16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 20:53
Fan va taʼlim 👁 294

16-SONLI MAKTABDA FUQARO MUHOFAZASI KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

16-SONLI MAKTABDA FUQARO MUHOFAZASI KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Kundalik turmushimizda insonning xavfli vaziyatlarga tushib qolish ehtimoli katta. Bu turmushdagi jarohat, transport yoki sanoat avariyasi, yongʻin, suv toshqini, sel oqimi yoki boshqa tabiiy hodisalar boʻlishi mumkin. Bunday vaziyatlarda holatni baholay olish, toʻgʻri harakat qilishga tayyor turish jabrlanganlar sonining kamayishiga va moddiy zararning kamayishiga olib keladi.

Amudaryo tumanida 1-aprel kunidan 1-may kuniga qadar boʻlgan davr “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” deb belgilandi. Tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining shu yil 31-martdagi tegishli buyrugʻi talablariga asosan oylik doirasida hududlarda tadbirlar oʻtkazilib, fuqarolarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatlari koʻrib chiqilmoqda.

Joriy yilning 19-aprel kuni navbatdagi tadbir 16-sonli maktabda tashkil etildi. Unda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼullari, maktab direktori Ravshanoy Oʻrozboyeva, Chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari Akmal Saidov hamda maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, xavf tugʻilganda tezlikda qanday vaziyat yuz berganligini baholay olish, xavfning favqulodda vaziyatga aylanishiga yoʻl qoʻymaslik, xavfli vaziyatdan chiqib ketish uchun toʻgʻri harakat qila bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday vaziyatlarning muvaffaqiyatli tugashiga odatda insonning qiyinchiliklarni yengishga boʻlgan tayyorgarligi hisobiga erishish mumkin.

Mazkur oylikni oʻtkazishdan maqsad – tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda maktab oʻquvchilarining toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini takomillashtirish, fuqaro muhofazasi boʻyicha tuzilgan guruhlarni kechiktirib boʻlmaydigan avariya va qutqaruv ishlariga tayyorgarligini kuchaytirishdan iborat.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi guruhlarining oʻz majburiyatlarini aniq va toʻgʻri bajarishini amaliyotda sinash va oʻrganish, tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish kabilar ham koʻzda tutilgan.

Tadbir masʼullar kuzatuvida ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqichda “Maktabda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi guruhlari va maktab rahbariyatining harakatlari” mavzusida oʻquv mashqining nazariy qismi oʻtkazildi. Maktab ichkarisida oʻquvchilarga kutilmaganda favqulodda hodisalar sodir boʻlib qolganida bajarishi lozim boʻlgan harakatlar tushuntirildi va buni amaliyotda bajarish uchun oʻquvchilar guruhlarga boʻlib olindi.

Ikkinchi bosqichda maktabda kutilmagan avariya hodisalari sodir boʻlganida dastlabki harakat qilish jarayonlari bajarildi. Favqulodda holatda jabrlanganlarga maktab fuqaro muhofazasi guruhlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatish, ogʻir ahvolga tushganlarni qutqarish kabi ishlar amalda koʻrsatib berildi.

Tadbirda maktab rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 44 nafar oʻquvchilar, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 2 nafar xodim va maktab oʻqituvchi va oʻquvchilaridan 65 nafari qatnashdi. Tadbirga tashrif buyurgan masʼullar tadbir davomida ishtirokchilarning amaliyotda yoʻl qoʻygan kamchiliklarini koʻrsatib berishdi. Shuningdek, bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasliklari kerakligi, favqulodda vaziyatlarga doim tayyor turish lozimligi, aks holda kutilmagan xavfli hodisalar ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi aytib oʻtildi.

B.Tajiboyev, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boʻlinma boshligʻi, kapitan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019