16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 20:52
Fan va taʼlim 👁 327

“TARIX BILAN YuZMA-YuZ” MAVZUSIDA XIVA ShAHRIGA MAROQLI SAYoHAT UYuShTIRILDI

“TARIX BILAN YuZMA-YuZ” MAVZUSIDA XIVA ShAHRIGA MAROQLI SAYoHAT UYuShTIRILDI

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarixiy shaharlarga sayohatlar uyushtirish orqali xalqimizning boy maʼnaviy-tarixiy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Tarix bilan yuzma-yuz” mavzusidagi sayohat-darslar ham tashkil etilayotgani oʻquvchi-yoshlarning bu boradagi qiziqishlarini yanada oshirmoqda.

Amudaryo tumanidagi 69-sonli umumtaʼlim maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Joʻrabek Tajimuratov rahbarligida qadimiy Xiva shahriga tashkil etilgan sayohat ham ana shunday – “Tarix bilan yuzma-yuz” mavzusida amalga oshirildi.

Maktabning quyi va yuqori sinflar oʻquvchilaridan iborat 110 nafar sayohatchilar guruhlarga boʻlingan holda, maktab oʻqituvchilari Jumagul Boltaboyev, Hayotxon Nurimbetov, Adibaxon Ahmedova, Sharofat Abduraimova hamda Barchinoy Ishmatovalar rahbarligida Xiva shahrining “Ichan qalʼa” Davlat muzey-qoʻriqxonasi, “Dishan qalʼa” qadimiy, tarixiy-meʼmoriy majmualari boʻylab maroqli sayohat qildilar.

Sayohatchi-oʻquvchilarga ustozlari avalo Xiva shahrining umumiy tarixi haqida keng va batafsil maʼlumotlar berishdi. Shundan soʻng, sayohatchi-oʻquvchilar guruhlarga boʻlinib, ustozlari rahbarligida “Ichan qalʼa” meʼmoriy ansambli bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, oʻquvchilar Oʻzbekistondagi eng baland qadimiy Xiva minorasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, ustunlari paxta daraxtidan boʻlgan qadimiy jomʼe masjidi, xonlar saroyi, karvonsaroy kabi tarixiy obidalar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Bundan tashqari, sanʼat muzeyi, tabiat muzeyi, xalqimizning buyuk farzandlari tahsil olgan maktab-madrasalar, yarim minor tarixi  haqidagi ustozlarining hikoyalarini maroq bilan tingladilar. Ulugʻ maʼrifatparvar turkman shoiri Maxtumquli, oʻzbek xalqining sevimli shoiri Ogahiylar tahsil olgan madrasalarni ,qadim ajdodlar savdo-sotiq ishlarini olib borgan doʻkon va bozor rastalarini berib koʻrdilar, milliy hunarmandchiligimiz tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohatchi-oʻquvchilarning “Tarix bilan yuzma-yuz” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tarixiy sayohat-darsi maroqli taassurotlarga juda boy boʻldi. Chunki oʻquvchi-yoshlar sayohat davomida oʻzlari Oʻzbekiston tarixi darslarida nazariy jihatdan olgan bilimlarini sayohat jarayonida amalda koʻrib, mustahkamladilar. Ayniqsa, dunyoga mashhur qomusiy olimlarni yetishtirgan Maʼmun akademiyasi, yurtdoshimiz, tumanimizning Jumurtogʻ mavzesidagi Eshonyop boʻyi qishlogʻida yashagan maʼrifatparvar, xalqparvar siyosatchi, xalq mustaqilligi uchun kurashga hayotini bagʻishlagan Bobooxun Salimov va uning otasi, Xorazm xonlari saroyining nufuzli qozikaloni  Salim oxun haqida va qozikalon Salim oxun bunyod etgan madrasa xususida chuqur mavʼlumotlarga ega boʻldilar.

“Tarix bilan yuzma-yuz” mavzusidagi amaliy tarixiy dars-sayohat oʻquvchi-yoshlar qalbida xalqimizning buyuk tarixiga nisbatan hurmat va muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019