16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Salomatlik 👁 283

QUMYoP MFYDA TUMAN TIBBIYoT BIRLAShMASI BOSh ShIFOKORI AHOLI SOGʻLIGʻINI SAQLASh BOʻYIChA OLIB BORILAYoTGAN IShLAR XUSUSIDA HISOBOT BERDI

QUMYoP MFYDA TUMAN TIBBIYoT BIRLAShMASI BOSh ShIFOKORI AHOLI SOGʻLIGʻINI SAQLASh BOʻYIChA OLIB BORILAYoTGAN IShLAR XUSUSIDA HISOBOT BERDI

Shu yilning 18-martida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan boʻlgan ochiq muloqotida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan shifokorlar mehnatiga yuksak baho berish barobarida sohada hali qilinishi kerak boʻlgan vazifalarga ham keng toʻxtalgan edi.

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda ham “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotda belgilab berilgan dolzarb vazifalarning ijrosiga qaratilgan saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Tuman Tibbiyot birlashmasida bu borada “Yoʻl xarita” ishlab chiqilib, shu asosda koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga koʻra, joriy yilning 23-aprelida Qumyop mahallasida tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Faxriddin Abdullayev aholi sogʻligʻini saqlash borasida mahallada olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Tadbirga mahalla faollari, nuroniylar va tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar. 39-sonli maktab faollar zalida boʻlib oʻtgan tadbirni mahalla fuqarolar yigʻini raisi Jumaboy Matyoqubov ochdi va olib bordi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqdi. U oʻz maʼruzasida mahallada sogʻliqni saqlash borasida olib borilayotgan ishlarga keng toʻxtaldi.

Taʼkidlanganidek, tuman markazidan olisda joylashgan Qangli ovuli hududidagi Qumyop mahallasi aholisiga tibbiy xizmatdan foydalanishda qulaylik yaratish uchun konteyner qoʻyilib, 3 ta aholi punktlaridagi 1921 nafar aholiga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.

Qumyop mahallasida jami 4341 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularga Qangli ovulida joylashgan Qangli oilaviy shifokorlik punkti orqali birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Mahallaning eng olis hududi ushbu punktdan 14 kilometr masofada joylashganligi uchun joriy yilning 1 choragida tuman Tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli poliklinikasi tor doira mutaxassislari ishtirokida mahallaning chekka hududlarida tibbiy koʻriklar oʻtkazildi. Tibbiy koʻriklarga jami 4221 nafar aholi qamrab olindi. Koʻriklar davomida 17 ta xonadonda uyda yotib qolgan nogironligi bor bemorlar aniqlanib, tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi.

Shuningdek, tekshiruvlar davomida 3 nafar fuqaroda oʻt-tosh kasalligi aniqlanib, ular jarrohlik amaliyoti bilan davolandi. Hududdagi 39-sonli, 61-sonli, 74-sonli maktablar oʻquvchilari, 44-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari 100 foiz tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

2021-yilgi xatlov natijasiga koʻra Qumyor mahallasi boʻyicha 583 nafar aholi dispanser nazoratida turadi. Shularning 86 nafari nogironligi boʻlgan fuqarolar boʻlib, tibbiyot xodimlari ulardan muntazam xabar olib turadi. Joriy yilda mahallada 20 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bolalar, onalar oʻlimi qayd etilmadi. Shu yilning oʻtgan uch oyida jami 238 nafar bolalar profilaktik emlandi.

Bosh shifokor hisobotidan soʻng tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, Qangli oilaviy shifokorlik punkti mudiri Zamira Saparova, Qumyop mahalla fuqarolar yigʻini raisi Jumaboy Matyoqubovlar kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mahalla fuqarolaridan Rayhon Yusupova, Sapargul Eshmonova, Robigʻa Gʻoyibnazarovalar aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatdan mamnunligini izhor etdilar.

Shuningdek, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokorli Faxriddin Abdullayev ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdi hamda kelgusida tibbiy xizmat hajmi va sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrilishini maʼlum qildi.

Yigʻilishda tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda belgilab bergan vazifalarini Qumyop mahallasida ijro qilish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari qoniqarli deb topildi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019