16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:08
Siyosat 👁 408

XOTIRA VA QADRLASh KUNIDA AMUDARYoLIK MEHNAT FRONTI FAXRIYLARIGA SOVGʻALAR TOPShIRILDI

XOTIRA VA QADRLASh KUNIDA AMUDARYoLIK MEHNAT FRONTI FAXRIYLARIGA SOVGʻALAR TOPShIRILDI

Yurtimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik koʻrsatgan faxriylarga alohida eʼtibor va ehtirom koʻrsatiladi. Shu munosabat bilan amudaryolik bir guruh mutasaddilar tumanimizning barcha ovul va mahallalarida boʻlib, mehnat fronti faxriylari holidan xabar oldilar.

9-may kuni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ham tuman hududidagi mehnat faxriylari xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tumanimizda 50 nafarga yaqin mehnat fronti faxriylari yashab kelmoqda. Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hududlarga borib bugungi zamonamiz qahramonlari holidan xabar oldi va ular bilan mashʼum urush yillaridagi xotiralari haqida suhbatlashdi. Bayram munosabati bilan sovgʻalar berib, oʻsha yillardagi zalvorli mehnatlar evaziga bunyod boʻlgan bugungi tinch va osoyishta hayot uchun ularga minnatdorchilik bildirdi. Tashrif davomida maktab oʻquvchilari urush yillaridagi qoʻshiqlarni kuylab, tinchlik haqida sheʼrlar aytib, nuroniylar koʻnglini xushnud etdilar.

Maʼlumki, Prezidentimizning 1-maydagi tegishli Farmonida 9-may arafasida urush qatnashchilari, kontslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida boʻlgan fuqarolarga 15 million soʻmdan berish koʻzda tutilgan edi. Shuningdek, ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mutasaddilarga yolgʻiz yashayotgan va oʻzgalar parvarishiga muhtoj odamlardan shaxsan xabar olib, ularga sovgʻa-salomlarni yetkazish, urush qatnashchilari, kontslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida boʻlgan fuqarolarning har birining xonadoniga shaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovgʻalarni  tantanali ravishda topshirish, 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar olish va sovgʻa-salomlar yetkazish topshirildi.

Shunga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshligʻi Maryam Ahmedova ham Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova bilan birgalikda amudaryolik yuz yoshdan oshgan onaxonlar holidan xabar olishdi.

Xizr eli mahallasida istiqomat qiluvchi 107 yoshli onaxon Parda Bekniyozova hamda Choykoʻl ovulida yashovchi 105 yoshli Katcha Bekanovalarga esdalik  sovgʻalarini topshirishdi. Mehmonlar onaxonlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan muborakbod etib, urush davrida va urushdan keyingi yillarda mehnat frontida qilgan mashaqqatli xizmatlarini eʼtirof etishdi. Xalqimizning bugungi tinch va osoyishta zamonlarga yetib kelishiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshgan mehnat fronti faxriylariga esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

Shuningdek, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov ham tuman hududidagi front orti mehnat faxriylari holidan xabar olish uchun ularning xonadonlariga tashrif buyurdi. Prokuror faxriylar bilan suhbatlashib, bayram bilan tabrikladi. Ularga Vatan tinchligi yoʻlidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirib, sovgʻalar topshirdi.

Shu kuni Milliy gvardiyaning tumandagi Qoʻriqlash boʻlimi, tuman Ichki ishlar boʻlimi, davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari harbiylari va fuqarolar yigʻini masʼullari Doʻrman ovulida yashovchi 90 yoshdan oshgan Yoʻldosh bobo Matmurodovning xonadoniga tashrif buyurdilar.

Urushda mardlarcha qahramonlik koʻrsatgan faxriylarimizning yurtimiz tinchligi uchun chekkan zahmati, urush orti mehnat frontida jonbozlik koʻrsatib, hayot qiyinchiliklarini sabot bilan yenggan ota-bobolarimizning mashaqqatli hayoti biz uchun haqiqiy ibrat maktabidir.

Ozoda Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019