishi mumkin.

Shuningdek, qonun bilan belgilanganidek, dehqon xoʻjaliklaridan davlat boji va yigʻim undirilmaydi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun 6 sotixdan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamda yer uchastkalari beriladi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning asosiy ekindan boʻshagan qismi 6 sotixdan 10 gektargacha boʻlgan oʻlchamda bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin. Berilgan yer uchastkasidan faqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

Masʼullar mahallaning faol aʼzosi, oʻz tomorqasida bir necha yillardan buyon issiqxona tashkil qilib, yuqori daromad manbaiga ega boʻlib kelayotgan Yangiboy Sultonovning xonadonida boʻlishdi. Mehmonlar Yangiboy Sultonovning issiqxonasida pomidor va bodringning bir necha xil navlari, bulgʻor qalampiri va ertagi tarvuz nihollari barq urib rivojlanayotganligiga hamda oilaning oʻz chorvasi, parrandasi borligi daromadiga yana daromad qoʻshayotganiga guvoh boʻlishdi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz tomonidan puxta oʻylangan rejalar asosida uzoqni koʻzlab qabul qilinayotgan farmon va qarorlar avvalo aholining eng muhim oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻlaqonli taʼminlashga, oltinga teng boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlarimizdan samarali foydalanish orqali koʻproq mahsulot yetishtirish va ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosining barqarorligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Zero, dehqon xoʻjaliklariga va tomorqa yer egalariga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar zamirida qishloq joylarda yashovchi oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning daromadlarini koʻpaytirish, turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan oliyjanob maqsad mujassamdir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019