16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:52
Fan va taʼlim 👁 448

MAKTABDA ESTETIK FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TADBIR BOʻLIB OʻTDI

MAKTABDA ESTETIK FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fanlar qay darajada oʻqitilayotgani, oʻquvchilarning fan yoʻnalishlarida belgilangan bilim, koʻnikma va malakalarni qay darajada oʻzlashtirayotganligi fan oyliklarida yaqqol namoyon boʻladi. Taʼlim sifat va samaradorligini oshirishning muhim vositalaridan biri albatta, fan oyliklaridir. Oylik doirasidagi oʻtkaziladigan tadbirlar iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini maʼlum bir maqsadga yoʻnaltirish, isteʼdodli, izlanuvchan, ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini oʻrganish va umumlashtirgan holda targʻib etish, taʼlim-tarbiya jarayonidagi qoʻllanilayotgan uslublarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻtkaziladigan fan oyliklari 4 haftadan iborat boʻlib, har bir hafta uchun aniq maqsadga qaratilgan tadbirlar rejalashtiradi va bu maktabning yillik ish rejasiga kiritiladi. Uning bajarilishi monitoring qilib boriladi.

Taʼlim-tarbiya sifatini yaxshilashda muhim omil boʻlib xizmat qiluvchi fan oyliklarini yuqori saviyada oʻtkazishga tumanimiz maktablarida ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Mangʻit shahridagi kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslashgan 38-sonli maktabda aprel – estetik fanlar oyligi doirasida qator tadbirlar oʻtkazildi. Texnologiya, musiqa taʼlimi, chizmachilik, tasviriy sanʼat fanlarini qamrab olgan estetik fanlarga ushbu maktabda oʻquvchilarning qiziqishlari yuqori ekanligini taʼkidlash joiz. Buni  tadbir davomida yaqqol anglash mumkin boʻldi.

Oylik doirasidagi tadbirlarning eng oxirgisi, oylik davomida amalga oshirilgan ishlarning hisoboti tarzida tashkillashtirilgan tadbirda texnologiya fani oʻqituvchilari Muhabbat Bekimbetova, Gulasal Qurbonboyeva, Tursunoy Salayevalar rahbarligida oʻquvchilarning kashtachilik, chevarlik, toʻqimachilik mehnatlarining namunalari namoyish etildi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan namunalar qaysi  oʻquvchi ijodi ekanligi yozib qoʻyildi. Shuningdek, tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Rohatoy Safarova oʻtgan dars mashgʻulotlarida va qoʻshimcha mashgʻulotlarda oʻquvchilar chizgan turli mavzulardagi rasmlar koʻzgazmasi ham barchada ulkan taassurotlar qoldirdi.

 Milliy hunarmandchilik namunalari va rasmlar koʻrgazmasi namoyishidan soʻng barcha maktab faollar zaliga yigʻildi va tadbirning asosiy qismi boshlandi. Tadbirga maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilaridan tashqari bir guruh tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari, sanʼatkorlar, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Shirin Yangiboyeva, Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini xodimi Barno Doʻsimbetovalar ham ishtirok etdilar. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nazokat Yusupova ochdi. U yigʻilganlarni  yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladi, maktabda estetik fanlar oyligi soʻnggi tadbiri maqsadi haqida, estetik fanlarning oʻquvchilar kamolotida tutgan oʻrni haqida batafsil gapirdi.

Maktab estetika fanlari oʻqituvchilarining oylik doirasida amalga oshirgan ishlari haqidagi maʼlumotlari tinglangach, isteʼdodli xonanda Rashid Rahimov, Jamshid Xudoyberganov, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼat instituti talabasi Sherzod Matnazarovlar ijro etgan dilrabo qoʻshiqlar davraga oʻzgacha ruh bagʻishladi.

Shuningdek, tuman Madaniyat boʻlimi xodimi Nasiba Eshchanova tuman miqyosida oʻtkazilayotgan turli bayram tomoshalari va xalq sayllarida faol ishtirok etib, tomoshabinlar eʼtiborini qozonib kelayotgani uchun maktab badiiy havaskorlaridan tuzilgan “Tasanno” guruhi rahbari va aʼzolarini Faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

Estetik fanlar oyligi hisobot tadbiri barchada unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019