16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:08
Siyosat 👁 290

FUQAROLAR YIGʻINI RAISI SAYLOVIGA DOIR OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI

FUQAROLAR YIGʻINI RAISI SAYLOVIGA DOIR OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham joriy yilning may oyida oʻtkaziladigan fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga doir ishlar qizgʻin pallaga kirdi.

Mahalla instituti oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida maʼlum bir hududda ijtimoiy-siyosiy, madaniy, diniy va boshqa sohalarda mustaqil ish olib boruvchi ijtimoiy tuzilmadir. Tizimda ayniqsa, soʻnggi ikki-uch yil  ichida katta oʻzgarishlar yuz berdi, raislarning xalq hayotiga shunchaki tomoshabin boʻlib, idorada oʻtirib ishlab oylik oladigan vaqti oʻtdi. Endilikda  ovul, mahalla, shaharchadagi muammolarni, xalq hayotidagi kamchiliklarni mahallaning oʻzida hal etish davri keldi.

Odamlarning oddiy murojaatlar uchun ham hokimlik va boshqa idoralarga qatnab ovora  boʻlishiga chek qoʻyilmoqda. Buning uchun eliga fidoyi, ishchan, oʻz xizmat lavozimida sidqidildan ishlashga shay insonlar oʻzini oʻzi boshqarish organlari raisligiga saylanmogʻi  kerak.

Shu boisdan ham tumanimizda saylovga tayyorgarlik ishlariga masʼuliyat bilan qaralib, elaro obroʻ-eʼtiborli, bilimli, odamlar hayotidagi muammolarni dadil koʻtarib chiqib, ijobiy hal qilishga harakat qiladigan tashabbuskor insonlar nomzodlari tanlab olinishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Saylovni shaffof, adolatli tarzda oʻtkazish boʻyicha turli targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yil 12-may kuni tumandagi fuqarolar yigʻini raisi saylovini oʻtkazuvchi 49 ta ishchi guruhlar uchun tashkil etilgan oʻquv seminar ham shu maqsadga qaratildi.

Oʻquv seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining vakili Murod Nigmatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri Sagʻindiq Turmanov, saylovni tashkil qilish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tarkibi va tumanning 49 ta mahallalaridagi ishchi guruhlari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari va kotiblari, umumiy hisobda jami 166 nafar ishtirokchi qatnashishdi.

Maʼlumki, mahallalardagi ishchi guruhlar saylovchilarga eng yaqin boʻgʻin hisoblanadi. Saylov paytida oshkoralikni taʼminlash, eng munosib nomzodlarni qoʻllab-quvvatlash uchun adolatli saylov muhitini yaratish, ishchi guruh aʼzolarining saylov qonunchiligi borasidagi huquqiy bilimlarini oshirish, fidoyi insonlarning fuqarolar yigʻini raisi etib saylanishiga sabab boʻlishi shubhasizdir.

Seminar ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan Fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini   tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq normativ hujjatlar yana bir bor toʻliq tanishtirildi. 

Ishchi guruhlarga saylovni oʻtkazishdagi eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar,  qonunchilik boʻyicha tavsiyalar berildi hamda namunali saylov amaliyotda qanday oʻtkazilishi koʻrsatildi.

Shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari saylovini namunali tashkil etish, saylovning demokratik asosda, shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlash borasida muhim maslahatlar berildi.

Fuqarolar yigʻini raisligiga el dardi bilan yashaydigan, mahallaning katta-yu kichigi hurmat qiladigan, odamlar tashvishiga yelka tutishga qodir salohiyatli insonlar saylanishi fuqarolar tanloviga bogʻliq ekanligi taʼkidlandi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019