16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:52
Fan va taʼlim 👁 334

40-SONLI MAKTABDA MUHAMMAD YuSUF TAVALLUDINING 68 YILLIGI KENG NIShONLANDI

40-SONLI MAKTABDA MUHAMMAD YuSUF TAVALLUDINING 68 YILLIGI KENG NIShONLANDI

Oʻzbek xalqining sevimli farzandi, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi va uning betakror, joʻshqin sheʼriyati bugungi kunda nafaqat oʻzbek xalqining, balki butun Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining maʼnaviy mulkiga aylangan.

Oʻzbek sheʼriyatining rivojiga juda katta hissa qoʻshgan nodir isteʼdod sohibi Muhammad Yusuf qalamiga mansub haroratli misralar bu sheʼriyat bilan oshno boʻlgan har bir qalbga ona Yurt, Vatan suratini chizgani, kindik qoni tomgan aziz tuproqqa soʻnmas mehr tuygʻusini uygʻota olgani bilan millionlab insonlar uchun qadrlidir. Shu bois, garchi shoirning oʻzi bugun oramizda boʻlmasa-da, har yili 26-aprel sanasi uning nafaqat tavallud topgan kuni, balki ona Vatan tuygʻusini oʻz sheʼriyati bilan yuksak pardalarda kuylagan chinakam xalq shoirini ulugʻlash, xotirasini qadrlash kuni sifatida butun mamlakatimizda keng nishonlanadi.

Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida ham xalqimizning sevimli farzandi, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga bagʻishlangan adabiy-musiqiy xotira tadbiri boʻlib oʻtdi.

Maktabning tantanalar zali shoir hayoti va ijodiga bagʻishlangan koʻrgazmali vositalar, shoir kitoblari, shuningdek, bolaligi va yoshlik davrlari, joʻshqin ijodiy faoliyati aks ettirilgan suratlar, koʻrgazmali vositalar bilan bezatilib, katta ekranda Muhammad Yusufning oʻzi hayot davrida tarixga muhrlangan sheʼriyat davralaridagi, davlat tadbirlaridagi chiqishlari, adabiy jarayonlardagi faoliyati xususidagi lavhalar namoyish etib borildi.

Shoir xotirasiga bagʻishlangan adabiy-musiqiy tadbirni maktab direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamurodova ochdi va barcha sheʼriyat shaydolariga ushbu sananing oʻzbek xalqi va adabiyoti uchun oʻta muhimligi, qisqa umri  davomida xalqimizga ulkan maʼnaviy meros qoldirgan, Oʻzbekiston deb atalmish goʻzal va betakror zaminni butun jism-u joni bilan sevgan hamda betakror sheʼrlariga muhrlagan Muhammad Yusuf nomi yetti yoshdan yetmish yoshgacha har bir yurtdoshimiz uchun qadrli ekanligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, tadbirda maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Unda Muhammad Yusufning xokisor, munis va mehribon onasi, yaqinlari, doʻst-u birodarlari, oilasi, farzandlari va shogirdlari bilan boʻlgan yuksak insoniy munosabatlari, intilish va izlanishlari, orzulari yoʻlidagi mashaqqatli mehnat damlari ishonarli tarzda ochib berildi.

Tadbir mehmoni, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira  Robiya Yoʻldosheva Muhammad Yusuf bilan bogʻliq xotiralari haqida soʻzlab, shoirning deyarli barcha sheʼrlari oʻzbek adabiyotining, xalqimizning bebaho mulki ekanligini taʼkidladi.

U shoir hayoti va shaxs sifatidagi ezgu fazilatlari haqida gapirarkan, Oʻzbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad aytganiday, garchi Muhammad Yusuf jisman oramizda boʻlmasa-da, Muhammad Yusuf deb atalgan buyuk Sheʼriyat borligini, bu sheʼriyat har bir qalbda mangu yashashini taʼkidladi.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar shoir sheʼrlarini maroq bilan oʻqidilar, Muhammad Yusuf sheʼrlari bilan aytiladigan qoʻshiqlarni ijro etdilar. Taniqli xalq hofizlari tomonidan kuylangan, xalqning betakror maʼnaviy mulkiga aylangan ashulalarga raqsga tushdilar. Tadbirning har bir lahzasida shoir sheʼrlari yangrab turdi va oʻzbek xalqining ardoqli farzandi ijodiga, porloq  xotirasiga yuksak hurmat va ehtirom koʻrsatildi.

R.Anorov, M.Shomurodov olgan suratlar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019